Maqom sanʼati inson qalbiga taʼsir qiluvçi,  ruhiy poklik va maʼnaviy kamolotga çorlovçi sanʼat turidir. Keksa va örta avlod vakillarining yoşlik damlaridan boşlab, maqom yönalişidagi kuy va qöşiqlarni sevib tinglaganlari rost. “Buzruk”, “Dugoh”,  “Segoh”,  “Iroq”, “Guluzorim”, “Qaro közim” kabi aşulalar, “Şaşmaqom”ning barça qöşiqlarini, çinakam maʼnoda,   xalqimizning maʼnaviy javohirlari desak, xato qilmagan bölamiz.

Alişer Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Boborahim Maşrab, Zebuniso, Miskin va boşqa mumtoz şoirlar ğazallariga bastalangan maqom qöşiqlari tinglovçiga özgaça şukuh, maʼnaviy huzur baxş etişi bilan ulkan qimmat kasb etadi.

Toşkent viloyati hokimligi, “Nuroniy” jamğarmasi Toşkent viloyati bölimi hamda viloyat madaniyat boşqarmasi taşabbusi bilan Olmaliq şahrining “Metallurg” madaniyat saroyida buyuk sarkarda, sohibqiron Amur Temur tavalludining 690 yilligiga bağişlab ötkazilgan  maqom körik-tanlovi nuroniylar orasida yuksak isteʼdod sohiblari borligini amalda yaqqol namoyon etdi.

Tadbir davomida sahnada nuroniylar ijrosida yangragan maqom va milliy qöşiqlar iştirokçilarga xuş kayfiyat ulaşdi. Keksa avlod vakillarining sanʼatga bölgan mehri, milliy qadriyatlarga sadoqati va ijodiy faolligi tomoşabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Tanlov natijalariga köra, yangiyöllik 77 yoşli  Muxtorjon ota Pölatov birinçi örin sohibi böldi. Ikkinçi örin bökalik Şuhrat Asraqulovga,  uçinçi örin esa parkentlik Şahlo Röziyevaga nasib etdi.

Bekobodlik Raʼno Hamidova aktyorlik, Toşkent tumani vakili Töraboy Nosirov “Musiqa asbobining mahoratli ijroçisi”, Angren şahridan taşrif buyurgan Raʼno Örozboyeva “Tomoşabinlar olqişiga eng köp sazovor bölgan iştirokçi” nominatsiyalari böyiça taqdirlandilar.

Tadbir yakunida ğolib va sovrindorlarga mutasaddilar tomonidan diplom hamda esdalik sovğalari topşirildi.

Bahriniso Sultonali qizi,

Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi, 

Toşkent viloyati “Buvijonlar maktabi” guruhi rahbari.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan