Yurtimizda har bahor va kuz mavsumida mevali va manzarali daraxt köçatlarini ekiş anʼanaga aylanib ulgurdi. Bu harakat keng kölamda taşkil etilib, Özbekistonda yaşil maydonlarni kengaytiriş, ekologik muhit, aholi salomatligi va insonning tabiatga munosabatini yaxşilaşga xizmat qilmoqda.
yoxud yaşil hududlarni kengaytirişda yangi bosqiç: Dendrologiya boğlarining ahamiyati
Mazkur masalaga davlatimiz rahbarining şaxsan özi eʼtibor qaratib, bir qator taşabbuslarni ilgari surmoqda. Xususan, “Yaşil makon” umummilliy loyihasi beş yildirki amalda bölib, uşbu anʼana doirasida amaliy harakatlar butun respublika miqyosida taşkil etilmoqda.
Anʼanaga muvofiq, mamlakatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida köçat ekiş tadbirida iştirok etdi hamda milliy dendrologiya boğini barpo etişga start berdi. Joriy yilda poytaxtda 108 gektar maydonda Milliy dendrologiya boği taşkil qilinmoqda. Bu yerdagi “Yaşil” universitet hududida “Ilm — loyiha — amaliyot” zanjiri asosida barpo etilayotgan “in-vitro” laboratoriyasi, Dorivor ösimliklar hamda Uruğçilik va seleksiya markazlari ham şu yilning özida işga tuşiriladi.
— Aslida, dendrologiya boği, bu — daraxt va butalarning ilmiy asosda şakllantirilgan noyob kolleksiyasidir, — deydi ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi jamoatçilik kengaşi aʼzosi, ekofaol Feruzbek Sayfullayev. — Unda har bir ösimlik turi tizimlaştiriladi, nomlanadi va ilmiy jihatdan örganiladi. Oddiy park va boğlar, asosan, aholining dam olişi uçun xizmat qiladi. Dendrologiya boği esa, avvalo, ilmiy tadqiqot va taʼlim maskani hisoblanadi. Bu yerda turli iqlim hududlaridan keltirilgan daraxt va buta turlari jamlanadi, ularning xususiyatlari örganiladi va amaliyotga tatbiq etiladi. Şuni alohida taʼkidlaş joizki, mazkur dendrologiya boği hududida turli attraksionlar yoki savdo şoxobçalarini joylaştiriş közda tutilmagan, çunki uşbu maskan, avvalo, osoyişta muhitda ilmiy kuzatuvlar olib boriş, tabiatni anglaş va ekologik madaniyatni oşirişga xizmat qiladi. Yangi taşkil etilayotgan dendrologiya boği öz mohiyatiga köra, bugungi kunda faoliyat yuritayotgan Toşkent Botanika boği singari ilmiy-maʼrifiy va tabiatga yaqin maskan sifatida şakllantiriladi. Bu esa uni nafaqat sayr qiliş, balki tabiatni his etiş, örganiş va asrab-avaylaş ruhini kuçaytiruvçi maskanga aylantiradi. Şu jihatdan, dendrologiya boği nafaqat yaşil hudud, balki ekologik bilim va tajriba markazi sifatida ham katta ahamiyat kasb etadi.
Tabiiyki, yaşillikning respublika böylab kengayişi köpçilikning faol iştirokini talab qiladi. Prezidentimiz mahalla raislari, otaxon va onaxonlarimiz, xotin-qizlar vakillari hamda barça faollarni joylarda milliy urf-odatlar, anʼana va qadriyatlarni yanada kengroq tarğib qilişga, klublar va jamoalar taşkil etib, har bir köça, xonadon, yöl böylariga nihol va gullar, qir-adirlarga daraxt va butalar ekişda boş bölişga çaqirdi. Nuroniylar mazkur daʼvatga hozirjavoblik bilan munosabat bildirib, mamlakat istiqboliga aloqador har bir harakatda faol iştirok etiş, şuningdek, şaxsiy namuna körsatiş ular uçun şarafli vazifa, burç ekanini taʼkidlaşmoqda.
— Ekologik muammolar butun insoniyatni taşvişga solib, bu haqida jiddiyroq boş qotirişga undamoqda, — deydi “Nuroniy” jamğarmasi Sariosiyo tumani bölimi raisi Salom ota Qosimov. — Jumladan, yurtimizda havo sifatini yaxşilaş va yaşillik darajasini oşiriş maqsadida bir qator saʼy-harakatlar boşlab yuborildi. Xususan, hurmatli Prezidentimiz rahnamoligida “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oşirilayotgan işlar yaqin kelajakda istiqbolli natija berişi şubhasiz. Buning uçun har bir hududda tizimli iş taşkil etiş va Özbekiston iqlim şaroitiga çidamli, kam suv içadigan, havoga köp kislorod çiqaradigan köçatlarni ötqazişga töğri kelmoqda. Şuni inobatga olgan holda, mamlakatimiz rahbari uzoqni közlab, milliy dendrologiya boğini barpo etiş, jarayonni ilmiy asosda taşkil etiş taşabbusini ilgari surdi. Surxondaryo vohasida yaşil maydonlarni kengaytiriş hamda ekologik vaziyatni yaxşilaş maqsadida “Nuroniy” jamğarmasi Surxondaryo viloyati bölimi raisi Orziqul Soatov boşçiligida, şuningdek, viloyat hokimining taşabbusi bilan hududning 15 ta tuman va şaharlarida yaşil taşabbuslar amalga oşirilmoqda. Jarayon davomida işga mahallabay, xonadonbay yondaşilib, har bir aholi tomorqasiga 20 tadan köçat ötkazişga erişiş közda tutilgan. Bundan taşqari, qabriston va yöl yoqalarida, taşkilot va mahalla hududlarida mevali va manzarali daraxt hamda gul köçatlarini ekiş tadbirlari taşkillaştirilmoqda. Aslini olib qaraganda, yerga nihol qadaş, uni munosib parvariş qilib, boğ-roğ barpo etiş, şuningdek, yurtda obodonlaştiriş işlarini keng kölamda taşkil etiş ota-bobolarimizdan qolgan rasm, odatdir. Demakki, bu anʼanani davom ettiriş zimmamizga jiddiy vazifa yuklaydi. Şu barobarda, xalqning ezgu maqsadlar yölida birligini ifodalab, yoşlarning bunyodkorlik işlariga rağbatini oşiradi. Biz, Surxon nuroniylari Prezidentimizning taşabbuslarini qöllab-quvvatlab, eng avval, boşlangan xayrli işda şaxsiy namuna körsatişga harakat qilamiz hamda keng jamoatçilikni bu borada faollik körsatişga çorlab qolamiz.
Sirdaryo viloyatida ham natijalar yomon emas. Joriy yilning birinçi çoragida hududda “Yaşil makon” loyihasi doirasida jami 3436700 ta (şundan 2588476 tasi manzarali, 1457804 tasi mevali daraxt köçatlari) köçat ötqaziş rejalangan bölsa, mart oyi holatiga köra 4046280 tup köçat yerga qadalgan.
Viloyatning Sayxunobod tumanida “Yaşil makon” loyihasi doirasida bahor mavsumida 658000 dona mevali va manzarali daraxt köçatlari ekiş rejaga kiritilgan bölib, bugungi kunga qadar 325 gektar yer maydonida jami 682 ming tup köçat ekilgan. Ularning 525 ming donasini manzarali (ihota va tutzorlar), 157 ming donasini mevali daraxt köçatlari taşkil etadi. Aslini olganda, ijobiy natijaga raqamlar körsatkiçi orqali erişilmaydi, albatta. Eng asosiysi, qadalgan daraxt köçatlarining uzluksiz parvariş qilinişi, doimiy nazoratning samarali yölga qöyilişi, şuningdek, viloyatning ekologik holatida ijobiy özgarişlarga erişiş ortidan mamlakatning ekologik salohiyati yuksalişini qöllab-quvvatlaşga erişişdir.
Suğdiyona SOBIROVA.