Surxondaryo viloyatining Qumqörğon tumanidagi “Beş qahramon” mahallasida istiqomat qilayotgan, bugun tabarruk 80 yoşni qarşilagan, Yangi Özbekistonimizning ardoqli onaxonlaridan biri Obod aya Abdullayevaning xonadonidan mehmonlarning qadami uzilmaydi.

Obod aya bilan suhbatlaşsangiz, hayotning ne-ne maşaqqatlarini yengib, yurtimiz koriga yaraydigan farzandu nabiralarni tarbiyalab, ularni safga qöşgan, uzoq yillar el-yurtimiz ravnaqi yölida mehnat qilib, hurmat-ehtiromga erişgan qalbi ham, yuzi ham nurli onaxonning içki olamini kaşf etaverasiz…

Asli kasbi şifokor bölgan Obod aya öz umr daftarini zarhal bitiklar bilan bezab kelmoqda. U opalari Mahmuda va Maqsuda ayalar izidan borib, tibbiyot oliygohida tahsil oldi, tajribali şifokor bölib yetişdi. Fidoyi mehnati, qobiliyati va maqsad sari intilişdagi şijoati bilan  köplarga ibrat böldi. Qumqörğon tumani taşkil topgan davr — 1977 yilda uni partiya qömitasi kotibi lavozimiga tavsiya etişdi. Şifokor ayol bu işonçni uzoq yillar sidqidildan ado etib keldi. Sobiq ittifoq davrida yagona hisoblangan bu xöjalikdan 5 nafar hamyurtimiz 1 yilda bir farmon bilan Moskvadan “Mehnat Qahramoni” ynvoniga sazovor bölib, “Oltin yulduz” taqqan edi. Bunday dovruği ketgan xöjalikda masʼuliyatli vazifada işlaş oson keçmasdi, albatta.

Obod Abdullayeva hamişa sidqidildan mehnat qildi, oromidan keçdi va el-yurt hurmatiga erişdi. Keyinçalik faoliyatini öz mutaxassisligi böyiça davom ettirib, Qumqörğon tumani DSENM boş şifokori bölib işladi.

31 yoşida uning nomzodi tuman partiya qömitasiga mafkura işlari böyiça kotib vazifasiga munosib körildi. Nafaqaga çiqqunga qadar uzoq yillap davomida “Oqjar” qişloq fuqarolar yiğiniga raislik qildi. Qaysi coha, qaysi lavozimda işlamasin, hamişa el-yurt manfaatini öz manfaatidan ustun qöydi.

— Mamaşukur Çoriyev va Obod hoji opa Abdullayevalar tiklagan oila tumandagi ibratli xonadonlardan hisoblanadi, — deydi Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumani hokimining keksalar böyiça maslahatçisi, “Nuroniy”  jamğarmasi tuman bölimi raisi Boymurod Abdimöminov. — Farzandlarining hammasi oliy maʼlumotli, el-yurt xizmatida. Qizlar Nasiba va Saodat — muallima, öğli Abdulhafiz şifokor, kenjalari Gulşoda esa hisobçi-tadbirkor… Obod opa otasi Mamajon Abdullayevdan çinakamiga duo olgan bölsa, öğli Abdulhafiz otasi Mamaşukur Çoriyevning duosiga muşarraf bölgan. Otasi tösatdan yurak xurujiga uçrab, töşakka mixlanganda öğli Abdulhafiz Toşkentdagi neyroxirurgiya markazidagi faoliyatini töxtatib, hattoki, akademik Marat Qoriyev rahbarligidagi ilmiy-tadqiqot işlarini ham çetga surib, öz vaqtini otasini parvarişlaşga bağişladi. Bu haqda uning özidan sörasangiz, “Eng muhimi,  otam  umrining  bir  neça  yilga  uzaytirişga erişganimizdan, ota-onamga foydam tegayotganligidan baxtliman”, — deydi u.

Obod ayaning tabarruk yoşga tölişi munosabati bilan mutasaddilar onaxonning xonadoniga borib, “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisi, Özbekiston Qahramoni, senator Sodiqjon Turdiyevning tabrigini yetkazdilar.

Darhaqiqat, ezgulikning mukofoti faqat ezgulikdir. Umrini el-yurtga xizmat qiliş, Vatan uçun komil farzandlarni tarbiyalab, ularni uluğ işga safarbar etişga bağişlagan insonlar hayotining gözal, farovon va ibratli bölişiga aslo şubha yöqdir. Yurtimizda Obod aya Abdullayeva kabi tabarruk onaxonlarimiz bor ekanlar, elimizning ertasi yoruğ, kelajagi işonçli qöllarda, albatta.

Akbar Safarov,

“Nuroniy” jamğarmasi Surxondaryo viloyati

 Qumqörğon tumani bölimi mutaxassisi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan