Bugun yurtimiz nuroniylari özgaça hurmat-ehtirom va izzat-eʼtiborda yaşamoqdalar. Negaki, mamlakatimizda yoşi uluğ keksalarni qadrlaş, ularning salomatliklarini muhofaza qiliş, ijtimoiy faolliklarini oşiriş, ulkan bilim salohiyatlari va tajribalaridan yoş avlod kamoli, xalqimiz farovonligini taʼminlaşda oqilona foydalaniş borasidagi taşabbuslar piru badavlatlarimizning hayotiga yangiça mazmun olib kirmoqda. Şuning uçun ham hozirda joylarda faoliyat yuritayotgan nuroniylarimiz avvalgilardan köra, dadil va şaxdam, soğlom va navqirondirlar.
Prezidentimizning 2023 yil 11 martdagi “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş hamda ularning ijtimoiy faolligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 92-sonli qarori asosida “Nuroniy” jamğarmasi va uning hududlardagi bölim va bölinmalari tomonidan amalga oşirilayotgan işlarni fikrimizga yaqqol misol deyiş mumkin.
Jumladan, hozirda jamğarmaning Jizzax viloyati Ğallaorol tumani bölinmasi tomonidan tizimli asosda faoliyat taşkil etilib, ezgu amaliy saʼy-harakatlar izçil davom ettirib kelinmoqda.
Tumanimizda 19100 nafar mehnat faxriylari bor bölib, şundan 13 nafari Ikkinçi jahon uruşi frontorti faxriylari hisoblanadi. Muborak Ramazon oyida ularning holidan xabar olinib, oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon vositalari bilan taʼminlandi. Şuningdek, ular uçun tibbiy xizmat körsatiş yölga qöyilib, faxriylar iştirokida iftorlik dasturxonlari taşkil qilindi. 42 nafar yolğiz va özgalar parvarişiga ehtiyojmand faxriylarning barçasi davlatimiz tomonidan yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlardan bahramand bölib kelişmoqda.
Hayoti va faoliyati bilan barçaga ibrat bölgan nuroniylar iştirokida “Uç avlod uçraşuvi” tadbirlari taşkil etilmoqda. Mazkur tadbirlarda keksa va örta avlod vakillari yoşlarga hayot saboqlarini berib, ularni yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanişga undamoqdalar. Mahalla imom-xatiblari Ramazon oyining fazilatlari, odobi, nimalarga amal qiliş lozimligi haqida gapirib, muborak oyni munosib ötkaziş haqida yöl-yöriq bermoqdalar.
Bunday tadbirlar Normurod Toşqulov, Sadiqa Köçimova, Abdusalom Murodqulov, Mavluda Mahammadqulovalar raislik qilayotgan “Kökgumbaz”, “Mulkuş”, “Madaniyat” va “Savruk” kabi mahallalarda, ayniqsa, mazmunli ötkazilmoqda.
Maʼlumki, keyingi paytlarda töylarda dabdababozlikka beriliş, isrofgarçilik holatlariga yöl qöyiş, ortiqça anʼana va udumlarni joriy etiş kabi salbiy holatlar köpayib ketganini hisobga olib, muhtaram Prezidentimiz taşabbuslari ostida nuroniylar mahalla faollari bilan birgalikda maromiylik dasturini işlab çiqdik.
Ayni dastur asosida “Nuroniylar maslahat kengaşi” aʼzolari, “Buvijonlar maktabi”, mahalla otinoyilari özaro hamkorlikda hududlarda fuqarolar iştirokida yiğilişlar ötkazdik. Mazkur tadbirlarda aholi belgilangan tartiblarga amal qilmagan taqdirda, javobgarlikka tortilişi xususida ogohlantirildi.
Xulosa qilib aytganda, davlatimiz tomonidan biz, nuroniylarga bildirilayotgan işonç va imkoniyatlardan unumli foydalanib, özimizdagi bilim, tajriba va imkoniyatlarni xalqimiz hamda kelajak avlodning saodatli turmuş tarzi, Vatanimiz ravnaqi uçun sarflayotganimizdan mamnunmiz.
Şakarbek UMAROV,
“Nuroniy” jamğarmasi
Ğallaorol tumani
bölimi raisi.