Bugungi kunda bir asrlik yoşni qarşilayotgan qahramonimiz — Özbekistonda xizmat körsatgan şifokor, tibbiyot fanlari doktori, professor Bahron Hakimoviç Vafoqulov maşaqqatli, ammo fayzli va barakali umr yöllarida barçaga birdek namuna bölib yaşamoqda.
Bahron Hakimoviç Vafoqulov 1928 yilning 2 fevralida Samarqand viloyatining Samarqand tumani “Turkman” mahallasida, oddiy dehqon oilasida tavallud topgan.
1944 yilning erta bahorida Bahron Vafoqulov saboq olayotgan maktabda 9-sinf öquvçilari bilan uçraşuvga kelgan harbiy komissariat vakillari, “…Sizlarning orangizdan tanlab olinganlar tibbiyot instituti qoşida taşkil etilgan tayyorlov bölimida 5 oy öqib, söng talabalikka qabul qilinadi va uç yarim yil öqigaç, şifokorlik diplomini olib frontga borasizlar…”, deyişdi.
Tanlanganlar safida Bahron Vafoqulov ham bor edi. 1944 yil 1 sentyabrida u ham tibbiyot institutining birinçi kursiga öqişga qabul qilindi. 1945 yilda, yaʼni faşist bosqinçilari ustidan qozonilgan ğalabadan söng front uçun tayyorlanayotgan bölajak şifokorlarning öqişlari 3,5 yildan 5 yilgaça muddatga uzaytirildi.
Bahron Vafoqulov bilim maskanini 1949 yilda bitirgaç Samarqand viloyatidagi Qöşrabot tumani soğliqni saqlaş bölimi mudiri, oradan bir yil ötib, Pastdarğom tumanidagi Çarhin şaharçasi soğliqni saqlaş bölimi mudiri, 1953 yilda Samarqanddagi Alişer Navoiy nomidagi universitetning salomatlik markaziga rahbar etib tayinladi. 1955 yilda Pastdarğom tumani tibbiyot birlaşmasida boş şifokor bölib iş boşladi va olti yil davomida u pasdarğomliklarga sidqidildan xizmat qildi. Xalqimiz salomatligini muhofaza qilişning ilğor usullarini qöllaşga, tibbiy xizmat madaniyatini kötarişga, davolaşning yangidan-yangi sohalarini taşkil etişda jonbozlik körsatdi. 1962 yilda avval Payariq, keyinçalik Samarqand tumanlari boş şifokorligi vazifasida faoliyat körsatib, qisqa vaqt mobaynida u serğayrat xodim, bunyodkor rahbar sifatida har ikkala joyda ham arzigulik iz qoldirdi.
1963 yildan Samarqand viloyati Sanitariya-epidemiologiya boşqarmasi boşliği lavozimida işladi. U nafaqat viloyat rahbarlarining, balki soğliqni saqlaş vazirligidagi rahbarlarning ham nazariga tuşib ulgurgan edi. 1968 yilning may oyidan Qaşqadaryo viloyati Soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği vazifasiga tayinlandi.
Yangi viloyat, yangi şaroit, yangi jamoa va yangi lavozim.
Bahron Vafoqulov “Mehnat insonni uluğlaydi” degan dono fikrga amal qildi. Dastlabki kunlarda u vohada tibbiy xizmat körsatişning tarixi bilan tanişdi. Mahalliy odatlarni örganib, voha xalqining xususiyatlarini, könglidagi orzu-armonlarini bilişni istadi. Har kuni tuşgaça idorada bölib, kunning ikkinçi yarmida qişloq şifoxonalari va feldşerlik punktlari bilan tanişdi. Qisqa vaqtda viloyatdagi u kirib çiqmagan salomatlik dargohi qolmadi, ammo uni biror-bir holat qoniqtirmadi. Ayniqsa, öşa kunlari Qarşi çölini özlaştirişga bel boğlagan xalqning salomatligini muhofaza qiliş uçun yetarli baza yöq edi.
Bahron Vafoqulov Qaşqadaryoda iş boşlagan yili viloyat tibbiyot sohasida bor-yöği 2 nafar fan nomzodi faoliyat körsatar edi. 1969 yilda uning özi ham nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Qaşqadaryoda, ayniqsa, qişloq joylarida tibbiy xizmat körsatişning sifatini, madaniyatini kötarişda Bahron Vafoqulov katta jonbozlik körsatdi. 1976 yilda, yaʼni Samarqandga işga qaytgan yili Qaşqadaryoda bir nafar tibbiyot fanlari doktori va 22 nafar fan nomzodi faoliyat körsatayotgandi.
Bahron Vafoqulov öziga xos tirişqoqligi va taşkilotçiligi sababli Qarşi çölini özlaştirayotgan “Qarşiquriliş” ixtisoslaştirilgan hududiy boşqarmasining tibbiy-sanitariya qismiga asas solindi.
1968 yilgaça viloyatdagi barça davolaş muassasalarini taʼminlaş uçun atigi ikkita qon quyiş stansiyasi mavjud edi. Bir yil orasida deyarli hamma tumanlarda bunday bölimlar oçildi. 1970 yillarning boşlarida viloyatdagi köpgina maktablar huzurida stomatologiya kabinetlari oçişdek xayrli iş amalga oşirildi.
Xullas, Qaşqadaryo vohasida davolaş maskanlari respublika miqyosida maqtovga arzigulik darajaga kötarilib, xalqqa tibbiy yordam körsatiş saviyasi oşirilgan bölsa, bularning zamirida yirik taşkilotçi, öz kasbining fidoyisi, jonkuyar va bunyodkor rahbar Bahron Vafoqulovning maşaqqatli mehnati turardi.
Qaşqadaryoda ötgan qariyb 9 yillik umr behuda ketmadi. Viloyatdagi barça poğona rahbarlari, hamkasblari, eng asosiysi, xalq orasida katta obrö qozondi, ular bilan birodarlaşdi. Hamjihatlik, ahillik, halollik va tadbirkorlik bilan iş tutilişi tibbiyot sohasida tubdan ijobiy özgariş yaratdi.
Işlar ayni qizigan bir davrda, 1976 yilning dekabr oyida Respublika Soğliqni saqlaş vazirligi buyruğiga binoan, Bahron Vafoqulovga Samarqand davlat tibbiyot institutiga öquv işlari böyiça prorektor lavozimida işlaş uçun yöllanma berildi.
1950-1953 yillar davomida Samarqand tibbiyot institutining avval klinik ordinatori, keyinçalik assistenti bölib işlagan Bahron Vafoqulov oradan qariyb 24 yil ötgaç, yana şu dargohga öquv işlari böyiça prorektor bölib qaytdi.
B.Vafoqulovning jonbozligi natijasida har yili öquv-uslubiy konferensiyalar ötkazilib, ularning yakunida ilmiy va uslubiy işlar töplami naşrdan çiqarildi.
Uning taşabbusi bilan yoş assistent-öqituvçilarning mahorat va saviyasini oşiriş maqsadida institut huzurida “Yoş pedagoglar universiteti” taşkil etilib, unga maʼruza qiliş uçun şahardagi oliy öquv yurtlaridan tajribali olimlar jalb qilindi.
Professor-öqituvçilar malakalarini oşiriş uçun ularni markaziy şaharlar — Moskva, Leningrad (Sankt-Peterburg), Kiyev va boşqa ilmiy markazlarga yuborişga katta eʼtibor berildi. Ular olib kelgan ilğor tajribalar talabalar ilmiy tögaraklari işini jonlantirişda, ayniqsa, qöl keldi. Ilmiy izlanişga moyil yoşlar talabalar ilmiy anjumanlarida iştirok etiş uçun Moskva, Kiyev, Yerevan, Yaraslavl va boşqa köpgina şaharlarga borib, sovrinli örinlarni olib qaytdilar.
Bahron Vafoqulovning taşabbuskorligi, harakatçanligi natijasida institutning moddiy-texnika bazasi ança mustahkamlandi, köpgina yangi tarmoqlar, bölim va kafedralar, hatto fakultetlar ham oçilib, faoliyat körsata boşladi.
Bahron Vafoqulov 1981 yilda Özbekiston Respublikasi Markaziy Qömitasining birinçi kotibi Şarof Raşidovning tavsiyasi bilan Markaziy Osiyoda yagona bölgan Toşkent vaksina va zardoblar ilmiy tekşiriş institutiga Boş direktor etib tayinlandi.
1982 yildan 1986 yilgaça ötgan davr mobaynida laboratoriya jihozlari va texnologik uskunalar, çet el apparaturalari sotib olindi. Şu jumladan, Yaponiyaning elektron mikroskoplari va boşqa noyob priborlar xarid qilindi. Işlab çiqariş va ilmiy bölim uçun yangi binolar qurildi.
Iş jarayonida immunologiya, virusli preparatlar, qon mahsulotlari laboratoriyalari, texnologiyani tajribadan ötkaziş va yangilikni tadbiq qiliş bölimlari, şuningdek, maʼmuriy-boşqarma idorasi va ilmiy kutubxonalar, yangidan qurilgan ilmiy-işlab çiqariş korpuslari taşkil etildi. Zardob sexi, immunologiya klinikasi, vivariya, mahsulot çiqariş bölimi, quyiş va qadoqlaş sexlari, biotexnologiya, bioximiya laboratoriyalari binolarida kapital taʼmirlaş işlari ötkazildi.
Qondan tayyorlanadigan dorivorlar sexining yangi, qulay moslamalar asosida qurilgan binoga köçib ötişi natijasida bu zarur preparatlarning oldingi 4 xili örniga 10 turdagi nusxalari işlab çiqarila boşlandi.
Bahron Vafoqulov taşabbusi bilan yetiştiriladigan mahsulotlarning tannarxi sezilarli darajada arzonlaştirildi.
Bahron Vafoqulov ilmiy sohada ham öz taşkilotçilik qobiliyatini namoyon qildi, ilmiy laboratoriyalarda bajarilgan ijodiy izlanişlar işlab çiqarişda öz samarasini körsata boşladi. 1982 yildan eʼtiboran, institut çiqarayotgan mahsulotlar hajmini oşira borib, köpgina ittifoqdoş respublikalar soğliqni saqlaş muassasalarining ham ehtiyojini töla qondirişga kirişdi.
Sohada ilğor va yangi turdagi preparatlarni tayyorlaş ham yölga qöyildi. Bifidum va laktobakterinlarning sifatliligi hatto sobiq ittifoqda ham tan olindi. 1987 yilda sobiq ittifoqda birinçi bölib virusli A gepatitning eritrotsitar immunodiagnostikasiga asos solindi. Ungaça bu kasallikning V formasiga taalluqli preparat sobiq ittifoqda ikkinçi bölib (Gorkiy epidemiologiya ITIdan keyin), 1985 yil yanvaridan işlab çiqarişga kiritilgan edi. Şuningdek, sanoat korxonalari çaqiradigan turli xildagi allergiyalarga va çangga qarşi davolaş preparatlari ham 1987 yildan boşlab isteʼmolga çiqarildi.
Ilmiy va işlab çiqariş faoliyatidagi ijobiy özgarişlarga köp jihatdan boşqaruv tizimidagi taşkiliy özgarişlar, ilmiy izlanişlar natijalari va mahsulot sifatini nazorat qiladigan bölimlar işini takomillaştiriş oqibatida erişiladi. 1982-1983 yillar mobaynida 2 ta yangi işlab çiqariş bölimi — biotexnologiya hamda bakteriya va virusli preparatlar işlab çiqaradigan bölimlar tegişli laboratoriyalari bilan birga tuzildi.
Şu tariqa institut qisqa vaqt içida soğliqni saqlaş tarmoğidagi va Tibbiyot Fanlar akademiyasidagi köpgina oliy va ilmiy tadqiqot institutlari bilan uzviy aloqalar örnatdi. Bu hamkorlik aholi salomatligini muhofaza qilişning yangi qirralarini özlaştirişga imkoniyat tuğdirdi. Ayniqsa, Bahron Vafoqulovning 1982 yildan boşlab jamoatçilik asosida boşqargan biotexnologiya ilmiy işlab çiqariş bölimi, şuningdek, bevosita uning taşabbusi bilan oçilgan bakteriyali va virusli preparatlar bölimlari yuksak natijalarga erişdi.
Virusli gepatitning A formasi uçun işlab çiqarilgan immunodiagnostikasi dunyo miqyosidagi sohaning birinçi qadami edi. Bu yangilik nazariy jihatdan asoslanib, mualliflik guvohnomasi bilan taqdirlandi. Biotexnologiya laboratoriyasining virusli gepatitlar immunoprofilaktikasiga bağişlangan preparatlarni işlab çiqariş töğrisidagi ilmiy-texnikaviy dasturini amalga oşiriş uçun sobiq ittifoq biologiya va biotexnologiya Kengaşining qarori bilan katta miqdorda xorij valyutasi ajratildi.
Özining mehnati bilan yirik taşkilotçi, talabçan va taşabbuskor, kamtarin va ğamxör rahbar Bahron Vafoqulov nafaqat institut jamoasida, balki tibbiyot sohasi jamoatçiligi örtasida respublika va hatto sobiq ittifoq miqyosida haqli ravişda katta hurmat va eʼtiborga sazovor böldi.
Xalq xöjaligida erişgan yutuqlari uçun u 1984 yili “Şavkatli mehnati uçun” medali bilan taqdirlandi. Şu bilan birga, u I.I.Meçnikov nomidagi sobiq ittifoq mikrobiologiya, epidemiologiya va parazitalogiya ilmiy jamiyati boşqaruvi, Respublika Soğliqni saqlaş vazirligining tibbiyot sohasidagi ilmiy Kengaşi Prezidiumining hamda Respublika Immunologlarining epidkengaş aʼzosi etib saylandi. 1989 yilga kelib, Toşkent Vaksina va Zardob ilmiy tekşiriş instituti (ITI) sobiq ittifoqda tanilgan ilmiy maskan, yirik işlab çiqariş korxonasiga aylandi.
Bahron Vafoqulovning taşabbusi bilan respublikadagi barça uşbu tarmoq şoxobçalari birlaştirilib, “Vaksina” ilmiy işlab çiqariş birlaşmasi tuzildi va uning birinçi Boş direktorligiga Bahron Vafoqulovning özi saylandi. Samarqand, Qaşqadaryo, Jizzax, Farğona vodiysi va Toşkent viloyatlarida korxonaning filial va yordamçi xöjaliklari taşkil qilindi. Jamoada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot işlarini amaliyotga tadbiq qilişda erişilgan ulkan natijalari uçun u sobiq Butunittifoq Xalq xöjaligi yutuqlari körgazmasi (VDNX)ning bronza medali bilan taqdirlandi.
1994 yilda 66 yoşni qarşilagan Bahron Vafoqulov iş faoliyati kindik qoni tökilgan qişloğidan yiroqda, qarindoş-uruğlar, döstu birodarlar diydoridan uzoqda ötganligini aytib, mehridan töymagan farzandlari va nabiralari oğuşiga qaytişga qatʼiy ahd qilganini maʼlum qilgaç, hukumat qarori bilan “Vaksina” IIÇB 1994 yilda Bahron Vafoqulov bilan birga, uning ona şahri Samarqandga köçirildi.
Ötgan kunlar, oylar, yillarni sanaş bugun osonday tuyuladi. Lekin bu davrda qança işlar amalga oşirildi, qança şogirdlar, malakali kadrlar tarbiyalandi, qança binolar, yangi muassasalar barpo etildi. Lekin baribir, qoniqiş yöq. Hali qilinişi lozim bölgan vazifalar talaygina edi. Mustaqillikka erişgan yoş davlatimizni mustahkamlaş uçun, xalqimizning farovonligini oşiriş uçun mehnat qiliş kerak edi. Bahron otaning könglida bir andişa bor edi: “samarqandlikman!” deb faxrlaniş bilan tuğilib-ösgan zamining çiroyiga-çiroy, husniga latofat qöşib bölmaydi.
Faxriyman deb, oyoqni uzatib, qarilik gaştini sursa ham bölardi, haqqi ham bor edi. Heç kim eʼtiroz bildirmasdi. Faqat… içki bir tuğyon unga tinçlik bermasdi. Butun umrini bunyodkorlikka, yaratuvçilikka baxş etgan bu inson 3 yil içida 6 ta laboratoriya, vivariya, tajriba sexi, kutubxona, şarqona davolaş xonalari va şinamgina majlislar xonasiga ega bölgan Mustaqil davlatlar orasida yagona sanalgan “Şarq tabobati” ilmiy tadqiqot institutini taşkil etib, 1997 yilda mustaqil Özbekistonning “Ösimliklar, mavjudotlar va mineral mahsulotlardan tibbiyot uçun olinadigan dorivor vositalar” mavzuidagi 1 Respublika ilmiy-işlab çiqariş konferensiyasini ötkazdi.
Uluğ alloma Ibn Sino ilmiga ixlos Bahron otada juda erta uyğongan edi. Kimyoviy yöl bilan tayyorlanayotgan dori-darmonlarning inson jismiga nafaqat şifo, balki ziyon tomonlari ham borligi töğrisida köp boş qotirgan edi. Turli giyohlardan, dorivor ösimliklardan tayyorlanadigan şifobaxş dorilar qaçondir isteʼmolga çiqişini kutib yurgandi. Bahron Vafoqulovning dastlabki ilmiy işi ösimliklar dunyosiga bağişlanganligi ham bejiz emasdi. Bahron Vafoqulovning öz zaminimizda ösadigan arzon dorivor ösimliklarimizdan foydalanib, xalqimizning dardiga ota-bobolarimizdan meros şarqona uslublar bilan davo izlaşga kirişişi maşhur bobokalon tabibimiz ruhini ham şod etgandi, albatta.
Bahron Vafoqulovning taşabbusi va bevosita harakati natijasida Respublikamiz Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Navoiy viloyatining Nurobod tumanidagi “Sazağon” ijara xöjaligi “Vaksina” IIÇB balansiga ötkazildi. Toğ va toğ etaklari böylab çözilgan 25 ming gektarga yaqin yerni Bahron ota dorivor ösimliklar plantatsiyalariga moslaştirib özgartiriş niyatida va kelgusida mustaqil Respublikamizning farmatsevtika sanoatini taʼminlaydigan yirik xom-aşyo bazasiga aylantirib, öz mahsulotlari bilan dunyo bozoriga çiqiş rejalari bilan iş boşlagandi.
Bahron Vafoqulovning xizmatlari hukumatimiz tomonidan ikki marta “Şavkatli mehnati uçun” medali, “Özbekistonda xizmat körsatgan şifokor” faxriy unvoni, ikki marta “Şuhrat” medali bilan taqdirlandi.
Tibbiyot fanlari doktori, professor Bahron Vafoqulov ilmiy faoliyati davomida 5 ta monografiya, 250 dan ortiq ilmiy-ommabop maqolalarga mualliflik qilgan.
Umr yöldoşi Xolidaxon Möminova (Alloh rahmatiga olgan bölsin) bilan umrguzaronlik qilib, sakkiz nafar farzandlarini “Insonni bilim bilan odob bezaydi. Ilm misoli bir jilov va u insonni barça yomon işlardan tiyib turadi” degan hikmatli nasihatlar bilan tarbiyalab, voyaga yetkazişdi. Ularning barçasi oliy maʼlumotli, öz kasbining yetuk mutaxassislari sifatida Vatanimizning turli jabhalarida xizmat qilmoqdalar. Yuz bilan yuzlaşayotgan Bahron ota Vafoqulov bugungi kunda farzandlari, nabiralaru evaralar oğuşida keksalik gaştini surmoqda.
Umida VAFOQULOVA,
qizi, tibbiyot fanlari nomzodi.
Şomurod ŞAROPOV,
şogirdi, Özbekiston Jurnalistlar va
Yozuvçilar uyuşmalari aʼzosi.