Inson dard çekayotgan, hayot-mamot oraliğida najot kutayotgan murakkab onlarda unga umid bağişlaş, qalbiga yaşaş iştiyoqini qaytariş masʼuliyatini yelkasiga olgan oq xalat sohiblari haqida şu çoqqaça ne-ne tahsinlar, eʼtiroflar aytilmadi, deysiz. Ularning tunlarni bedor ötkazib, özgalar dardiga darmon bölişi nafaqat kasbiy burç, balki fidokorlikning amaliy tasdiğidir.

Yarim asrdan ziyod vaqt davomida salomatlik posboni bölib kelayotgan Soğliqni saqlaş aʼloçisi, I darajali  “Mehnat faxriysi” va “Ibratli oila” kökrak nişonlari sohibasi Bibisora Rustamovani konimexliklar ana şunday eʼzozlaşadi.

Bibisora opa 1950 yilning           20 noyabrida Toşkent viloyatining Böka tumanida tavallud topgan. 1956 yilda oilasi Yuqori Çirçiq tumaniga köçib ötadi. Bolaligidan bilimga çanqoq bölgan qizaloq amakisiga ergaşib maktabga qatnay boşlaganida, uning yoşi va böyi kiçikligi sababli 1-sinfga qabul qilişmaydi.  “Kattaroq bölganingda kelasan”, degan rad javobi kiçik Bibisoraning qalbiga oğir botadi.

5-sinfda öqiyotgan paytida Bibisora oğir xastalikdan azob çekkan onasidan ayrilib qoladi va “Men baribir şifokor bölaman, odamlarni davolayman!” degan qatʼiy maqsadni öz oldiga qöyadi.

Örta maktabni kumuş medal bilan tamomlagaç, 1969 yilda Toşkentdagi Oxunboboyev nomli tibbiyot texnikumiga öqişga kiradi. Uni 1971 yilda qizil diplom bilan tugatib, öşa yilning özidayoq Toşkent davlat tibbiyot institutining davolaş fakulteti talabasiga aylanadi.

1975 yilda Bibisora opa Örta Osiyo irrigatsiya ilmiy-tadqiqot instituti iqtisodçisi, buxorolik Nazarboy aka Röziyev bilan oila quradi va Jadira hamda Temur ismli farzandlarni dunyoga keltiradi. Sönggi kursda öqiş, bir yillik internaturani ötaş, ijara taşvişlari va ikki nafar yoş gödak tarbiyasi — bularning barçasini bir vaqtda yengib ötiş yoş ayoldan beqiyos iroda va matonat talab etardi. Bu murakkab damlarda qarindoşlarning, xususan, Nazarboy akaning opasi Zulayho aya va uning turmuş örtoği Mirsoat akaning kömagi yoş oilaga katta suyançiq böldi.

1978 yilda Çirçiq şahar kasalxonasida internaturani ötayotgan bir paytda, Konimexda yaşovçi qaynonasi oğir betob bölib qoladi. Oilaviy burç sababli Nazarboy aka va Bibisora opa Konimexga qaytişadi.  Şu tariqa, Bibisora opaning zahmatli va şarafli mehnat faoliyati Konimex tumani bilan boğlandi. U markaziy şifoxona laboratoriya mudiri, olti yil davomida noqulay şaroitlarga qaramay ovuldagi vraçlik punkti mudiri sifatida aholiga xizmat körsatdi. Keyinçalik markaziy poliklinika mudiri, tuman şifoxonasi boş şifokori örinbosari hamda terapiya bölimi mudiri vazifalarida sidqidildan mehnat qildi.

2016 yilda pensiyaga çiqqan bölsa-da, tumanda terapevtlarga bölgan ehtiyojni eʼtiborsiz qoldira olmadi. U şu kungaça qabul bölimi terapevti sifatida aholi salomatligini muhofaza qilib kelmoqda.

— Mustaqillik hayotga, mehnatga bölgan munosabatimni tubdan özgartirdi, — deydi Bibisora Rustamova. — Demokratik jamiyatda yaşovçi xalqlar singari qalbimga hurlik tuyğusini indirdi, tilimga erk tuşunçasini hadya etdi, közlarimga maʼmurlik atalmiş oliy neʼmat mavjudligini namoyon qildi, adolat nomli uluğ va muqaddas tamoyil ölmagani, uning boqiyligiga işontirdi. Sobiq şörolar siyosati hukmron paytdagi tuzum menga Yaratgan beminnat siylab qöygan suv, havo, nur va umrdan boşqa heç narsa bergan emas. Aksinça, men uçun qadrdon bölgan onajonim tobi qoçib yotib qolganida, ayrim dorilarning taqçilligi sababli 12 yoşimda ona bağridan ajralib qolişimizga sababçi böldi. Uç nafar voyaga yetmagan gödak dadamning qölida nima qilarimizni bilmay bözlab qoldik. 60-yillardagi “ğalla taqçilligi” yasama siyosati davrida “Sen kombayn bilan ğallani çala örding” deb bobomning boşiga ne qaro kunlarni solmadi. Turmuş örtoğimni 80-yillarda boşlangan “Özbeklar işi” qatağoni davrida quriliş idorasida hisobçi bölib işlasa-da, heç qanday aybsiz, asossiz 5 yilga (1985-1990 yillar) qamatib yubordi. Bolalarimni bağrimga bosgança unsiz yiğlab qoldim. Agar böğzimdan sas otilganida “Sen sovet tuzumining odilona siyosatidan norozi bölyapsan”, deb menga ham bir neçta moddalarni töqib taşlaşlari ehtimoldan yiroq emasdi…

Bu yil 76 yoşni qarşilaydigan faxriy şifokorni yöqlab Konimexga borganimizda, uni uydan emas, xizmat vaqtida — kasalxonadan topdik. Yarim soatli qisqa suhbatimiz davomida uning egnidagi oppoq xalati, boşidagi ohorli durrasi va yuzidagi samimiy tabassumidan farahli hislarni tuydik. Töğrisi, uşbu muborak yoşda ham xalq salomatligi yölida sidqidildan xizmat qilayotgan bu fidoyi insonga havas qildik.

Xudoyberdi NAVRÖZ,

“Nuroniy” muxbiri.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan