Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçisi, faxriy pedagog, 104 bahorni qarşilayotgan Muhammadibrohim ota inomovni nafaqat Namangan viloyati Yangiqörğon tumanidagi Paromon qişloği odamlari, balki butun mamlakatimiz ahli yaxşi taniydi. Otaxonning şogirdlari bugun jamiyatimizning turli sohalarida el-yurtimiz farovonligi yölida xizmat qilişmoqda.
Namangan viloyati Yangiqörğon tumanidagi “Oqtepa” mahallasida yaşayotgan otaxonning xonadoni hamişa gavjum. Şogirdlar, yöqlab-sörab keluvçilar juda köp. Joriy yilning 24 fevralida Namangan viloyati hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov hamda “Nuroniy” jamğarmasi viloyat bölimi raisi, senator Ikromxon Najmiddinov ham Muhammadibrohim ota Inomov xonadonida bölib, bir dasturxon atrofida iftorlik qildilar. Otaxon bugungi kunlar uçun şukrona aytib, el-yurtimiz tinçligini tilab, duolar qildi.
…Otaxon bilan suhbatlaşganlar borki, inson deb atalgan muqaddas zotning maşaqqatlar, sinovlar, fojialardan omon çiqib, sinmagan matonati, jasoratiga guvoh böladi. Xuddiki jangovarlik, fidoyilik filmini körgandek his etadi özini. Öz navbatida, qahramonining şonli hayoti va faoliyatidan öziga kerakli xulosalar çiqaradi.
Otaxonning yoşi asrdan oşgan bölsa-da, fikrlari tiniq. Boşdan keçirganlarini xuddi keçagidek hikoya qiladi. Ularning hayotiy hikoyalarini quyida ibrat va hikmat örnida keltirmoqdamiz. Zero, uluğlarning körgan-keçirganlari keyingilar uçun betakror hayot saboqlaridir.
— Hozirgi Paromon qişloği avvallari töqayzor bölgan ekan, — deya hikoyasini boşlaydi otaxon. — Qadimgi Paromon Podşootasoy özanining öng tarafida, hozirgi Bozorovlar töpi yaşaydigan hududda bölgan ekan. Paromon sözining maʼnosini kattalar “yuksaklikdagi qörğon”, “balandlikdagi, toğ bağridagi joy” deya şarhlar edilar.
1922 yilda tuğilganman. Otam Sultonboy öğli Inomboy qandolatçi-boqqol bölganlar. Onamning ismlari Tojinisaxon bölib, 2 qiz va 2 öğilni dunyoga keltirganlar. Yoş vafot etgan ekanlar. Men ularni eslay olmayman. Mendan keyingi ukam bolaligida vafot etgan. Oilada 2 qiz, 1 öğil katta bölganmiz. Uyimizda otimiz, qöy-eçkilarimiz bor edi, ularni ötlatib yurganimda ham latta xaltamga muqovasi titilib, yirtilib ketgan kitobimni solib yurardim. Qişloğimizda 5-, 6-, 7- sinflar öqitiladigan maktab yöq, öqişni davom ettiriş uçun Zarkentdagi maktabga ötiş kerak edi. Otamni mendan boşqa yordamçisi bölmagani uçun öqişni davom ettirolmadim. Qöy-eçki va otimizni dalada ötlatib, otamga yordam berardim. Otam 81 yoşda arava qöşilgan ot minişga yaramay qolganlaridan keyin otni aravasiz minadigan böldi. Otam baqqollik qilib, şahardan kerakli narsalarni xurjunni töldirib olib çiqardilar. Şu narsalarni kimgadir pulga, kimgadir buğdoyga, makka doniga ayirboşlab, savdo qilardilar. Baʼzilar “Haqqini buğdoy pişiğida beraman”, — desa, nasiyaga ham savdo qilaverardilar.
1930-1935 yillar oğir keçdi. Qahatçilikdan kunjara yeganligi yoki oçlik oqibatida hayotdan köz yumgan odamlarning ayançli taqdiriga ham duç kelganmiz. Biz öşa davrlarda yovvoyi nöxat, qora tariq, tangaçöp va boşqa giyohlarni yeganmiz. Şuningdek, ota-onamiz oçarçilik davrida atala bilan biz, bolalarining jonini saqlab qolganlar.
Paromon qişloğimizdagi şörolar oçgan maktabga 1947-1948 yillarda Mahkamboy Yöldoşev mudirlik qilgan. U Paromon maktabining 5-direktori edi. Men maktabga borganimda, Risliqbu “Bu bola katta, 7-8 yoşga öxşaydi, mening qöşnim böladi, Inom qandolatçi-boqqolning bolasi, yili — 1922”, — deb 1-sinfga qabul qilgan. U vaqtlarda tuğilganlik töğrisidagi guvohnoma ham bölmagan. Qaçon tuğilgansan, — deb söraşsa, qovun yoki buğdoy pişiğiga möljallab aytilgan. Toğamdan 5-10 söm, yana singlimdan pul olib, şahardagi öqituvçilar tayyorlaydigan maktabga bordim. U yerda 2 oy öqib, imtihondan yaxşi ötdim. Direktor: “Namangan istirohat boğining yonida pedagogika bilim yurti bor. Şu bilim yurtiga hujjat topşirib, sirtdan öqiysan, keyin qişloqqa borib öqituvçilik qilasan”, — dedi. Uning maslahatiga köra, pedagogika bilim yurtiga hujjatlarimni topşirib, sirtdan öqidim.
Pedagogika bilim yurtini tamomlaganimdan söng “Boşlanğiç sinflar öqituvçisi” degan hujjatni olib, Zarkentdagi maktabda 3-sinf öquvçilarini öqita boşladim.
…1941 yil yozi jazirama issiq keldi. Uruş boşlangan vaqt. Menga ham harbiy komissariatdan çaqiruv qoğozi keldi. Öşanda Namanganda otliq askar brigadasi tuzilgan ekan. 103-diviziya deyilardi. Uyçida, Koroskonda, Bozorboşi tepasidagi Oktyabr kolxozida askarlikka yaraydiganlarni jamlab, uruşga tayyorlar edi. Ştab Çortoqning öşa davrlardagi Oktyabr kolxozida joylaşgandi. Biz Koroskonda turdik. Kolxozlar otni tayyor minib ketadigan qilib, egar-jabduği, quloqçinigaça bizga olib kelib topşirdi. Eskadron komandiri bizni yalanglikka olib çiqardi. Ot çoptirgani, miltiq otgani adirga olib borişardi. Nişonga qarata miltiqdan öq otişni örganardik…
Maşqlar tugagaç, poyezdga çiqib, uruşning belgilangan hududiga yöl oldik. Odamlarning “Stalingrad, Stalingrad!” — degan ovozlari eşitildi. Volga daryosi, uning oldida keng maydon bor ekan. Poyezddan tuşib, otliq holda yurib bordik. Bir joyga borganda töxtadik. Uç tomoni adir, içida olma daraxtlari bor ekan. Uning içida harbiy qism joylaşgan ekan. Şu tariqa biz jangga kirişga tayyorgarlik köra boşladik. Şinel, nakidka, patron soladigan kamar, suv içadigan va ovqat quyib içadigan idişlar berişdi. Okop qazigani sopi kalta lopatka va beşotar miltiq ham berişdi.
Ertalab janggohga yöl oldik. Ertalabdan keçgaça piyoda yurdik. Komandir “Perekur-perekur”, — dedi. Dam oliş uçun daraxt tagiga ötirdik. Şu paytda nemislarning kiçikroq pulemyoti bor qiruvçi samolyoti ustimizdan uçib ötdi. Keyin esa bizni öqqa tuta boşladi. Şukrki, jabrlanmadik. Biroz yurgaç, qiruvçi samolyot bombardimonçisini boşlab kelsa böladimi. Komandir bor ovozi bilan qiçqirib, “Tarqalinglar”, deya buyruq berdi. Haligi samolyotlar ikkitamidi, uçtamidi, tepadan turib, bomba yoğdirdi. Qiyomat-qoyim boşlandi göyo…
Ölgan öldi. Qolgan qoldi. Axir, bu uruş edi. Omon qolganlar yölda davom etdik. Keyin Krasnodar atrofida köp vaqtlar jang qildik, Don daryosining böyida böldik. Don daryosi Volga daryosi boşidan texnika va qöl bilan qazib, ulangan ekan. Aytişlariça, faşistlar “Stalin kaput, Moskvaga kiramiz” — deganida Stalin Jukovni çaqirib, “Qanday qilib bölsa ham nemisni orqaga qaytariş kerak”, — deya topşiriq beribdi. Jukov aqlli marşal edi, nemislar ortga qaytarildi. Moskvaga nemis kira olmadi. Lekin Stalingradga kiriş uçun faşistlar juda qattiq jang qilgan. Qurbonlar juda köp bölgan. Duşman Stalingraddan ham qaytarildi.
Uruşdan qaytgan yilim, kördimki, Paromonda ahvol juda çatoq. Odamlar hammasi uruşga ketgan. Öşanda rais yordamçilari uyma-uy kirib röyxat qilganida, qişloğimizdan 300 nafar erkakning uruşga ketganligi maʼlum bölibdi. Şu 300 tadan 27 ta odam qaytibmiz. Birining qöli yöq, boşqasining oyoği…
1947 yildan boşlab, Paromonda öqituvçilikni davom ettirdim. Uruşda keyingi davrda Nov qişloğidagi boşlanğiç maktabda bolalarni öqitar edim.
1948 yili Şarofatxon Ergaşevaga uylandim. Ayolim bilan 72 yil birga yaşadik, 11 nafar farzand kördik. Ulardan birining yuragi kasal edi, belançakdan tuşib ketib, ötib qolgan. Şarofatxon bilan birga, 10 nafar farzandimizni soğ-salomat katta qildik. Ayolim Şarofat “Qahramon ona” bölgan.
Farzandlarimiz tarbiyasiga jiddiy eʼtibor qaratdik. Lekin men ularga heç qaçon qattiq tegmaganman. Ularning xohiş-istaklariga qarşi çiqmaganmiz. Öqiyman deganini iloj qilib, albatta, öqitganmiz. Tönğiç farzandim Tolibjonni pedagogika oliygohida öqitdim, oliy maʼlumotli böldi, mening kasbimni oldi, kam bölmadi. Uning farzandlari ham öqib, oliy maʼlumotli bölişdi. Nevaramning nevarasi hozirda maktabning 2-sinfida öqiyapti.
Ustozimiz Muhammadibrohim otaning yuqoridagi hikoyalarini tinglab, ularning maşaqqatu sinovlarga töla hayoti naqadar oğir keçganligi, şunga qaramay, otaxonning har lahzada öz ahdi, eʼtiqodi va qaraşlarida sobit turganligi, bu bilan xalqimizning çinakam qahramoniga aylanganligiga yaqqol guvoh bölamiz.
Baxtimizga mana şunday asr bilan yuzlaşgan, tarixning şonli tirik kitobiga aylangan piru badavlatlarimiz hamişa omon bölsinlar, deymiz.
Barkamol ISHOQOV,
Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş aʼloçisi,
tibbiyot fanlari nomzodi.