“Yagona Vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
Yoşlarni Yangi Özbekistonimizga munosib farzandlar etib tarbiyalaşga masʼuldirlar
Keksalik donişmandlik hamda tajriba buloğidan suv içib, uluğ yoşga yetişdir. Odatda, yoşlardan emas, balki boşidan qança-qança qovun pişiğini ötkazgan nuroniy keksalardan maslahat söraladi. Çunki ular foyda qayerda, zarar qayerda ekanligini yaxşi bilişadi. Manzilga qaysi yöldan oson boriş mumkinligini ham ular aytadilar.
Tajriba, hayot maktabida köp yillar tahsil olgan qariyalar aksariyat hollarda adaşmaydilar. Aytadilarki, yoşlik özining ğayrati va şiddati bilan, keksalik esa vazmin-bosiqligi, tajribasi bilan gözaldir. Qadim Şarqning uluğ va asrlar oşa yaşab kelayotgan odatlaridan biri şuki, qariyalarga hamma davrlarda izzat-ikrom körsatilgan. Ularning aytganlari, örinli fikr-mulohazalari doimo qadrlangan.
Yangi Özbekistonimizda keksalarni qadrlaşga bölgan eʼtibor tubdan özgardi. Buni biz kundalik hayotimizda körib, guvohi bölib turibmiz. Keksalar qalbi öziga bölgan eʼtibor, ğamxörlikni darhol his etadi, bu esa, öz navbatida, uni yanada bardam, umidvor yaşaş sari rağbatlantiradi. Mamlakatimizda keksalarga nisbatan eʼtiborning oşganligi tufayli uzoq umr körayotganlar safi yildan-yilga ortib bormoqda. Birgina bizning viloyatimizda 100 va 100 yoşdan oşganlar 98 nafarni taşkil etadi. Şulardan köpi onaxonlardir.
Bir narsadan qanoat hosil qilamizki, tevarak-atrofimizda saksondan sakragan, töqson bilan töqnaşgan, yuz bilan yuzlaşgan qariyalarimiz safi tobora ortib bormoqda. Bu esa hayot tarzimizning tubdan yaxşilanib borayotganidan dalolat, albatta. Bugun surxondaryoliklarning tomorqalarida yoşi yetmiş, saksondan oşib ketgan bölsa-da, yerga bemalol ketmon urayotgan, ziroat ekayotgan köplab keksalarni uçratiş mumkin.
Buyuk mutafakkir bobomiz Alişer Navoiyning “Yigitlikda yiğ ilmning maxzanin, qariliğ çoği sarf qilğil ani”, degan sermaʼno satrlari bor. Bu hikmatni tahlil qilsangiz, maʼnosi guldek oçilib kelaveradi. Avvalo, umr — oliy neʼmat. Qisqa va betakror. U qaytib berilmaydi…
Hayotning sirli, söqmoqlaridan yuzi yoruğ bölib, şaʼniga gard tuşirmay ötgan yoşi uluğ insonlar — keksalar va nuroniylar çinakam murabbiylardir. Şu sababli xalqimiz keksalarni eʼzozlaydi. Töy, quriliş va boşqa ulkan işlarni boşlaganda keksalardan duo oliş eng gözal qadriyatlarimizdan sanaladi.
Tarixga nazar taşlasak, Sohibqiron Amir Temur ham möğul bosqinçilarini yurtdan haydab, öz mustaqil saltanatini bunyod etgaç, Sayyid Amir kulol, Said Baraka, Zayniddin Abubakir Toybodiy kabi davrning yetuk insonlarining maslahatlariga amal qilgan. U tajribali qariyalar bilan turli maşvaratlar ötkazib, har xil masalalarda ularning fikrini olgandan keyin öz oldiga qöygan maqsadini amalga oşirişga kirişgan. Qaysi yurtda öz hukmronligini örnatsa, birinçi navbatda, öşa yurtning yoşi uluğ va xalq hurmatini qozongan qariyalari, olimu fuzalolari hamda din peşvolarini töplab, xalq va davlatning kelajak taqdirini ular bilan bamaslahat hal etgan.
Bu kabi ölmas anʼanalarimiz, ayniqsa, keyingi yillarda yangiça maʼno-mazmun bilan boyib, keksa avlod vakillarining ham yoşi, ham jamiyatdagi mavqei ösib bormoqda, desam, köpçilik nuroniylarimizning könglidagi gapni aytgan bölaman. Çunki Prezidentimiz keksalarning hurmatini joyiga qöyiş, ularning hayotdan rozi bölib yaşaşi uçun barça şaroitlarni yaratiş, keksalar va nuroniylarning ijtimoiy faolligini oşiriş, boy hayotiy tajriba va bilimlarini farzandlarimiz tarbiyasi va yurtimiz istiqboli yölida safarbar qiladigan, taʼbir joiz bölsa, qaddimizni toğday kötargan yaxlit tizim yaratdi. Bu tizimning huquqiy asoslari davlat rahbarining “Nuroniylarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning turmuş darajasini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi 167-sonli Qarori hamda “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş hamda ularning ijtimoiy faolligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi 92-sonli Qarorida mustahkamlab qöyilgan.
Bunday ulkan ğamxörliklarning jonbaxş samarasini surxondaryolik 235 ming nafar nuroniy va keksa avlod vakillari öz hayotida çuqur his qilib umrguzaronlik qilmoqdalar.
Keksalar öz içki va taşqi maʼnaviyati, hayot tajribasi bilan yoşlar tarbiyasiga masʼuldir. Faxriylar yoşlarga töğanoq emas — suyançiq, raqib emas — ustoz, befarq emas — hamdard ekanligi bugungi kunda hayotimizga tobora çuqur kirib borayotgan “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” tamoyilida yaqqol namoyon bölmoqda. Biz, keksalar öz hayot tajribalarimizdan kelib çiqib, yoşlarni ulardagi kuç-ğayrat, jöşqinlik va taşabbuskorlikni töğri sarflaş, ogoh böliş, tinç-osoyişta hayotimiz, milliy, umuminsoniy qadriyatlarimizni asrab-avaylaş, umrning qadriga yetişga örgatişimiz lozim. Çunki qariyalarimiz axloq-odob, tarbiya, nasihat bilan kamol topib, yoşlarga nasihat bera oladigan, ibrat böla oladigan donişmand, murabbiy darajasiga yetganlar. Ular turli voqeliklarga vazminlik, bosiqlik, bağrikenglik, “yetti ölçab, bir kes” qabilida ehtiroslarga berilmay, şukronalik bilan qaraydigan möysafidlardir.
Keksa avlod vakillari bugun mahallalarimiz, jamiyatimizning eng faol iştirokçisiga aylangan. Ularning har biri kunda 1-2 soat vaqtini mahalladoşlari, ayniqsa, yoşlar muammolarini hal qilişga sarflasa ham, mahallada eʼtibor, mehr-oqibat muhiti yuksaladi. Mahalla hayoti özgaradi.
Pensiya yoşidagi turli kasb egalari bölgan faxriylar yoşlarga çin maʼnoda örnak bölişmoqda. Masalan, termizlik tadbirkor Xayrulla Turopov 75 yoşni qarşi olayapti. Tinib-tinçimas bu nuroniyimiz yaqinda “Şarşara” — turizm markazini işga tuşirib, 50 nafardan ziyod yoşni işli qildi.
Kişi barakali yaşab, mazmunli umr körar ekan, bunda özi tuğilib ösgan jamiyat, yurtning munosib uluşi bor. Taʼbir joiz bölsa, biz ana şunday oqibat va ğamxörlikka çulğangan, çor tarafidan qut-baraka yoğilib turgan yurtda yaşayapmiz. Bunga Prezidentimiz boşçiligida olib borilayotgan inson qadrini uluğlaşga qaratilgan islohotlar va ularning hayotbaxş mevalari guvohlik berib turibdi.
Ayni islohot va yangilanişlar davrida davlatimiz rahbarining 2026 yil 2 apreldagi “Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nişonlaşga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş maqsadida “Yagona Vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan boş ğoyani özida mujassam etgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni taşkil etib kelmoqdamiz.
Uşbu tadbirlar doirasida ötkazilayotgan “Uç avlod uçraşuvi”, “Faxriylar — faxrimiz”, “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul”, “Yaşil makon”, “Qöşa qariş saodati”, “Yuz bilan yuzlaşganlar” kabi va yana qator loyihalarimizda keksa, örta va yoş avlod vakillarini faol jalb qilib, yoşlarga mustaqillik va uning qadri, istiqlol şarofati bilan mamlakatimizda keçayotgan islohotlar, ularning öziga xos samaralari, yurtimizda hukm surayotgan tinçlik-xotirjamlik, farovonlik xususida tarğibot işlari amalga oşirilmoqda. Mazkur uçraşuv hamda muloqotlarda farzandlarimizga ajdodlar ibratidan örnak oliş, kasb-hunar egallab, ona yurtga munosib xizmat qiliş lozimligi uqtirilmoqda.
Yuqoridagilardan xulosa qiliş joizki, yurtimiz nuroniylari bundan keyin ham astoydil yeng şimarib, özaro ahil va yakdil bölib, xalqimizni yanada farovon, mamlakatimizni dunyoning rivojlangan davlatlari qatoriga olib çiqişdek xayrli vazifalar yölida kamarbasta böladilar.