Buyuk davlat arbobi va sarkarda, milliy davlatçiligimiz va jahon tarixida beqiyos öringa ega bölgan Amir Temur haqida köplab badiiy asarlar, romanlar yaratilgan. Ular orasida Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi Husan Ibrohimovning “Sohibqironni anglaş” kitobi ham öziga xos ifoda uslubi bilan ajralib turadi.

Mazkur kitob Özbekiston fanlar akademiyasining akademiklari —  Ahmadali Asqarov, Baxtiyor Nazarov, Özbekiston Respublikasi  fan arboblari — Aşraf Ahmedov, Halimboy Boboyev va boşqa olimlar, Muhammad Ali, Abduqahhor Ibrohimov, Abdusaid Köçimov, Farmon Toşev kabi taniqli  yozuvçilar  tomonidan yuqori baholangan. Kitobda, birinçidan,  Amir Temur şaxsini anglaş va tuşuniş, idrok etişda uning öz tilidan aytilgan sözlariga asoslanib çizilgan portreti boşqa tarixiy manbalar bilan qiyoslangan holda  tarixiy haqiqat butun böy-basti bilan gavdalantirilgan bölsa, ikkinçidan, Amir Temurning nomi bilan boğliq bölgan Uluğ saltanatning özbek davlatçiligi va jahon tarixida tutgan örni va roli yangiça talqinda bayon etilgan. Buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temurning 690 yilligi munosabati bilan mazkur kitobdan bir parçani eʼtiboringizga havola qilyapmiz.

Ğoyibdan kelgan madad

…Natanziyning yozişiça, “Sultoni Ğoziy (yaʼni Temurbek) döstlaridan ajralganidan söng Garmsirdagi bir qişloqda majruh va maʼyus holda qolgan edi. Bir kuni u bir devorning soyasida suyanib turarkan, çuqur öyga toldi: “Talab yölining ibtidosidayoq qöl va oyoğimdan judo böldim, ammo közlangan murodlarimning birortasi ham hosil bölmadi. Minbaʼd qanoat va faqirlik göşasiga çekinib, özimni qirğin  va olişuvlardan xalos etganim yaxşidir”. Şu asnoda bir zaif çumoli devor tepasiga tirmaşib çiqa boşladi. U bir neça bor urinsa-da, yölning örtasida yiqilib tuşar va yana  qayta tirmaşa boşlardi. Nihoyat, u tepaga çiqdi. Hazrat sultoni Ğoziy bu zaif çumolining ahvoli öz holatiga juda öxşaşligini muşohada qildi va dilida ulkan saodatga umid uyğondi. Bu hol uning muborak badani sihat topişiga sabab böldi”. Temurbekning jiddiy şikast topganligi tufayli hayotga bölgan işonçi susayib turgan bir pallada bir oyoği  jarohatlangan çumolining maqsad sari intilişi unda umid va işonç tuyğusini qaytargandek böladi.

Temurbek Seyistonda öng oyoği va öng qölidan jarohatlanganidan söng Garmsirda qolib davolanadi. Bu orada uşbu noxuş xabarni eşitgan maʼnaviy piri Zayniddin Tayobodiy uning yoniga kelib, holidan xabar oladi. Örtangan könglini donişmandlikka yöğrilgan sözlari bilan mavjlantirib yuboradi. Temurbekning Seyistonda olgan jarohati tufayli orttirgan nuqsoni keyinçalik fazilatga aylanadi. Uning öziga bölgan işonçi, talabçanligi, ehtiyotkorligi, huşyorligi yana oşadi. Temurbek pirining taşrifini ğoyibdan kelgan madad tarzida qabul qiladi.

“Bu Tangrining sönggi sinovlaridan biridir,  —  deydi piri Zayniddin Tayobodiy. —   Garçi, bundan buyon  öng qölingiz va öng oyoğingizning tabiiy imkoniyatlari biroz çeklanadi. Lekin bundan aziyat çekmang, boy berilgan imkoniyat evaziga sizga yangi bir fazilat ato etilur. Boşqaça aytganda, ayni şu nuqsoningiz fazilatga aylanur. Şu kundan eʼtiboran, taqdiringizga jahongirlik qismati bitilmiş. Sizga olamni bilak kuçi bilan ermas, balki aql kuçi bilan oliş muyassar bölğusi.  Bu şundan dalolat. Buyuk Tangrimizni  yuragingizga jo qilgan holda, uning ilohiy qöllab-quvvatlovi va kömagidan bahramand bölib, şon-şaraf tojini boşingizga kiymişsiz. Bugundan eʼtiboran, Siz nainki Turon, balki Eron xalqlarining ham  nazarida bölmişsiz. Şunday ekan, Allohning inoyatlariga şukronalar aytib, zimmangizga yuklangan şarafli vazifani islomning quyidagi qoidalariga qatʼiy rioya etgan holda bajarişga kirişmişsiz. Yaʼni “Qurʼoni karim” taʼlimotiga töla böysuniş;  Muhammad payğambar (s.a.v.)ning sunnat va hadislariga amal qiliş;  heç qaçon nohaqlik qilmaslik; yomonlarga tegişli jazo beriş; yomon qilmişlar uçun tavba-tazarru qiliş; diniy va dunyoviy bilimlarni doimo oşirib, çuqurlaştirib boriş; faqat yaxşilik qiliş, hayotda kamtar böliş; Allohning xizmatida bölgan kişilarga doimo yordam beriş; baxtsizlikda, mardlik va sinovlarda matonat körsatiş; qudratli va hokim bölganingizda rahmdil va keçirimli böliş; falokatlarda sabrli böliş; har xil moyilliklar va nafs hissidan özni tiyiş; butun imon-işonç va töla itoat bilan Allohga xizmat qiliş… Şu tariqa şariat rukniga rioya qilsangiz, qudratingiz kundan-kun ortib boradur. Yuragingizni toza aylab, ilmu hikmatga tayanib, Allohni dilingizga jo qilib şariat ilmi va dini islomga rivoj bermişsiz. Zero, Alloh suygan bandasiga xastalik bermiş. Tört muçali soğlom odam hayotning qadriga çuqur yetmas.  Inşolloh, jahongirlik darvozalari Sizga lang oçilur.  Zuhal, Muştariy, Mirrix,  Utorud va Zuhra  şon-şaraf qönimgohiga kötarilgan, Quyoş Hamal burjining yigirma birinçi darajasiga kirgan pallada Siz saltanat taxtiga öltirursiz.

Alloh jismoniy kuç-quvvatingizni biroz çeklamoq evaziga maʼnaviy qudratingizni ön çandon oşirmiş. Sizga ğayb  ilmidan istifoda etiş inoyati berilur. Boşingizga  aql-zakovatning oltin toji qönur, Iskandari Soniy bölursiz.  Şu lahzadan eʼtiboran, mayda insoniy iztiroblarni bir çetga surib, özingizni uluğ işlarga çoğlang, belni mahkamroq boğlang. Şoyad Sizning zimmangizga jabru zulm, kin-adovat, fisqu fujur, hiyla- nayranglar, jaholat botqoğiga botib ketgan bu dunyoni ilmu maʼrifat nuri bilan yoritib, taraqqiyotning keng va tekis yöllariga olib çiqişdek bağoyat uluğ va şarafli vazifalar yuklanmiş. Zotan, siz barpo etajak uluğ saltanat timsolida başariyat özining nurli manzillariga qadam qöymiş.  Başariyat tamadduni keng va ravon taraqqiyot yöliga tuşib olmiş. Toleingiz şundan başorat berurki, siz barpo etajak Uluğ saltanat butun taraqqiyparvar  bani-başar orzu-umidlarini özida mujassam etişi bilan yetti iqlimni hayrat va hayajonga solur. Sizning dono siyosatingiz ila Kurrai zamin jaholat botqoğidan çiqib, başariyat tamadduni maʼrifat dunyosiga bir neça qadam ilgari bosmiş. Illo, Siz bunyod qilajak qudratli saltanat  başariyat uçun ibrat, andoza, namuna tarzida eʼtirof etilib, boqiy umr körgusidir.

Tangri taolo nazari tuşgan bandasiga davlat va saodat berişdan avval, uni balo va maşaqqatlar girdobida saqlab, ranj va taşviş ila parvariş qilmiş. Yusuf alayhissalom quduq içra tuşurilib, ranj va maşaqqat çekmagunlariça davlat va şahriyorlikka yetişmadi. Muhammad alayhissalom ğurbat maşaqqati va hijrat zahmatlarini çekmagunlariça fathga muşarraf bölmadi. Zero, oyning ön beşi qoronğu bölsa, ön beşi yoruğ bölur. Tun ortidan tong, keça ketidan kunduz keladur. Ranj, alam, maşaqqat tortmasdan rohat, faroğatga yetişib bölmas. Uluğ tangrimiz sizga inoyat nazari bilan boqib, taqdirning aççiq va maşaqqatli sinovlari qozonida toblamiş. Qöl va oyoqlaringiz  şikast topgunga qadar vujudingizda kuç-ğayrat va şijoat öti bağoyat bisyor bölib, voqelikni aql-idrok közi bilan çuqur idroq etmoğingizga maʼlum darajada xalal berur erdi…  Uluğ Tangrimiz  jismoniy kuç-qudratingizni biroz çeklaş asnosinda maʼnaviy qudratingiz, idrokingizni ziyoda etmiş. Bu şundan nişonadirki, siz endi olamni bevosita qiliç tiği bilan ermas, balki aql-idrok, ilmu hikmat “tiği” bilan tasxir etmişsiz. Siz uluğ Tangrimizning inoyati va beşak qöllovi ila asrimizning çinakam  möʼjizasini yaratiş baxtiga muşarraf bölursiz…

…Söngra  nortuyaning junidan töqilgan  çakmon, nimça, tuyaning terisidan qilingan maxsi va belboğni tufha etadi. “Nortuyaning junidan töqilgan şu çakmonni qişda  kiyib yursangiz, zinhor sovuq ötmagay, jangda kiysangiz paykondan  tanangizga şikast yetmagay.  Nimçani kiyib, belboğni  belingizga mahkam boğlab yursangiz, u harakatlanğon çoğingizda özidan beadad tabiiy quvvat taratib, şikast topgan tomirlaringiz, tanangizga  kuç-quvvat bağişlamiş. Mana bu nodir kitobdagi qoidalarni özlaştirib olsangiz, jahongirlik faoliyatingizda sizga dasturilamal bölur”, — deya çarm muqovali bir kitobni unga tutqazgan edi.

Maʼnaviy pirining donişmandlikka yöğrilgan bu gaplari  xastalik iztiroblaridan tamomila foriğ bölmagan Temurbekning vujudida şijoat ötini yoqib, quvvatlantirib, ijtimoiy tuyğusini alanga oldirib yuborgandek böldi. Şu  tobda Temurbek vujudida söz bilan taʼriflab bölmaydigan farahbaxş surur hissini tuyardi. Ayni şu lahzada Temurbekning vujudida Jayhundek azim bir daryoning qudrati namoyon bölgandek tuyuldi. Jismiga azob, alam va ökinç berayotgan hislari  vujudini  tark etib, botiniy bir kuç-qudrat yoğilib turgandek böldi. Piri  Temurbekning yelkasiga qöllarini qöyarkan, uning  vujudiga ilohiy bir kuç-quvvat yoğilib, özini avvalgidan  şijoatliroq, qudratliroq his qilardi. Tafakkuri  tiniqlaşib, uluğ maqsadlari juda yaqinlaşgandek bölardi.

Allohga beadad  şukronalar aytib, piri bilan xayrlaşadi. Şu kezlari  yana yoşlik ğayrat-şijoati qayta tiklangandek, qaddini egilib tutib turgan prujina yana taranglaşib, ilohiy bir qudrat ato etgandek  tuyulardi. Ayni kuç-quvvatga tölgan kezlarida öng oyoği va öng qöli jiddiy şikast topganidan çekkan xijolat hissi şu tobda vujudini tark etib, nuqsoni fazilatga aylangandek bölardi. Köngli surur hissidan mavjlangan Temurbek beixtiyor oğriq va xijolat hissini unutib, oldida köndalang turgan uluğvor işlarga butun vujudi bilan kirişib ketadi…

…Seyiston qalʼalarida jang qilib, qölga kiritilgan boyliklar amir Husaynning laşkarlariga tarqatib berilgaç, özining qöl ostidagi askarlarida norozilik tuğilgandi. Temurbek yarador bölib, yotib qolgaç, laşkarlari undan umidini uzib, tark etişgandi. Piri Zayniddin Tayobodiyning taşrifi tarqalib ketgan askarlarning quloğiga yetib bordi. Ular yana Temurbekka umid boğlab, uning yoniga birin-ketin qaytib kela boşlaşdi. Endi u yanada tejamkor, askarlariga bağrikeng, marhamatli, keçirimli, huşyor va sergak bölib qolgandi. Qoşiga kelgan odamlarning fikrini uqib, könglida keçayotgan keçinmalarini seza olardi. Unda odamlarni öz yoniga ohanrabodek tortiş, işontiriş, ruhlantiriş, quvvatlantiriş va öz atrofiga mustahkamroq jipslaştiriş fazilati namoyon böla boşlagandi. Bir söz bilan aytganda, sözning qudrati, jozibasi va taʼsirçanligidan foydalaniş iqtidori behad ziyoda bölgandek edi. Voqelikning rivojini oldindan seziş iqtidori kuçliroq namoyon böla boşlagandi.

Ayni şu kezlardan boşlab, uning hayotida yangi bir davr boşlanadi. Yaʼni Temurbek duşmanni yurtdan batamom quvib çiqarib, qudratli davlatning mustahkam poydevorini qöyiş onlari pişib yetilganligini butun vujudi bilan his etdi va angladi. Vujudida qayta mavjlangan nurli tuyğulardan quvvatlanib, ğayrat-şijoat bilan işga kirişib ketdi.

Piri ketganidan söng u taqdim etgan kitobni varaqlar edi. Unda quyidagi sözlar bitilgan edi: “Agar sipahsolar bölsang, laşkaringga ehson körguzğil, ham öz tarafingdin, ham podşoh tomonidan ularga yaxşilik rasmini tuzğil. Hamişa  haybatlik bölğil, laşkar çekmak va uruş qilmoq tariqin bilğil. Uruş kuni öng tarafga va söl tarafga köp uruş körğon sarkardalarni yuborğil. Şijoatliroq sarkardani yoki bahodirroq qavmni laşkarning orqa jangohiga (qanotiga) qöyğil, toki laşkarning orqasi quvvatlik bölsin. Agar duşman qançaki ojiz bölsa ham uni ojiz körmağil va uning haqida ham quvvatlik duşman haqida qilğon  ehtiyotingni qilğil.

Uruşda dalirlik qilmağilkim, dalirlik sababidin laşkarni barbod qilursan va baddil bölmağilkim, baddillik jihatidin öz laşkaringga  hazimat (çekiniş) yetkarursan…

…Har odamki aʼlo murod maslahatçilar jumlasidan bölsa, öz qoşingda saqlağil.

…Agar uruşga kirsang mardona harakat qilğil va könglungga qoçmoq fikrini kelturmağil. Ölimga köngil qöyğil, nedinkim har odamning murodi ölim bölsa, uni heç laşkar joyidan kötara olmas.

Zafar topsang qoçğonning izidan  quvmağilki, bu işda xatar köp böladi. Mening  otamning xulq-atvori şundoq erdi, sulton Mahmud ham şu  xildagi odatni közda tutib, qoçğon odamning  izidan quvmasdi va der ediki: “Qoçğon kişi jonini ayamay harakat qilur va har kişi jon bila saʼy  körguzsa, albatta, zafar topar.

Uruşda zinhor bir qadamni keyin qöymağil va  bir luqma non, bir kosa suv topsang, ular bila baham körğilki, bir parça nonning qilğon işini köp zar va sarupolar qila olmağusidir. Laşkarning könglini hamişa xuşhol tutğil. Agar ular sendin jonini dariğ tutmasing desang, ulardin  noningni dariğ tutmağil… Agar seni podşohlik  şarafiga yetkursa, podşohlik tariqini yaxşi tutğil”.

Donişmand allomaning uşbu purhikmat sözlarini öqir ekan, vujudida kuç-qudrat mavjlangandek bölib, ezgu maqsadlari juda yaqin kelib qolgandek tuyuldi…

…Uşbu voqealardan söng Temurbekning hayotida tub özgariş röy bergandek edi. Piri ketganidan söng u yana ruhlanib, har bir yangi rejani butun ikir-çikirigaça puxta öylab tuzadigan böldi. Heç bir narsani nazaridan qoldirmaydigan, har tomonlama öylangan, aniq hisob-kitob asosida puxta reja tuzib iş köradigan, ehtiroslarini jilovlaydigan, diqqatini masalaning eng muhim tomoniga qaratadigan böldi. Keç yotib, erta turadigan, uzoq öylab, keyin oz sözlaydigan böldi. Oldingiga nisbatan huşyorroq, sezgirroq, tejamkorroq, mulohazaliroq, vazminroq, yetti ölçab bir kesadigan bölib qoldi. Işonmagan, sinovdan ötmagan sardorlar, askarlarga muhim jangovar topşiriqlar bermaydigan, bu toifa odamlarni zahirada (öyindan taşqari holatda) saqlaydigan böldi. Jumladan, hozirgi  vaziyatda tayaniş mumkin bölgan amir Husaynga nisbatan şunday yöl tutdi. Uni qöşini bilan jangovar harakatlanayotgan laşkarning orqa tomonida saqlab, özi oldingi safda jang qiladigan böldi. Unga va uning laşkariga işonib bölmasdi. Ayni paytda uning “ittifoqçiligi”dan voz keça olmasdi. Amir Husayn bilan ittifoqçilik Temurbek uçun zohiran kerak edi, şunday yöl tutmasa, qöl ostidagi askarlar tarqalib ketişi mumkin edi. Temurbek amir Husaynning ğayirligi va dilida  öziga nisbatan doimo tuğyon urayotgan  hasad va adovatini his etib, uni kerakli masofada saqlab turişga qaror qiladi. Şuningdek,  bölajak janglarga puxta tayyorgarlik körardi. Bir  odamni josuslikka yuborgudek bölsa, uning ortidan boşqa bir işonçli odamini yuborib, unga ham ayni şu topşiriqni berardi. Duşman joylaşgan manzilni, qalʼaning atrofini ipidan ignasigaça örganib çiqardi.

Öz laşkarlaridan huşyorlik, ehtiyotkorlik, topqirlik, ğayrat-şijoatni boşqarişni, ehtiroslarga berilmasdan aniq hisob-kitob asosida harakat qilişni talab qilardi. Ularni bölajak janglarga ruhiy, jangovar va jismoniy jihatdan puxta tayyorlardi. Laşkarni özi jangga boşlab kirardi. Janglarda özini matonatli, mohir sarkarda sifatidagina emas, balki ilmu amalga tayanib, iş tutadigan mohir qömondon tarzida ham namoyon  qilardi. Qöşini son va kuç jihatidan kamroq bölsa-da, harbiy taktika va hiyla işlatiş evaziga duşmanni çalğitib, mahv etiş siru asrorini örgatardi. Uning uzoqni közlab iş tutişiga qoyil qolgan odamlar tan berib, katta işonç va umid boğlab atrofiga jipslaşa boşlagan edilar…

1 Muʼiniddin Natanziy. “Muntaxab”,  221-bet.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan