Maʼrifat fidoyisi, köplab şogirdlarning qadrdon ustozi Gulnora Rözmatova har safar özi öqigan maktab yonidan ötayotganda bolaligi, yoşligi, unga taʼlim-tarbiya bergan ustozlari beixtiyor yodiga tuşadi. Maktab hovlisida şöx-şodon öynab, öqib, kamol topayotgan bolajonlarga havas bilan boqadi.

Vaqt juda tez ötarkan. Keçagina uning özi ham  xuddi şu bolalar kabi edi. Yerga ursa, kökka sapçirdi. Ustoz yozuvçi Abdulla Kahhorning “Sinçalak”  qissasidagi Saidaga öxşardi. Bu öxşatiş bejiz emas. Haqiqatan ham, Gulnora opaning jussasi kiçik, ammo juda çayir, öylagan narsasini amalga oşiradigan, çaqqon qiz edi.

Mana, bugun 65-bahorni karşilab turibdi. U öz umrini sarhisob kilarkan, yillarning behuda ötmaganligidan içki bir qoniqiş hosil qiladi va buning uçun Yaratganga şukronalar aytadi.

Gulnora Rözmatova 1961 yil 24 aprelda Qoraqalpoğiston Respublikasining Beruniy tumanida dunyoga kelgan. Otasi Radjabboy Abdullayev paxta brigadasi boşliği, onasi Gulsara Radjapova uy bekasi bölib, 13 farzand — 7 öğil, 6 qizlik bölişgan. Gulnora yoşligidan öziga işongan, hamma narsaga qiziquvçan,  barçaga örnak, aʼloçi va taşkilotçi edi.

Maktabni 1978 yilda aʼlo baholarga bitirgan, öqişga kirib,  öqituvçi bölmoqçi edi. Ammo otasi “Sen öqib, şahar olib berarmiding?!” deb öqişga qöymagan. Otasining “Yaxşi işlab, paxta tersang, keyingi yil öqişga yuboraman”, degan gapi unga ulkan rağbat bölib, paxtani hammadan köp, yaʼni 150-182 kg. atrofida teradi. U maktabda ham, sovxozda ham jamoat işlarida iştirok etib, majlislarda öz fikirini dadil bildirardi.

Oltinçi sinfda öqiyotgan kezlari qöşnisi Şarifa Xalmenova Özbekiston Oliy sovetiga deputat etib saylangandi. Şarifa opaning Toşkentga sessiyaga, Qurultoylarga borib kelişiga qizaloq çinakam maʼnoda havas qilardi. “Nasib qilsa, sen ham Oliy sovetga deputat bölasan, buning uçun faqat astoydil harakat qilişing kerak”, derdi deputat közlarida orzu-şijoat çaqnab turgan qizaloqqa. Fariştalar omin degan ekanmi, 19 yoşida Qoraqalpoğiston Oliy sovetiga nomzod sifatida körsatildi.

Şu tariqa Gulnoraxon raykom sekretari huzuriga bordi. Ular sakkiz nafar edilar. Qizaloqdan boşqa barça nomzodlar katta yoşdagi brigada boşliqlari, sigir soğuvçilar, umuman olganda, öz davrining faollari edi.

Raykom sekretari Olimboy Radjabovning birinçi savoli şunday böldi:

— Mabodo deputat bölsang, nima kilarding?

— Hali yoşman, şunday bölsayam, agar deputat bölsam, birinçi örinda özim öqigan maktab binosini yangidan qurib, boğçalarni köpaytirişga asosiy eʼtibor qaratgan, sovxoz bilan şahar örtasiga asfalt yöl yotqizgan bölardim, — dadil javob berdi Gulnora.

Raykom sekretari qizning dadilligidan hayratga tuşdi va savolida davom etdi:

— Kelajakda kim bölasan?

— Öqituvçi yoki doktor bölaman. Otam bu yil yubormadi, sirtdan öqiysan  dedilar…

— Agronom bölsang-çi, otang paxta brigadasi boşliği ekan, işini davom ettirarding?

— Öqituvçi, adabiyot fani muallimi bölaman, — dedi ahdida qatʼiy turgan qizaloq.

— Bu suhbatimizni heç kimga aytma.  Hali deputat bölasanmi-yöqmi, nomaʼlum. Heç kimga ovoza kilma… Komsomol majlisiga bordim degin, — tayinladi şijoatli qizga qoyil qolgan raykom sekretari.

Şundan söng kunlar, oylar ötdi. Nomzodlar joylarda saylovçilar bilan uçraşuvlar ötkazdilar. Yoş Gulnora Rözmatova ham şunday tadbirlarda qatnaşdi. Unga qoğozda matnlar yozib, şuni öqib berasan, deyişdi. Qizaloq kiçik jussali bölganligi uçun minbardan körinmasdi. Uning oyoğining tagiga ğişt qöyib berişdi.

Bu haqda Gulnora Rözmatovaning özi şunday deydi:

— Otam tengi kişilar, katta ayollar piçir-piçir qilardilar. Şappatay qiz nimasi deputat bölarkan, deyişardi. Bu gaplar aniq quloğimga çalinardi. Otam ham ular içida ötiribdi. Avvaliga biroz tortinib, qoğozni öqiy boşladim. Sabrim çidamadi, dangaliga ötib qöyaqoldim. Menga bu qoğoz kerakmas, xalq bilan uçraşyapmanmi, bemalol muloqotda bölişni istayman. Xuş kelibsizlar, deya gap boşladim. Direktor, partkom, raykom ham bor. Hamma jim bölib qoldi. Keyin asl niyatimni bayon etişga ötdim. Mening maqsadim — maktab, boğça quriş, köçalarga asfalt yotqiziş, mabodo saylansam, şularni yölga qöyardim, hamma yoşlarning ota-onalari bilan gaplaşib, ularning öqişi uçun ruxsat olib berardim  va hokazo…

Yoş Gulnoraning bu şiddatidan barça mum tişlab qolgandek böldi. Atrof bir zum tinçib qoldi. Paşşa uçsa eşitilardi. Keyin esa “Barakalla!”, “Balli! Otangga rahmat!” degan olqişlaru jarangdor qarsaklar yangradi…

… U Qoraqalpoğiston Oliy sovetiga 19 yoşida deputat (1980-1985) etib saylandi. Amudaryoning böylaridan yangi qöriq yer oçdirib, şu yerda paxta brigadasi boşliği bölib işladi. Dala maydoniga uçta 6 xonali şiypon uyi barpo ettirdi. Bittasiga “Deputat Gulnora şiypon uyi” deb nom berildi. Hozir ham 2 ta yoş oilaga berilgan uy uning nomi bilan yuritiladi.

Gulnora aytganlarining ustidan çiqdi. 7 ta boğça, 5 ta maktab qurdirdi. 33 kilometr masofalik yölga asfalt yotqizdirib, özining va xalq orzusini amalga oşirdi. Öqib, agronomlik mutaxassisligini ham oldi.

Şu bilan birga, asosiy maqsadi — öqituvçilikka ham erişdi. Hozirgi ÖzMUning özbek tili va adabiyoti fakultetini tamomladi. TDYUU, uning huzuridagi akademik litseyda öqituvçi, tögarak rahbari vazifalarida işlab, qariyb 25 yil davomida yoşlarga taʼlim-tarbiya berib kelmoqda.

Umr yöldoşi — Nizomatdin Rözmatov aslida sinfdoşi. Öqimişli, ötkir fikrli inson. Oliy taʼlim vazirligi va TDYUUda yurist vazifalarida işlab, oilaparvar, sevimli yor va mehribon ota edi. Ular 17 yil birga şirin hayot keçirdilar. Nizomatdin aka 4 norasida farzandi voyaga yetmagan bir paytda avtohalokatga uçrab, hayotni tark etdi. Bugun farzandlar ulğayib, oliy öquv yurtlarini tamomlab, ota-onalari kabi xalqqa fidoyilik bilan xizmat qilmoqdalar. Bunda matonat sohibasi bölgan Gulnora opaning hissalari buyuk, albatta.

Gulnora opa hozirda akademik litseyda öz faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Uning hayoti yoşlar taʼlim-tarbiyasidan ajralgan emas, öquvçilar bilan tez til topişişi, onaday mehribon va ğamxör ekanligini alohida qayd etiş joiz. Tadbirlar Gulnora opaning iştirokisiz ötmaydi. U öquvçilarga ssenariylar tuziş, davrada hayajonlanmasdan çiroyli sözlaş, özini tutiş, nutq faoliyatini östirişni muntazam örgatib boradi.

Opaning köpçilik havas qilsa arziydigan xislatlari bisyor. Ular aslo yaqinlar, döstlar, qarindoş-uruğlarini yoddan çiqarmaydilar. Kimningdir betob bölganligini eşitişi bilan borib köradi, hol-ahvol söraydi, dardiga şerik böladi. “Nuroniy” jamğarmasi tomonidan uyuştirilgan maʼrifiy tadbirlarda faol qatnaşadi.

Yoş avlodning qadrdon ustozi, isteʼdodli davlat va jamoat arbobi, bugungi matonatli zamondoşimiz Gulnora Rözmatovadek zahmatkaş va fidoyi insonlar xuddiki yölçiroq kabi millat yölini yoritib boraveradilar. Baxtimizga ana şunday insonlar hamişa omon bölsinlar, ilohim!

Iqbolxon Aşrapova,

“Nuroniy” jamğarmasi

Yunusobod tumani

bölimi raisi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan