… Saidaxonni eslab ketaman. Yigirma yetti yil tiriklikning goh nurli, goh nursiz yöllarida birga hamroh bölgan, birgina qizini kelinlik libosida körolmay, yor-yorini eşitmay, yetdim deganda yiqilgan qadrdon kimsa tuşlarimga kiradi. Javonlarni töldirgan kitoblari qatidan çiqib, özi körmagan nevaralari boşida ötirib tong ottiradi.
… Saidaxon uyim-joyim degan ayollardan edi. Qay yurtga bormasin, bir kundayoq uyini soğinib qolardi.
1963 yili bir muddat xastalanib qoldi. Vraçlarning maslahati bilan Truskavets degan kurortda davolanişi kerak edi. Bu kurortga yöllanma topiş juda muşkul ekan. U yoqqa yugurib, bu yoqqa yugurib, ilojini qilolmadik. Oxiri sobiq Özbekiston hukumati rahbarlari aralaşib, Ukraina Kompartiyasi Markaziy Komiteti orqali putyovka olib berdi. Xullas, köpçilik bölib Saidaxonni poyezdga çiqarib qöydik. (Samolyotda uçişga unamadi.) Ketar oldidan endigina uç yoşga tölgan Nodirani bağriga bosib yiğlab yubordi.
“Bolamga yaxşi qaranglar. Isssiq-sovuğiga huşyor bölinglar, — deb qayta-qayta tayinladi. — Hidi kelib tursin deb bitta yuvilmagan köylagini olib ketyapman, qidirib yurmanglar”.
Ertasiga işdan kelib darvoza yonboşidagi qönğiroq tugmasini bosdim. Eşikni Saidaxon oçdi… Muni qarangki, poyezd Saksovul degan stansiyaga yetganda Saidaxon vagondan tuşib qopti. Bolasini soğinib, keçasi bilan mijja qoqmapti. Qizining köylagini hidlagan sari battar soğinib ketaveripti. Oxiri Lvovgaça olingan biletini provodnikka berib orqaga qaytipti. Şunça pullik putyovka ham, Toşkent — Moskva, Moskva — Kiyev, Kiyev — Lvov poyezdining biletlari ham kuyib qolaverdi.
— Nega bunday qildingiz, davolanib kelsangiz qandoq yaxşi bölardi, — dedim.
— Qöying. Men kurortlarda dam olişga, dengiz böylarida sayru sayohat qilişga örganmaganman. Har qança dardim bölsa, şu qizimni bir marta bağrimga bossam, soğayib ketaman.
Ona-bola keçasi bilan nimalarnidir çuğurlaşib, gaplaşib yotişdi. Tong mahal uyğonib ketdim. Qarasam, Saidaxon tizzasiga bloknot qöyib, nimalarnidir yozyapti. Bloknotga qaradim. Şeʼr yozayotgan ekan. Şeʼr şunday boşlanar edi:
Qizginam, işlaring, taşvişlaring köp,
Mening baxtim bölgan janjal, söroqlar.
Mening baxtim bölgan erkaliklaring,
Mening baxtim bölgan xuşböy dudoqlar.
Biron mehmongami, töygami borgudek bölsak, Saidaxonning tomoğidan ovqat ötmasdi. Biron şirinlikmi, tansiqroq biron narsanimi dasturxondan olib, salfetka qoğozga örab, sumkasiga solib qöygandan keyin dasturxonga qöl uzatardi. Baʼzan uning bu işidan xijolat çekardim. “Bitta-yarimta körsa, uyat qiladi-ya”, — derdim quloğiga şivirlab.
— Qizimga ilindim. Bölmasam tomoğimdan ovqat ötmaydi, — deb kulib qöyardi.
… Oltmişinçi yillarda “Moskviç” maşinamiz bölardi. Nima böldiyu, şu maşinada uzoqroq yurtlarga sayohat qilgimiz kelib qoladi. Iyun oxirlarida şu maşinada Issiqköl tomonga yöl oldik. Issiqköl Toşkentdan töqqiz yuz kilometr narida. Tong saharda yölga çiqib, kunbotar mahali Frunzega yetib keldik. Qirğiz yozuvçilari kelişimizdan xabar topib, mehmonxonadan joy olib qöyişgan ekan. Bir keça dam olib, yana yölga tuşdik.
Issiqkölning Ribaçiy sohilidan bir uyni ijaraga oldik. Yöl yurib çarçaganimizga qaramay, Issiqkölning oydinda kumuşdek tovlanişini tomoşa qildik. Ertalab sayyohlarga qöşilib çömildik. Tuş mahali Saidaxon Nodiraxonning köylaklarini yuviş uçun hovliga çiqdi. Uy egasi ğoz boqar ekan, elliktaça ğoz hovlini töldirib ğağalaydi. Ularning şovqinidan boşlaringiz aylanib ketadi. Saidaxon kir yuvaturib uzugim barmoğimdan çiqib ketsa, mağzavaga qöşib tökvormay deb çiqazib, taburetka ustiga olib qöydi. U yuvilgan kirni siqayotgan edi, bir ğoz kelib, uzukni liq etib yutib yuboraqoldi. Men uzukni yutgan ğozni quvlab ketdim. U ölgur ham özini ğozlar örtasiga urdi. Hammasi oppoq. Qaysi biri uzukni yutganini bilib bölmaydi. Uy egasiga, ğozingiz uzukni yutib yubordi, endi nima qilamiz, desak, u ham qörsgina ekan, men nima qilay, ellikta ğozning hammasini söyib, jiğildonini titkilaymi, yo hammasini bir-bir rentgenga solaymi, dedi.
Bu uzukni men Saidaxon tuğilgan kuni sovğa qilgan edim. Juda qimmat uzuk edi. Fransuz zargari bargnusxa qilib işlagan, barg orasiga uçta brilliant örnatilgan edi. Saidaxon juda xafa bölib qoldi. Issiqköl manzarasi ham, havosi ham tatimay ketdi. Ketgisi kelib qovoğini uyib oldi.
— Nima qilaylik, ketaqolaylikmi, — dedim.
U şu gapni kutib turgan ekan, darrov rozi bölaqoldi.
… Negadir men tanqidni unçalik xuş körmayman. Tanqid eşitgan kunim qölim işga bormaydi. Biron hikoyammi, kitobimmi tanqidga uçrasa, oylab yozmay qöyaman. Maqtov eşitsam, yozgim kelaveradi. Şu feʼlimni bilgan Saidaxon köçadan gap topib keladi. Rostmi, yolğonmi, menga yoqadigan gap böladi.
Töqqiz yuz kilometr yöl bosib borgan yölimizdan yana şunça yöl bosib Oloy tizma toğlari oraliğidagi Tuyaoşuv dovoni orqali Andijonga qaytib keldik.
… Bu orada qança voqealar bölib ötdi. Qança kitoblar yozdik. Nodirani birinçi marta maktabga kuzatib bordik. Saidaxon adabiyotdagi xizmatlari uçun ikkinçi marta orden bilan mukofotlandi. Men ellik yoşga kirganimda yubiley qildik. Saidaxon yuzdan ortiq mehmonga dasturxon yozib mezbonlik qildi. Şu şodliklar orasida birdan öşa ğoz yutib yuborgan uzuk esiga tuşib qolib, menga piçing qilardi: “Siz öşa uzukni oğrinib sovğa qilgan ekansiz, şuning uçun ğoz yutib yubordi”. Xullas, öşa uzukdan ham yaxşisini sovğa qilib tinçidim.
Andijonda Qoradaryo bilan Farğona kanali oraliğidagi orolga yozda yaşaş uçun çorboğ tiklagan edik. Bir yonida daryo, bir yonida kanal oqadi. Şiyponimiz töğrisida Katta Farğona kanalining Kuyganyor töğoni körinib turadi. Töğondan quyilayotgan suv tözonlari şamol esgan paytlarida ayvonimizgaça yetib keladi. Kanal böyida ösgan bir tup zarang daraxti tagiga söri qurgandik. Zarang şoxlari söriga tangadek oftob tuşirmasdi. Saraton qizdirgan kunlari keçgaça şu yerda dam olardik.
Katta Farğona kanali haqidagi “Qirq beş kun” degan romanimni şu yerda yozayotgan edim. Roman oxirgi boblarga kelib yurişmay töxtab qolgan edi.
Daryodan tutgan baliqlarni tozalab berdim. Saidaxon yaxşilab qovurdi. Baliqni yeb bölgaç, Saidaxon qöllarining yoğini qoğozga artayotganda öşa men ikkinçi marta sovğa qilgan uzuk barmoğidan çiqib çölp etib suvga tuşib ketdi. Bu joyda suv buralib-buralib, qirğoqqa sapçib ötadi. Uzukni suvdan qidirib topiş amrimahol edi. Bu uzuk ham Saidaxonga buyurmadi.
— Uzukni yana oğrinib sovğa qilgan ekansiz. Bundan keyin heç narsa sovğa qilmang. Kerak bölsa öz pulimga olaman, — deb yana zarda qildi.
Tavba, menda nima gunoh.
Saidaxon bir narsani ahd qilsa, oxiriga yetkazmay qöymasdi. Boşqa hamma işni yiğiştirib qöyib, ahd qilgan işiga yopişib olardi. Uzuk kanalga tuşib ketgan kuni şunday degan edi: “Bir doston yozayki, siz sovğa qilgan ikkala uzukdan ham qimmatli bölsin”. Öşa kundan boşlab kamgap, xayolçan bölib qoldi. Gapirsam çala-çulpa javob qiladi. Nodiraning nonuştasiga sut qaynatsa toşirib yuboradi, pişirgan ovqati goh şör, goh tuzsiz böladi.
Men boğda ekin-tekinni suğoriş bilan ovoraman. Saidaxon zarang daraxti tagidagi söriga ötirvolib, nimalarnidir töxtamay yozadi. Şu zaylda ön beş kunlar ötib, qalin bir daftarni qölimga berdi.
— Öqing. Doston yozdim.
Daftarni oçdim. “Lirik nutq” degan doston ekan. Közoynakni taqib, öqişga tuşib ketdim. Şoira bu dostonda öz tarjimai holini daryoga qiyoslab, Andijon manzaralariga omuxta kilib yozgandi. Doston boblari turli vaznlarda yozilgan. Öqiganda bir xil vaznda zerikarli bölmasin, deb, ataylab şunday qilgandi. Yaxşi körgan uzugini yutgan kanal şaʼniga ham ança qaynoq satrlar bağişlagan edi.
Toşkentga qaytib kelganimizdan keyin oradan biron oylarça vaqt ötib Kuyganyordagi qöşnimiz Hakimboy akaning xotinidan xat oldik. Kanalni remont qiliş uçun suvi berkitilgan ekan. Loyqa aralaş qumlar orasidan uzukni topişibdi.
— Mana, — dedim xatni unga körsatib. — Bu uzuk halol pulga kelgan. Kanal ekan-ku, dengizga tuşib ketsa ham yöqolmaydi…
Biz şvunday yaşadik…
Saidaxonning iş stolida ötirib biron narsa yozganini eslayolmayman. Oşxonada qozon kavlab turib, bir qölida şeʼr yozardi. Bolasining belançagini tebratib ötirib tizzasiga daftar qöyib yozgan paytlari köp bölgan. Uyda saqlanayotgan qölyozmalarining köpçiligida yoğ saçraganda, sut tomganda qolgan doğlar bor.
Qayerda ilhomi kelib qolsa, öşa yerda yozaverardi. Jurnal sahifalarining çetidagi oq joylariga juda mayda harflar bilan qora qalamda yozgan şeʼrlarining qölyozmalari hozir ham uyimizda bir yodgorlik bölib saqlanadi.
Safarlarda yurgan paytlarimizda çiroyli-çiroyli bloknotlar olib kelardim. Öşa bloknotlarning dastlabki sahifalariga şeʼr bitilardiyu, keyinroq borib ularning sahifalari bozorda qilingan xarajatlar hisob-kitobi bilan tölib ketardi.
— Nega unaqa qilasiz, ataylab şeʼr yozişingiz uçun olib kelgandim, — deyman.
— Bozorga bir çangal pul bilan ketib u-bu olamanu, şunça pul qayoqqa ketganini bilmay hisoblab ötiraman.
Bilaman. Saidaxon mening pulimni xarjlagandan xijolat bölib şunaqa qiladi. Öz pulini xarjlaganda hisoblab ham ötirmaydi.
— Siz unaqa qilmang. Qaçon men topib kelgan pulimga hisob sörabman?
— Şunaqa deysiz-u, — deydi u xijolat aralaş iljayib, — umrimda birovning pulini işlatmaganman.
Çindan ham, Saidaxon otadan yetim qolgan bir etak ukalarini boqiş taşvişi bilan yoşligining huzur-halovatini körmagan. Onasi Saboxon aya köhlikkina mehnatkaş ayol edi. Öqişdan qaytgan qizlarini yoniga olib çorsi, döppi tikişardi. Şu arzimagan daromad orqasidan rözğor tebratişardi. Saidaxon Andijon öqituvçilar institutini tugatgandan keyin Izboskan rayonining Törtköl qişloğidagi maktabda öqituvçilik qila boşlaydi. Har haftada topganini uyga taşlab yigirma kilometr yöl yurib orqasiga qaytib ketardi. Şu taşvişlar orasida tinmay kitob mutolaasi bilan yaşagan Saidaxon turmuşga çiqqandan keyin ham erining pulini sarf qilişga sira könikolmasdi.
Kitobimga kattaroq pul olgan paytlarimda hammasini uning qöliga berib qöyardim. Şu pul to tamom bölmaguniça har kuni işdan kelişim bilan bloknot oçib bugungi xarjlarni öqib berardi. Men bundan xijolat çekardim. Baʼzan jahlim çiqib qölidagi bloknotni olib hovliga otib yuborardim.
— E, pulingiz ham qursin. Magazinga kirsam ham, bozordan biron narsa xarid qilsam ham, xuddi orqamdan nima qilyapsan, deb qarab turganga öxşaysiz. Qöying, endi menga pul bermang. Rözğorga keragini özingiz olib kelavering.
Saidaxon özi gonorar olganda biratöla hammasini xarjlab öziga kiyim-keçak olib kelardi.
— Hoy, insofingiz bormi? — deyman hazillaşib. — Uçastka boşlab qöyganmiz-a. Tomini yopişga tunuka olişimiz kerak, şuvoğiga pul kerak.
Şunda Saidaxon xandon otib kulardi.
— Erkaklar xotiniga tilla uzuklar olib beradi. Xotinini qöğirçoqdek yasatib qöyadi. Öz kiyim-boşini özi eplaydigan xotiningiz borligidan söyinsangiz-çi.
Bu xil gaplar hazil-mutoyiba yöli bilan ötib ketardi.
… Negadir men tanqidni unçalik xuş körmayman. Tanqid eşitgan kunim qölim işga bormaydi. Biron hikoyammi, kitobimmi, tanqidga uçrasa, oylab yozmay qöyaman. Maqtov eşitsam, yozgim kelaveradi. Şu feʼlimni bilgan Saidaxon köçadan gap topib keladi. Rostmi, yolğonmi, menga yoqadigan gap böladi.
— Oybek akani körgandim. Hikoyalaringizni juda yaxşi körar ekan. Nega yozmayapti deb söradilar.
Bu gap yolğon bölişini bilsam ham, bari bir yoqardi. Balki rostdir, Oybek aka öqisa hafsalasi pir bölmasin, deb yaxşiroq yozişga harakat qilardim.
Saidaxon, Ğafur akani kördim, undoq dedi, bir kuni Abdulla akani kördim, sizni bundoq dedi, deb meni qiziqtirib qöyardi.
Oltmiş beşinçi yilda “Şarq yulduzi” jurnalida “Ufq” romanimning birinçi kitobini qattiq tanqid qilgan maqola bosilipti. Poçtaçi jurnal olib kelganda Saidaxon varaqlab körsa, şunaqa maqola bor. Özi öqib, öşa sahifalarni yirtib olib qöyibdi. Öşa kezlarda romanning ikkinçi kitobini juda hafsala bilan berilib yozayotgan paytim edi. Öqisa qöli işga bormay, yangi kitobi bir-ikki oy töxtab qoladi, deb atayin şunday qilgan. Maqolani boşqalardan eşitib, biron oylardan keyin öqidim.
Biz mana şunday bir-birimizni ayardik. Yozişga bir-birimizni rağbatlantirib turardik.
…Albatta, janjalsiz uy yöq, deganlaridek oramizda ğidi-bidi gaplar ham bölib turardi. Köpinça bunaqa voqealarga men sababçi bölardim.
Uy qurib, maşina olib, yubiley qilib ança çiqimdor bölib qoldik. Mening qölim oçiqligi, bölar-bölmasga pul sarf qilib yuborişimni bilgan Saidaxon rözğor boşqarişni öz qöliga oldi. Topganimizni rasamadi bilan bilib-bilib sarflardi. Albatta, bu menga yoqmasdi. Erkak odamning köçada ozmi-köpmi, xarji böladi. Saidaxon xuddi quloqqa ölçab bergandek juda oz pul berardi. Men ham böş kelmay, olgan gonorarlarimdan ömarib qolardim. Saidaxon buni bilmasdi.
Mirtemir domla menga öxşagan sersarf odam edilar. U kişi bilan bir mahallada turardik. Domlaning Turkmanistondan, Qozoğiston, Qirğizistondan keladigan şoir örtoqlari köp bölardi. Ularning hammasini Toşkent restoranlarida yaxşilab mehmon qilib kuzatardilar. Baʼzi-baʼzida keçasi taksida kelib derazamni çertardilar. Fortoçkani oçib salomlaşardim.
— Qoraqalpoqdan örtoqlarim kelib qoldi. Omonat kassa hozir berk. Ertalabgaça yuz söm berib tur, ammo Saida bilmasin, — deb tayinlardilar.
Şunda men berkitib qöygan “öğrilik” pulidan yuz söm uzatardim. Domla pulni olib, ertaga albatta, öz qölingga beraman, derdilar. Ertasiga aytgan gaplari eslaridan çiqib, pulni Saidaxonga berib ketardilar. Saidaxon, bu pulni qayerdan olgandingiz, deb meni qiyin-qistovga olardi. Şunday qilib men ham puldan ajralardim, ham pul “öğrisi” bölib qolardim.
Nodira qizimiz tört yoşga kirgan payt edi. Maşinada dalalarga çiqardik. Nodira sut içib uni qayerdan paydo bölişini bilmasdi. Anor yeb, zavoddan çiqqan, deb öylardi. Dalalarda yurganimizda sigir soğayotgan xotinlarni, anor gulini, hosilini körib, qovunning marzada palak orasida dömpayib turişini, makkajöxorining popugini körib hayron bölardi.
Saidaxon uning bu holatlarini kuzatib yurgan ekan. Endigina olamni taniyotgan gödak töğrisida “Oydan tuşgan qiz” degan juda nurli, beğubor hikoya yozdi. Öqib juda taʼsirlanib ketdim. Öşa hikoya “Guliston” jurnalida bosildi. Redaksiya xodimlaridan biri sarlavhasini “Osmondan tuşgan qiz” deb özgartiribdi. Saidaxon juda-juda xafa bölib ketdi.
— Axir, nega söramasdan özgartirişadi. Osmondan tuşgan söz salbiy maʼno anglatadi-ku. Ğödaygan odamga osmondan tuşgan bölsang ham menga xöjayinlik qilma, degan gap bor. Oydan tuşgan, deganda qandaydir nurli bir narsani tasavvur qilamiz.
Saidaxon hamma vaqt öz asarlaridagi har bir söz uçun kuraşardi. Çunki u heç qaçon sözlarni notöğri işlatmasdi.
Ğafur Ğulom vafot etganda uning motamiga atab “Şoirni eslab” degan bir şeʼr yozgandi. Sarlavha tagiga “Ğafur Ğulom vafoti kunlari yozilgan” deb qöyilgan edi. Şeʼr bosilib çiqqandan keyin afsuslanib qoldi.
— Muni qarang, Ğafur akaning ölimidan qattiq kuygan ekanman. Bir sözni xato yozganimni sezmay qolibman. “Vafoti kunida” deyiş örniga “Vafoti kunlarida” deb yozvoribman. Juda uyatli iş böldi-da.
Saidaxon ellik bir yil umr körib birovga boş egmadi. Imonini mahkam uşladi. Öziga gard yuqtirmadi. Olamdan halol-pokiza yaşab ötdi. Laganbardorlik, birovga mutelik, hasadgöylik unga begona edi.
Özbekiston xalq yozuvçisi, Özbekiston Qahramoni
Said Ahmadning “Yöqotganlarim va topganlarim” xotiralar kitobidan qisqartirib olindi.