deydi 93 yoşli faxriy jurnalist Abdumalik Toşbekov.

Matbuot şunday sehrli olamki, unga bir bor qadam qöygan insonning butun hayoti qoğoz va qalam, haqiqat va masʼuliyat bilan yöğrilib ketadi. Yurtimizda uşbu sohada uzoq yillar ijod qilib, el-yurtimiz hurmatiga sazovor bölgan faxriy jurnalist otaxonu onaxonlar köpçilikni taşkil qiladi. Bugun soçlariga qor qöngan bölsa-da, nigohlarida ijod, yaratiş zavqi jöş urib turgan fidoyi inson — Namangan viloyatining eng keksa jurnalisti, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Abdumalik ota Toşbekov ana şunday yurtdoşlarimizdan biridir. Bugun uning tajriba maktabi yoşlarga, çin maʼnoda, ibrat bölib kelmoqda.

“Nuroniy” jamğarmasi Uçqörğon tumani bölimi hamda Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi Namangan viloyati bölimi vakillari 93 bahorini qarşi olgan Abdumalik ota Toşbekov xonadonida bölib, ustozning holidan xabar olişdi.  Bir piyola çoy ustida keçgan muloqotda ustoz özining hayotiy taribalari bilan örtoqlaşdi. unutilmas taassurotlarga boy böldi.

Abdumalik ota 1933 yilda Namangan viloyati Uçqörğon tumanida  dehqon oilasida tuğilgan. Mehnat faoliyatini 1952 yilda “Paxtaçi” gazetasida musahhihlikdan boşlagan. Keyinçalik ToşDU (hozirgi ÖzMU) jurnalistika bölimida tahsil olib, sohaning sir-asrorlarini puxta egallagan. Uçqörğon va Norin tumanlari gazetalarida uzoq yillar boş muharrir vazifasida işlab, hudud solnomasini yaratişga ulkan hissa qöşgan.

Ustozning  kuçli xotirasi va matbuotga bölgan çeksiz mehr-muhabbati bizga juda katta saboqdir, — deydi Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi Namangan viloyati bölimi “Yoş jurnalistlar bilan işlaş” jamoatçilik kengaşi raisi Jahongir Töxtasinov. — Abdumalik Toşbekovning muharrirlik maktabi va öziga xos ijodini çuqur örganiş bugungi yoş ijodkorlar uçun juda manfaatlidir. Ustozning şogirdlari hozirda el-yurtimiz manfaati yölida xizmat qilmoqdalar. Bugun javonlardan joy olgan “Talabalik sururi”, “Norindek jöşqindir ahli qalamkaş” kabi kitoblari ustozning sermahsul ijod namunalaridan bölib, yoş qalamkaşlar uçun mahorat darsligi bölib xizmat qilmoqda.

Suhbat davomida Abdumalik ota bugungi şiddatli matbuot jarayonlarini  diqqat bilan kuzatib borayotganligini taʼkidladi. “Norin ovozi” gazetasining mahorat maktabidan bahramand bölgan Sabohat Hojiboyeva, Ravşanbek Mirzaolimov, Şahlo Toşbekova, Gulçehra Buvamirzayeva kabi ijodkorlarning yutuqlarini faxrlanib eʼtirof etadi.

— Inson qadri aziz bölgan yurtda yaşayapmiz. Hurmatli Prezidentimiz, viloyat va tuman rahbarlaridan ğoyat minnatdorman. Bugun biz, keksalar eʼtibor va eʼzozni his etib yaşayapmiz. Yöqlab kelganingiz uçun sizlarga ham katta rahmat, — dedi Abdumalik Toşbekov duoga qöl oçar ekan. — Ayniqsa, bugungi kun yoşlarining ulkan yutuqlari, jahonga yurtimiz nomini tanitayotganliklari barçamizga çeksiz mamnuniyat bağişlamoqda. Albatta, yoşlarimizdan umidimiz katta…

Ustozning samimiy duosidan bahramand bölar ekanmiz, u kişidagi  şukronalik va şarafli kasbga nisbatan çeksiz sadoqat barçamiz uçun yana bir karra ibrat maktabi bölib xizmat qildi desak, aslo mubolağa bölmaydi.

Abdujabbor  Nabiyev,

Uçqörğon tumani

Nuroniylar kengaşi aʼzosi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan