Inson qadri mehnatda toblanadi. Yurtimizda inson şaʼnini uluğlaş va mehnat ahlini eʼzozlaş davlat siyosatining boş mezoniga aylangan hozirgi kunda öz umrini soha ravnaqiga baxşida etgan fidoyilarga eʼtibor samarasi yanada yorqinroq namoyon bölmoqda. Ana şunday yurtdoşlarimizdan biri — Özbekistonda xizmat körsatgan çorvador, ğuzorlik Ötkir Jumayevdir.
Ğuzor zaminidagi mohir çorvadorlar haqida söz ketganda, Ötkir Jumayev nomi ehtirom bilan tilga olinadi. Sababi, uning hayot yöli — sabr, matonat va kasbga sadoqatning namunasidir. Qariyb yarim asrdan ziyod vaqt davomida tumandagi maşhur “Paçkamar” qorakölçilik va naslçilik xöjaligida faoliyat yuritib, uning 35 yilini mazkur dargohga rahbarlik qilişga bağişlagan Ötkir ota xöjalik tarixidagi “oltin davr”ni boşqardi. Boisi, şu muddatda qöy-qözilar soni 40 ming boşga yetkazildi.
Şuningdek, har yuz boş sovliqdan 110 tadan ortiq naslli qözi olişga erişildi. Eng asosiysi, jun va qoraköl teri tayyorlaş rejalari izçil ravişda ortiği bilan bajarildi. Bu körsatkiçlar, albatta, ilm, tajriba va tinimsiz izlanişning mahsuli. Ötkir Jumayev naslçilikni ilmiy asosda taşkil etiş va çöponlar mehnatini munosib rağbatlantirişni faoliyatining boş mezoni etib belgiladi.
— Çöponning faoliyati tabiat bilan çambarças boğliq, — deydi Ötkir Jumayev. — Qişning qahratonida ham, yozning çillasida ham çorva boşida böliş, har bir qöziçoqning soğlom ösişi uçun jon kuydiriş muhim hisoblanadi. Bizning davrimizda yaylovlarda hozirgidek şaroitlar yöq edi. Ammo könglimizda sohaga bölgan çeksiz sadoqat bor edi. Bilasizmi, qorakölçilik, bu — sanʼat. Terining guli, rangi va tovlanişini saqlab qoliş uçun naslçilik ilmini mukammal egallaş kerak. Men har bir çöponga nafaqat mol boqiş, balki har bir jonzotga mehr bilan qaraşni uqtiraman. Çunki çorvadorning barakasi — uning mehnatidagi halolligi va hayvonga bölgan şafqatidadir.
Darhaqiqat, 1964 yilda taşkil etilgan “Paçkamar” va “Qorakamar” yaylovlarida iş boşlaş oson keçmagan. Suvsizlik, jazirama issiq va qahraton sovuqlarda suruvni şakllantiriş haqiqiy matonatni talab qilardi. Ana şu maşaqqatli maktabda Boyxon Holiqulov, Homid Ergaşev kabi mohir çorvaçilar yetişib çiqdi. Bugungi kun mutaxassislari, xususan, xöjalik zootexnigi Botir Toşmurodov taʼkidlaganidek, Ötkir aka yaratgan talabçanlik va tajriba maktabi hanuzgaça soha rivojiga xizmat qilmoqda.
Ötkir Jumayev 1992 yilda xöjalikda çöponlarning maxsus tarixiy muzeyini taşkil etdi. Bu maʼnaviy maskan sahro zahmatkaşlarining şarafli yölini muhrlagan ehtirom obidasi. Muzeyda saqlanayotgan noyob fotosuratlar va hujjatlar yoş avlodga qişloq mehnatkaşining naqadar uluğ inson ekanligini uqtiradi. Bugun Ötkir Jumayev nafaqada bölsa-da, hamon soha bilan hamnafas. Tuman Nuroniylar jamoatçilik kengaşi aʼzosi sifatida yoşlarga yöl-yöriq körsatib kelmoqda.
Uning köp yillik zahmatlari davlatimiz tomonidan yuksak baholandi — 2020 yilda Prezidentimiz Farmoniga köra, “Özbekistonda xizmat körsatgan çorvador” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Ha, Ötkir Jumayev halol mehnat bilan el ardoğiga sazovor bölgan yurtdoşlarimizdan biri. Uning hayot va faoliyat yöli zamondoşlarimiz va kelgusi avlodlar uçun sadoqat hamda fidoyilik maktabi bölib qolaveradi.
Hasan QAHHOROV,
“Nuroniy” jamğarmasi
Ğuzor tuman bölimi raisi.