Maʼlumki, dunyoda har bir yurt, xalq, millat va elatlar öz qahramonlari va isteʼdodli farzandlari bilan faxrlanadi, ularni ardoqlaydi. Çunki ular öz vatani va millatining nomini jahonga tanitadi, obrösiga obrö qöşadi.
Qaşqadaryo viloyatining Ğuzor tumanida ham ana şunday qahramonlar, isteʼdodlar talaygina. Ulardan biri Ğuzor sportiga özining munosib hissasini qöşib, el olqişiga sazavor bölgan inson — “Mehnat şuhrati” ordeni sohibi, keksa sportçi, mehnat va xalq taʼlimi faxriysi, köplab taniqli sportçilarning ustozi Suyun aka Ortiqovdir. Esini taniganidan buyon hozirgaça sportga oşno bu qalb sohibini heç kim 82 yoşga kirgan deb öylamaydi.
Bugungi kunda ham tumanda sport böyiça taşabbusni qöldan boy bermay, keksalikni böyniga olmay kelayotgan tinib-tinçimas Suyun aka nuroniylarning salomatligini asraş, ular örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib etiş yölida xizmat qilib kelmoqda. 1916 yil iyun oyidan boşlab, özi yaşab turgan “Tinçlik” mahallasida “Salomatligimiz — öz qölimizda” şiori ostida “Soğlomlaştiriş guruhi”ni taşkil etgan. Hozirgi kunda “Tinçlik” va “Amir Temur” mahallalaridan 30 nafardan ziyod xotin-qizlar uşbu guruhga aʼzo bölib, ular hududdagi texnikum sport maydoni va zallarida har kuni ertalabki badantarbiya maşqlarini birgalikda olib bormoqdalar.
— Ötgan asrning 50-yillari boşi. Birinçi sinfga endi qadam qöygan paytlarim. Bir kuni qöşnimiz Rafiq akani örtoği suyab uyiga olib keldi. Uning bir oyoği bint bilan boğlangan edi. Keyin bilsam, futbol öynab, oyoğidan jarohat olgan ekan. Şundan söng futbol qayerdaligini sörab bildim. Yoşim oltida, futbol maydoni yaşaş manzilimdan uzoqda bölsa ham futbol öyinlarini körişga oşiqardim. Bu borada onamdan ruxsat olib, Rafiq aka menga yordam berar, özi bilan futbol maydoniga olib ketardi, — deb eslaydi Suyun aka.
Şu tariqa sport uning hayotiga kirib keldi. Örta maktabni tamomlagaç, bir muddat öz iqtidorini turli sohalarda sinab kördi. Lekin har qanday şaroitda ham uni sport öziga jalb etaverdi. Natijada u tumandagi Oxunboboyev nomidagi (hozirgi 54-sonli) maktabda jismoniy tarbiya fanidan öquvçilarga dars bera boşladi. Şundan buyon uning butun hayoti Ğuzorda sportni rivojlantiriş bilan boğliq. Özining örta maʼlumotidan qoniqmagan Suyun Ortiqov 1966-1969 yillarda Duşanbedagi jismoniy tarbiya va sport texnikumida, 1974-1979 yillarda Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport institutida tahsil oldi. Sportsevar örtoqlari bilan 1961-1966 yillarda Ğuzorda 10 ta köça futbol jamoalarini tuzib, ilk marotaba bolalar örtasida tuman birinçiligini ötkazişga boş-qoş böldi. Tuman va viloyat uçraşuvlarida hakamlik qildi.
“Ğuzor” futbol terma jamoasi tarkibida viloyat birinçiligida töp surdi. Tuman Bolalar va ösmirlar sport maktabida murabbiy va rahbar bölib işlagan davrida uning şogirdlari viloyat bosqiçlaridagi musobaqalarda iştirok etib, yuqori natijalarni qölga kiritdilar. U sport maktabida murabbiy, umumiy örta taʼlim maktablarida jismoniy tarbiya fani öqituvçisi bölib işlagan davrlarida sport musobaqalari uyuştirib, öquvçilarning jismoniy tayyorgarliklarini oşiriş, ularning salomatligini mustahkamlaş, mahoratlarini oşiriş ustida tinimsiz iş olib bordi. Natijada öz davrida uning eng yaqin şogirdlaridan biri, sobiq Ittifoq yoşlar terma jamoasi aʼzosi Elgizar Eşpardayev suv polosi böyiça yoşlar örtasida Yevropa çempioni böldi. Şogirdlarining bir qançasi hozirgi paytda MDH mamlakatlarida sport sohasida faoliyat yuritmoqdalar.
Suyun Ortiqovning şogirdlari ötgan asrning 80 yillarida Guliston va Andijon şaharlarida ötkazilgan Respublika musobaqasida iştirok etib, katta yutuqlarga erişdi. Simferopol şahrida ötkazilgan sobiq Ittifoq miqyosidagi “Umid startlari” musobaqasida Respublikamiz şarafini himoya qildi.
1991 yili Surxondaryoda ötkazilgan “Yil öqituvçisi” körik-tanlovida iştirok etdi. Ğofur Ğulom nomidagi maktabda sinfdan taşqari sport tögaraklari işlarini jonlantirib, öquvçilarning 46 foizini sportga jalb etdi va bir qança sport turlari böyiça toifali sportçilarni yetiştirdi. Maktabda suziş havzasini barpo etişda boş-qoş böldi. Tinim bilmas sportçi 1985-1998 yillarda tumanda futbol havaskorlari klubini taşkil etdi va undagi 14 ta mahalla jamoalari örtasida ilk marotaba futbol birinçiligini taşkil etdi.
1996 yilda tuman xalq taʼlimi bölimi metodisti etib tayinlngaç, uning iş faoliyati yanada kengaydi. Tumandagi jismoniy tarbiya va sport işlarini yanada jonlantiriş, sportçilarning viloyat va respublika musobaqalarida muvaffaqiyatli iştirokini taʼminlaş, maktablardagi soha öqituvçilarining iş uslublarini yaxşilaşga katta eʼtibor qaratdi. Bu sohalarda tavsiyanoma va qöllanmalar yozib, soha öqituvçilariga yetkazdi. Uning “Maktabda nuqsoni bor öquvçilar bilan işlaş”, “Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantiriş yuzasidan çiqarilgan qonun va qarorlar”, “Maktabda jismoniy tarbiya va sport böyiça yuritiladigan hujjatlar” kabi qöllanma va tavsiyalari öz davrida sohani rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etgan.
Keyinçalik Bolalar sport majmuasida metodist, sport murabbiyi bölib işlagan Suyun Ortiqov 1999-2000 yillarda tuğilgan 18 nafar bolani özi murabbiylik qilayotgan guruhga qabul qilib, ularga futbol sirlarini örgatişga kirişdi. “Futbol ğunçalari” deb nomlangan bu kiçik jamoa tez orada tuman, viloyat va Respublika miqyosidagi musobaqalarda iştirok eta boşladi. 2010 yilda Toşkent şahrida ötkazilgan xalqaro turnirda ilk bor iştirok etişiga qaramasdan faxrli 4-örinni egalladi. Uşbu turnirda uning ikki nafar şogirdi “Eng yaxşi darvozabon” va “Eng köp töpurar öyinçi” degan nominatsiyalarni qölga kiritdilar.
Tinib-tinçimas murabbiy Suyun Ortiqov taşabbusi bilan Bolalar sport majmuasi zalida tumanda ilk bor “Futbol şou” bölib ötdi. Unda “Futbol ğunçalari” (Bolalar) va “Burgutlar” (Otalar) örtasida mini-futbol böyiça avlodlar uçraşuvi ötkazildi.
Bundan taşqari, Bolalar va ösmirlar sport maktabi huzurida basketbol böyiça qizlar jamoasini tuzib, ularga basketbol sirlarini örgata boşladi. Şogirdlari qisqa vaqt içida basketbol böyiça ötkaziladigan turnir va musobaqalarda ğoliblikni qölga kiritdi. Jamoa “Umid nihollari” sport musobaqasining 2013-2015 yillarda tuman ğolibi, 2014-2015 yillarda viloyat çempioni böldi.
Darvoqe, 2012 yilda tumanda futbol federatsiyasi taşkiloti tuzilgan. Uning birinçi vitse-prezidenti etib Suyun Ortiqov saylangan. Bolalarga futboldan saboq beriş, uning sirlarini qunt bilan örgatiş, ularni çaqqon, epçil va soğlom etib tarbiyalaşda Suyun Ortiqovning xizmatlari beqiyos. Şu bilan bir qatorda, 60 yildan oşibdiki, Suyun aka tumandagi “Ğuzor hayoti” gazetasining jamoatçi sport muxbiri, “Şörtan” futbol jamoasining sport şarhlovçisi. Suyun aka 2024 yilda uzoq yillardan buyon orzu qilib kelgan yana bir niyatiga yetdi. Şu yili Toşkent şahridagi “Yangi asr avlodi” naşriyotida çop etilgan “Ğuzor sporti: keça va bugun” nomli risolasini muxlislariga taqdim etdi.
Darhaqiqat, el-yurt manfaatlari yölida qilingan xolis va fidoyi xizmatlar aslo eʼtiborsiz qolmaydi. Oliy toifali metodist, ustoz va murabbiy, mehnat faxriysi Suyun Ortiqov “Mehnat şuhrati” ordeni, “Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligi” kökrak nişoni bilan taqdirlangan.
Katta öqituvçi, xalq taʼlimi fidoyisi, keksa sportçi Suyun bobo Ortiqovning faoliyati xususida köp va xöb yoziş mumkin. Muhimi şundaki, Suyun bobo Ortiqov kabi fidoyi va tajribali mutaxassislar bor ekan, yurtimizda sport va madaniyat yanada gullab-yaşnaydi, yoşlar safidan çempionlar yetişib çiqaveradi.
Hasan Qaxarov,
“Nuroniy” jamğarmasi
Ğuzor tumani bölimi raisi.