— deydi kosonsoylik ismoilovlar
Oila ham kiçik davlat, degani. Uning öz yutuği, quvonçli kuni, oyning ön beş qoronğisida esa kamçiligi, sinovli damlari böladi. Muhimi — işonç, sadoqat va sabr. Bugun kayvonilikka erişgan, yarim asrdan ziyod birga turmuş keçirayotgan piru badavlat otaxon-onaxonlarimiz hayot yöliga nazar taşlasak, ana şu haqiqatga yana bir bor iqror bölamiz.
Zamonamizda şunday insonlar borki, ularning bosib ötgan yöli haqida söz ketganda, bir xonadon taqdiri emas, balki butun bir davr tarixi köz oldimizda gavdalanadi. Ular keçagi maşaqqatli yillar va bugungi farovon kunlar farqini yaxşi anglaydilar. Kosonsoy tumanidagi “Tagijar” mahallasida yaşovçi Hojixon Ismoilov va Faroğatxon Yoqubova ana şunday ibratli avlod vakillari.
Bu yil uşbu xonadon vakillari ahil turmuş qurganlarining 50 yilligini — “Oltin töy”larini nişonlamoqda. Sakson yoşni qarşi olgan Hojixon ota hamda u kişining sadoqatli umr yöldoşi Faroğatxon opa nafaqat oila, balki el-yurt eʼzozida. Bugungi yoşlar uçun köp narsa tayyordek va oddiy tuyulişi mumkin: ravon yöllar, şinam uylar, uzluksiz elektr va gaz taʼminoti, internet hamda zamonaviy qulayliklar… Ammo bu farovonlik öz-özidan kelgani yöq. Uning poydevorida qança maşaqqatli mehnat va beqiyos matonat mujassam. Ismoilovlar buni yoşlarga doimiy uqtirib keladi. Hojixon ota mehnat faoliyatini haydovçilikka bağişlab, qişloq xöjaligi va quriliş sohasida el xizmatida böldi. Faroğatxon opa esa yillar davomida kutubxonaçi sifatida mahalladoşlarini kitob öqişga, maʼrifatga çorladi. Şu bilan birga, paxta dalalarida mehnat qilib, ipak qurti parvarişlab, oila va jamiyat farovonligiga munosib hissa qöşdi.
Öşa yillarda hayot yengil emasdi. Qişning sovuği-yu yozning jaziramasiga qaramay, yelkama-yelka qilingan halol mehnat xonadonga baraka, farzandlar tarbiyasiga esa mustahkam asos böldi. Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar, qişloqlar qiyofasining özgarişi va yoşlarga yaratilayotgan imkoniyatlar zamirida ham, eng avvalo, oilaviy barqarorlik yotadi.
Ismoilovlar xonadonida uç öğil va uç qiz mehnatsevarlik, halollik hamda mehr-oqibat ruhida tarbiyalandi. Bugungi kunda otaxon va onaxon öttizdan ziyod nevara-çevaraning mehri, eʼtibori va ardoğida umrguzaronlik qilişmoqda. Bu — halol va mazmunli keçgan umrning eng gözal mevasi emasmi?!
— Qöşa qariş — Yaratganning insonga bergan eng uluğ saodati, — deydi Faroğatxon Yoqubova. — Oila mustahkamligi haqidagi azaliy qadriyatlarimiz, ota-bobolarimizdan qolgan mezonlar heç qaçon öz kuçini yöqotmaydi. Rözğorning kam-köstiga sabr qilib, boriga şukrona keltirdik, yaxşisini oşirib, yomonini yaşirib yaşadik. Eng muhimi, hayotning har qanday sinovida bir-birimizga suyançiq va yelkadoş böla oldik. Guruç kurmaksiz bölmaganidek, turmuşda turli fasllar, issiq-sovuq kunlar böladi. Ammo arzimas köngilsizlik yoki rözğorning vaqtinçalik kamçiligi sabab bir-biridan yuz ögiriş — oilaviy masʼuliyatni anglamaslikdir. Bizning davrimizda “oila” deyilganda, eng avvalo, sabr va oqibat tuşunilardi. Ha, oilani muhabbat barpo etsa, uni sabr va özaro hurmat uşlab turadi. Rözğor — sabr-toqat talab qiladigan katta maydon. Toqatli bölgan, oilaviy qadriyatlarni muqaddas bilgan xonadondagina qut-baraka, tinçlik-totuvlik va qöşa qariş baxti bardavom böladi.
Albatta, şiddatli axborot oqimi va turmuş surʼati oşgan hozirgi davrda yoşlarimizga sabr, bağrikenglik va oilaviy masʼuliyatning ahamiyatini anglatiş juda muhim. Nuroniylarimiz hayoti şuni körsatadiki, inson ortidan qoladigan eng katta boylik — ezgu nom, odobi bilan el oğziga tuşgan farzandlar va xalqning duosi. Ana şunday ibratli xonadonlar, duogöy nuroniylarimizni eʼzozlaş va ularning hayot tajribasini yoşlarga yetkazişda nuroniylarimiz va jamoatçilik vakillarining örni beqiyos. Ziyolilarimiz va maʼnaviyat fidoyilari zimmasidagi eng muhim burç esa ana şu maʼnaviy merosni avloddan-avlodga asrab-avaylab yetkazişdan iborat.
Munavvar SUBANOVA,
“Nuroniy” jamğarmasi Kosonsoy tumani bölimi mutaxassisi.