Yurtimizda yoşlarning maʼnaviy kamolotida keksa avlod vakillarining boy tajribasidan foydalaniş odat tusiga kirgan. Mazkur anʼana kelajak avlodning vatanparvarlik, elsevarlik, jömardlik, adolat tamoyillari asosida ulğayişiga, şuningdek, tarix, madaniyat hamda milliy urf-odat va anʼanalar, umuminsoniy qadriyatlarning kişilik jamiyatida taraqqiy topişiga xizmat qiladi. Şu sababdan “Uç avlod uçraşuvi” kabi turkum tadbirlarning ahamiyati kun sayin oşib bormoqda.
Mazkur xarakterdagi uçraşuvlar, öz navbatida, yoşlarda Vatanga muhabbat, sadoqat tuyğularini şakllantirib, ularni öz fuqarolik burçi va konstitutsion majburiyatlarini bajariş, davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilişga undamoqda.
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani çegara hududidagi “Hamkorlik” mahallasida joylaşgan 81-sonli maktabda yoşlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş maqsadida “Uç avlod uçraşuvi” tadbiri taşkil etildi.
Unda “Nuroniy” jamğarmasi Sariosiyo tumani bölimi raisi S.Qosimov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bölimi rahbari X.Normatov, faxriylar, masʼul rahbarlar va yoşlar iştirok etdilar.
Tadbirda söz olganlar yoşlarning ongi va tafakkurini yuksaltiriş, intellektual, kasbiy salohiyatini oşiriş, mustaqil Vatan himoyasi, hududiy daxlsizlik, davlat va jamiyat xavfsizligi uçun hamişa şay turiş immunitetini şakllantiriş lozimligi xususida fikr yuritdilar.
Darhaqiqat, mustahkam harbiy mudofaa, hududiy yaxlitlik, yuqori harbiy salohiyat mustaqillikning asosiy tayançi bölib, harbiy vatanparvarlik ğoyasining fuqarolar, ayniqsa, yoşlar orasida keng tarğib qilinişi mazkur tayançning baquvvat bölişiga zamin hozirlaydi.
Ayniqsa, tinçlik va ahil qöşniçilik munosabatlarining ahamiyati ortib borayotgan bir davrda bu masala alohida eʼtiborga molikdir.
Suğdiyona SOBIROVA,
“Nuroniy” muxbiri.