Dehqonobodliklar azal-azaldan “osmonga qaragan” el. Yoğingarçilik möl bölsa, ekin-tikinlar salmoqli, ğalla, meva-çeva serob, bozorlar obod böladi, çorvaga qut-baraka kiradi. Allohga şukrki, bu yil qişda yoqqan qoru yomğirlar “joyi”ga tuşdi. Bahor ham ertaroq keldi. Bu yilgi köklamni rözai ramazon oylari bilan qarşiladik. Kumuş qiş adoqlamay turib, dov-daraxtlar “uyqu”dan uyğonib, kurtak yozdi.
Köklam elçisi — boyçeçaklar ona zamin bağridan dadil boş kötardi. Har tong tegramizdan tanga xuş yoquvçi yengil sabo esayotir. Qişning sovuğidan bezor bölgan quşlar esa bölakça içikiş bilan çuğurlaşganlariça daraxtlarning u şoxidan bu şoxiga qönib, bahorni olqişlamoqda. Jamiki mavjudotlar jonlanib, ölkamizda bahorgi köçat ekiş mavsumi boşlandi.
Joriy yilning 1 aprelida Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida köçat ekiş tadbirida iştirok etib, Milliy dendrologiya boğini barpo etişga start bergani barçamizni ruhlantirib yubordi. Uşbu tadbirda sözlagan nutqida Davlatimiz rahbari xalqimiz azal-azaldan Navröz kunlarida, oilasida farzand tuğilganda tomorqasiga, maydon va xiyobonlarga, yöl çetlariga yaxşi niyat bilan köçat qadab, gulu rayhonlar ekkanini taʼkidlab ötdilar.
Prezidentimiz taşabbusi bilan mamlakatimizda bir neça yillardan beri olib borilayotgan “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida köplab boğu roğlar yaratildi. Yurtimizning barça huddulari, xususan, toğli Dehqonobod tumani ham kundan-kunga yaşillikka burkanib bormoqda. Bugungi kunda erta bahordanoq qişloq va mahallalarda keng kölamli ekin-tikin, obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlarini amalga oşirişga kirişildi. Nuroniylar, hokimiyat vakillari va keng jamoatçilik iştirokida kuzgi va bahorgi köçat ekiş mavsumlari uyuşqoqlik bilan taşkil etilmoqda.
Tuman hokimi Şerzod Şokirov “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi raisi Xolmurod Kenjayev, faxriylar, nuroniylar va keng jamoatçilik vakillari bilan birga aholi bilan köklamgi işlar, mamlakatimizda va tumanda amalga oşirilayotgan islohotlar haqida qizğin suhbatlar ötkazadi. Mahallalarni aylanib, obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlarini taşkil etadi.
— Avvalo, obodlik har bir kişining könglidan boşlanadi, — deydi Şerzod Şokirov. — Xalqimiz dilida ona Vatanga bölgan mehr-muhabbat va sadoqat doimo jöş urib tursa, yurt — obod, elimiz turmuşi farovonlaşadi. Yurtboşimiz tomonidan 2026 yilning “Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş yili” deb nomlangani barçamizga huzur baxş etdi. Şu bilan birga, zimmamizga juda katta masʼuliyat ham yukladi. Demak, mahalla rivojlansa, jamiyatimiz yuksaladi. Jamiyat yuksalsa, yurtimizning tinçligi taʼminlanadi, odamlarimiz qalbida Vatanga bölgan mehr tuyğulari yanada kuçayadi. Bu yölda biz hamişa keksalarimizga suyanamiz, ularning qimmatli maslahatlariga tayanamiz.
Tuman rahbarining gaplari rost. Bugungi kunda tumanda salkam 11 ming nafar pensioner istiqomat qiladi. Yuz va yuz yoşdan oşgan piru badavlat keksalar 7 nafarni taşkil etadi. Ular öz davrida el-yurtimiz tinçligi va osoyiştaligi, xalqimiz farovonligi yölida fidoyilik bilan mehnat qilganlar. Ayni damlarda esa dorilomon kunlarga yetkazgani uçun Yaratganga hamdu sanolar aylab, mazmunli hayot keçirişmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambağallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oşirişga faol nuroniylarni jalb etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi 2024 yil 25 noyabrdagi 405-sonli Qaroriga asosan, tumanda faoliyat körsatayotgan 51 ta mahalla fuqarolar yiğinida yaşovçi aholi orasida hurmat va eʼtiborga sazovor bölgan 153 nafar faol nuroniy tanlab olingan. Faol keksalar hukumatimiz tomonidan tasdiqlangan nizom talablari asosida kambağal oilalarning iqtisodiy faolligini qöllab-quvvatlaş va ularni rağbatlantiriş borasida tizimli iş olib borişayotir. Ular nafaqat belgilangan işlar bilan şuğullanmoqdalar, balki bemor qariyalar va muhtoj kişilarning ham holidan xabar olmoqdalar, yoşlarga ibratga molik ögitlarni bermoqdalar, ularni vatanparvar va xalqparvar bölişga undayotirlar.
Sönggi ikki yil mobaynida “Yaşil makon”, umummilliy dasturi doirasida tuman hududidagi 8 ta mahallada yaşil boğlar barpo qilindi. Yangidan yaratilgan bu boğlarning har biriga 100 donadan ziyod turli daraxt nihollari qadaldi va ular astoydil parvarişlanayotir. Bultur tumandagi qişloq va mahallalarda 700 mingdan ortiq mevali va manzarali daraxt nihollari ötqazildi.
Tuman hududida bahoriy işlar qizğin tus olmoqda. Köçalar va hovlilarga mevali va manzarali daraxt hamda anvoyi gul köçatlari ötqazilmoqda. Bunyodkorlik işlari şaharsozlik qoidalariga mos tarzda olib borilayapti. Qoraşina va Dehqonobod şaharçalarida piyodalar uçun körkam yölakçalar barpo etilmoqda. Bularning barçasi aholiga çeksiz quvonç ulaşmoqda.
Bahor keksalarimizning, yoşlarimizning diliga ajib iliqliklar baxş etdi. Ha, bugun hamma joyda bölgani singari Dehqonobodga ham sizu biz soğingan bahor kirib keldi. Butun borliq yam-yaşil libosga burkandi. Köngillar yayrab-yaşnamoqda.
Özbekning buyuk şoiri Erkin Vohidov aytganidek:
Barqut kiyib bezandi boğlar,
Sahrolar köksiga taqdi qizğaldoq.
Quyoş etagiga oq bulut boğlab,
Örik şoxlarida qovurdi bodroq.
Abduqayum BEKKAMOV,
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.
Qaşqadaryo viloyati “Dehqonobod tumani” “Nuroniylar” jamoatçilik kengaşi aʼzosi.