Ötgan asrning 80-yillarida yuz bergan voqea

Kuz. Salqin şabada esib turibdi. Yakşanba. Erkin aka zerikdilar, şekilli yoki uydagi yumuşlar bilan tinim bilmay ğimirlab yurganimni kuzatdilar, şekilli, onasi, kiyining, bir magazin aylantirib kelaman, deb qoldilar.

Hayron bölmadim. Çunki bunday taklif birinçi marta emasdi. Bunday paytlarda ayol kişi çunonam çaqqonlaşib ketadiki, asti qöyaverasiz! Işlarimni yiğiştirib zumda tayyor bölib çiqdim. Biz boradigan magazin Çilonzor tomonda, ançagina tökin magazinlardan hisoblanardi. Magazin mudiri keling-kelinglar deb Erkin akani quçoq oçib kutib oldi.

— Uka, qiş kelayapti, bir sidra kiyinib olsak degan niyatda kelgandik.

Mudir huşyor yigit ekan, bir zumda kostyum-şim, tufli, köylaklar, boşqa engil-boşlarni muhayyo qildi. Özimizga, öğil-qizlarga loyiq va mos kiyim-keçaklar, oyoq kiyimlari xarid qildik. Erkaklar hisob-kitob qilişayotgandi, bexosdan közim yana allanimaga tuşib qoldi. Şuni ham olaylik, adasi, demoqqa oğiz juftlagan ham edim, Erkin aka “Bölar” degan maʼnoda işora qildilar.

Xarid qilingan buyumlarni maşinaga joylab, baxtli er-xotin bölib uyga yöl oldik. Haligi közim tuşgan matohni olsak bölardi-da, deb söz boşlabman-da! Erkin aka indamay maşinani haydab kelaverdilar. Men yana öşa zormandadan söz oçdim.

— Ayol zoti sira minnatdor bölmas ekan-da! Puşkinning “Oltin baliği”dagi kampirga öxşamang-da!

Ayol kişi emasmanmi, Erkin akaning asabiylaşa boşlayotganlariga eʼtibor bermabman. Xayolim boyagi buyumda.

— Noyob ekan-da, adasi! Boşqa joyda topilmaydi. Şunça narsa olganda, öşani ham olaqolsak…

Maşina keskin tormoz olib töxtadi.

— Tuşing maşinadan!

Hayron bölib qoldim. Erkin akadan mutlaqo kutmagandim bunday “iltifot”ni. Men ham heç ikkilanmadim, hovurdan tuşiş örniga şartta maşinadan tuşdim.

— Boring-da, özingiz olaqoling öşa narsani!

Erkin aka şunday dedilaru maşinani ğizillatib haydab ketdilar.

Ana şundagina qanday voqea yuz berganini, bu köngilxiralikka özim sababçi bölganimni anglab yetdim. Şuurim şiddat bilan işlab ketdi. Yonimdan ötib borayotgan “Jiguli”ga qöl kötardim. Söramay-netmay unga ötirib oldim.

— Haydang, uka! — dedim şoşilib.

— Qayoqqa? — söradi haydovçi hayron bölib.

— Anavi maşina orqasidan yuring, — dedim. Yölni tuşuntirdim. — Faqat undan tezroq haydang, özib keting, tez!

Haydovçi ortiq suriştirmadi, bir nafasda aytgan manzilimga yetkazib keldi.

Uyga kirgan zahotim kiyimlarimni almaştirib, hovli-yölaklarga şalabbo qilib suv sepdim. Gazga çoy qöydim. Qovun bor ekan, uni vodoprovod suviga çayib, ustidan suvni jildillatib qöydim. Darvoza lang oçiq. Bir mahal darvozaxonada Erkin aka paydo böldilar. U kişiga peşvoz çiqqan bölmasam-da, sezib turibman: bir yölakka, hovliga, bir menga — ust-boşimga hayron bölib qaradilar. Köça tomonda na birortasi, na maşina körinadi. Erkin akaday şoir odam ham söz topolmay qoldilar.

— Yaxşi keldingizmi, adasi? Yangi olingan kiyimlaringizni kiyib çiqing, men ham kiyaman, bir bayram qilaylik!

…Aytmoqçimanki, doka römol öz-özidan qurimaydi. Bexosdan oradan qora muşuk ötdimi, haliyam keç emas, buyoğiga uddaburonlik, topqirlik va albatta şirin söz najotkor sifatida yetib keladi, siz esa undan foydalana bilmoğingiz kerak böladi, xolos.

Erkin Vohidovning rafiqasi

Gulçehra Vohidovaning

“Qalbim ardoği” kitobidan.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan