Yurtimizda asr bilan yuzlaşib, yanada tabarruk va ğanimat bölib borayotgan otaxonu onaxonlarni bugun tirik tarixga qiyoslaş mumkin. Bugun uşbu nuroniylarni nafaqat yöqlaş va hollaridan xabar oliş, balki ular bilan dildan suhbat quriş, hayot yöllari va yillarini tarixga muhrlaş yanada xayrli amallardandir. Negaki, ularning körgan-keçirganlari, boşdan keçirgan sinovlari va ulardan soğ-omon, sabot va matonat bilan çiqiş yölidagi saʼy-harakatlari barçamiz uçun hayot kitobi bölib xizmat qiladi. Ulardan örganamiz va tajribalarini amalda qöllaymiz.
Toşkent viloyati Zangiota tumani “Şodlik” mahallasi Inoq köçasida 7 farzand, 23 nevara, 48 evara va 16 çevarali piru badavlat onaxon — Mavluda aya Kamolova istiqomat qiladilar. Onaxon garçi tabarruk yoşga yetgan bölsalar-da, tetik, xotirasi mustahkam…
Bahor oyining ilk haftasida mahalla faollari, “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi xodimlari onaxonni bayram bilan tabriklaş uçun ularning xonadoniga taşrif buyurdilar. Mehmonlarni onaxonning farzandlari — 78 yoşli Malohat opa, 76 yoşli Muzayyana opa, 71 yoşli Omonulla aka, 70 yoşli Muqaddas opa, 66 yoşli Dilorom opa, 64 yoşli Sadoqat opa va kenja farzand bölmiş 63 yoşli Ğaybulla akalar samimiy qarşi oldilar.
Farzandlarining yoşidan körinib turibdiki, bugungi kunda ularning özlari ham keksalik yoşiga yetib, farzandlar, nevara-yu evaralar qurşovida umrguzaronlik qilmoqdalar. Lekin ular ham bardam va tetik, hayotsevar onaning tarbiyasi, tirgak bölib turganining natijasimi, hammalarining ruhiyati bardam, közlarida hayot ziyosi porlab turibdi.
— Yetkazganiga şukr, tinç va farovon zamonda yaşayapmiz, farzandlar, nevara-yu evaralar ardoğidamiz. Köngilda yaxşi niyat va ezgulik bölsa, har qanday sinovni yengib ötiş mumkin ekan. Xudo bergan umr, peşonaga yozilgan taqdir, vujuddagi tani sihatlikning qadriga yetib, şukronalik bilan yaşaşning gaşti boşqaça bölarkan, — deydi onaxon eʼtibordan mamnun bölib.
Asli Toşkentning “Hazrati Imom” mahallasida voyaga yetgan Mavluda ona ziyoli oilada tarbiya topgan. U vaqtlarda qizlarning öqişi odatiy hol hisoblanmagan. Qizlar uyda rözğor işlari bilan şuğullangan, maktabga hamma boravermasdi. Lekin ziyoli ota-ona zamondan ança ilgari fikrlardi. Şu boisdan, qizlarini tibbiyot bilim yurtiga öqişga berişgan. U paytlar uruşdan keyingi tiklaniş, muhtojlik, yetişmovçilik yillari edi. Oila turmuş taqozosi bilan Toşkent viloyatiga köçib ötişadi. Ikki yillik muvaffaqiyatli taʼlimdan söng taqdirida yangi özgariş böldi. Uruşda bir oyoği va bir qölining barmoqlaridan ajragan, lekin irodasi sinmagan jasur yigitdan sovçi kela boşladi. Uruşdan keyin agronomlik qilib, yer bilan tillaşib, elning rizq-rözini yetiştiriş yölidagi halol mehnati bilan jamoada, mahallasida obrö-eʼtibor qozonib kelayotgan bu yigit, avvalo, otasiga maʼqul keldi. “Qizim, agar meni rozi bölsin desang, şu yigitga turmuşga çiq. Uruş körgan, qiyinçilik körgan inson hayotning ham, insonlarning ham qadriga yetadigan böladi”, dedi otasi. “Ota rozi –— Xudo rozi” deyişganidek, u ham otasining tanloviga rozi böldi. Keyinçalik er-xotin ikkalasi birgalikda tinimsiz mehnat qilib, rözğorlarini mustahkamlaş uçun tirişdilar. Qiyinçiliklardan nolimasdan, boriga şukr qilib, birin-ketin tuğilgan farzandlarini voyaga yetkazdilar. Ammo uruşda olgan jarohati tufayli turmuş örtoği 56 yoşida vafot etdi. Öşanda kenja farzandi 10 yoşda edi. Farzandlarini öksitmaslik, birovdan kam qilmaslik uçun onaxon tinimsiz işladi. Tuni bilan çiroq şuʼlasida kiyim tikdi, mahallada hamşiralik qildi. Kunduz kunlari dalada mehnat qilib, bolalarini oyoqqa qöydi. Farzandlari ham ulğayib, onalarining qanotiga kirdilar.
— Onamning hayotdan nolib yoki birovlardan öpkalab, yozğirib gapirganini heç qaçon körmaganman, — deydi onaxonning katta qizi Malohat opa. — Onam doim şukr qilsang, barakang köpayadi, degan gapni köp aytib kelganlar. Oğir mehnat qilib, hammamizni maʼlumotli, hayotda öz örni bor insonlar qilib voyaga yetkazdilar. Ammo biror marotaba noliganlari-yu minnat qilganlarini körmaganman. Onam biz uçun matonat, sabot va sabrning namunasi. Şu yoşimdayam onamga suyanaman, ulardan kuç olaman, özimni bexavotir his qilaman. Allohga behisob şukr qilaman, onajonim yonimizda ekanliklariga…
Onaxonning umr yöllariga qarab turib, hayot turmuş taşvişlariga yengilmagan ğoliblarni sevişi-yu siylaşi, neʼmatlarni bisyor etib berişi haqidagi gaplarga beixtiyor işonadi inson. Zotan, sabrli va mehrli odamlar har doim ğolib böladilar.
A.AHMADQULOVA.