Yurtimizda keksa nuroniy bölişiga qaramay, şijoati va fidoyiligi bilan bugungi kun xotin-qizlariga har jihatdan örnak böla oladigan onaxonlarimiz juda köp. Ular nafaqat xonadonlari, mahallalari, balki butun bir jamiyatda faol bölib, har bir işda yeng şimarib maydonga çiqmoqdalar, taşabbus körsatmoqdalar.

Sirdaryo viloyati Şirin şahar “Farhod” mahallasida istiqomat qiluvçi faol nuroniy, “Buvijonlar maktabi” kengaşi raisi Djangliş Töraxanovani  ana şunday onaxonlarimizdan biri deyiş mumkin.

Buvijonimizning ibratli taşabbusi mahalla ahli örtasida katta qiziqiş va ilhom uyğotmoqda. Aya öz xonadonida limon köçatlarini tuvaklarda parvarişlab, ulardan möl hosil olişga erişdi. Bir qaraşda oddiygina boğdorlik işi bölib tuyulgan bu mehnat ortida katta mehnat, sabr-toqat va tabiatga bölgan mehr mujassamdir.

Axir, inson tabiatga mehr va eʼtibor bilan munosabatda bölar ekan, öz navbatida, tabiat ham insondan öz neʼmatlarini dariğ tutmaydi.  Djangliş Töraxanovaning öz xonadonida limon köçatlarini yetiştirişga qaratilgan saʼy-harakatlari ham ayni haqiqatning yorqin isbotidir.

Onaxon köçatlarni ekarkan, öz eʼtiborini ularni doimiy parvarişlaşga qaratdi. Atrofida girgitton böldi, mehr berdi. Natijada kiçik tuvaklarda ösgan limon daraxtlari gullab, mevalar bera boşladi.

Djangliş Töraxanova nafaqat boğdorlikda, balki jamoat işlarida ham faol iştirok etib kelmoqda. Jumladan, ayaning “Buvijonlar maktabi” kengaşi raisi sifatida mahallalarda yoş avlod tarbiyasi, milliy qadriyatlar, oila muqaddasligi va mehnatsevarlik ğoyalarini tarğib etişdagi faolligi tahsinga sazovordir.

Ha, mahallalarimizda şunday taşabbuskor insonlar bor ekan, yurtdoşlarimiz qalbida mehnatsevarlik, tabiatga ehtirom va obodlikka intiliş kabi ezgu fazilatlar yanada mustahkam ildiz otaveradi. Zero, mehnat bor joyda baraka bor. Mehr bor joyda esa tabiat ham öz neʼmatlarini olamga tuhfa etaveradi.

Jöraxon Karimova,

“Nuroniy” jamğarmasi Sirdaryo viloyati bölimi

“Buvijonlar maktabi” rahbari.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan