Har ulfatning öz hangomasi bor, deganlaridek, şoir, yozuvçilar yiğilib qolsa, bahs-munozara köpinça Söz ustida ketadi. Negaki, bizni binokor desa, ğiştimiz, dehqon desa, dalamiz, ğavvos desa, ummonimiz, uçuvçi desa, osmonimiz — Söz. Dunyoda qança ijodkor bölsa, şunça tafakkur tarzi, şakllangan közqaraş bor. Ayniqsa, Sözdek rangin, murakkab, serqirra mavzu ustida gap ketganda, fikrlarning bir joydan çiqişi qiyin. Har kimda bir nuqtai nazar va har nuqtai nazarda bir haqiqat böladi.

Yaqinda şunday bahslardan biri mahkama sözi haqida böldi. Bir tomon mahkama hukm çiqariladigan joy, yaʼni sud, eski zamonda qozixona şunday atalgan, desa, ikkinçi tomon, hukm sözidan hokimiyat kelib çiqqani, hukumat idorasi mahkama bölişini dalillab, eʼtiroz bildirdi. Birinçi tomonning mahkamaga beriş, mahkamaga tortiş kabi dalillariga har işning öz mahkamasi bor, degan ibora qarşi qöyilib, bu sözning idora maʼnosiga urğu berildi. Bu fikr köpçilikka maqbul böldi.

Öşa suhbatda men asrning muhokama asri ekani, bahsu muhokamaning esa buyuk hikmat ekanini öylab, yayrab ötirdim. Asliyatga qaytişning kölamli jarayonida zangin va rangin ona tilimiz faol iştirok etayotganidan quvondim. Barça darajadagi mahkamalarning faqat hukm çiqaruvçi dargoh emas, balki muhokama dargohiga, tafakkur va maşvarat maskaniga aylanayotgani haqiqatdir. Zeroki, hokimu hukmu hakamu hukumat muhokamaga özakdoş, hikmat daraxti ham şu ildizdan unib çiqqan…

Ijodkorlar bahsi odatda qizğin, qiziqarli keçadi. Turli hangomalar örtaga tuşadi. Sözni telba-teskari işlatganlarning mazammati, tarjimadagi baʼzi ajabtovurliklar hangomasi bahsga yengil ruh beradi. Talaşib-tortişsak ham kulib, yayrab qaytamiz. Lekin tilşunos olimlar bilan tortişuv juda muşkul iş. Arab, fors tillarini suv qilib içib yuborgan tadqiqotçilar sözning eng çuqur ildiziga yetib, asliyatni mahkam tutib oladilar. Dunyo xatoga tölib ketganidan jonfiğon böladilar. Rişton emas, Roşidon; Buvayda emas, Bibi Ubayda; arava emas, aroba deb yoziş va aytişni talab qiladilar. Ulamolar, fuzalolar deyiş savodsizlik, inson huquqlari emas, haqlari deyiş kerak, çunki ulamo, fuzalo, huquq olim, fozil, haq sözlarining köpligi deb qizişadilar. Ayniqsa, axborotlar sözini eşitsalar bormi, soçlari tik böladi. Haqiqatan ham, xabarning jamʼi — axbor. Axborotga aylanib yana bir köplik qöşimçasi ortdi. Axborotlar desak endi xabar uçta lardan lorsillagan böladi…

Biz ilmu ijod ahli qança talaşib-tortişmaylik, bir fikrda hammamiz yakdilmiz: til yolğiz mutaxassislarning mulki, xususiy tomorqasi emas. Uni boyitiş, gözal qiliş, xas-xaşaklardan tozalab boriş — umumxalq işidir. Men ham şu buyuk xazinaning bitta bahramandi sifatida Söz haqida köngil sözlarimni aytib, siz, aziz muştariylarni bahsga çorlamoqçi böldim.

Bir pas neça daqiqa?

Bolalikdagi şeʼriy maşqlarimning birida, şabboda, töxta bir pas, deb yozgan ekanman. Devoriy gazeta muharriri, özbek adabiy tilida bir pas degan söz yöq, bir nafas deyiş kerak, deb özi qizil qalam bilan töğrilab qöygan.

Köp yillar ötib Navoiyning “Layli va Majnun”ida şunday baytni kördim:

 

Bir pos çu tundin ötdi ul xayl,

Tuşluq tuşi qildi uyquğa mayl.

 

Luğatlarga qaradim. Pos — tunning sakkizdan biri, deb şarhlanibdi. Demak, taxminan bir soatga teng tungi muddat — pos, bir soatlik tungi soqçi — posbon, rusça çasovoy maʼnosidagi atama bölib çiqdi.

Ajabki, öz sözimiz bölgan pos jahon kezib, yana özimizga post şaklida, qöriqlanadigan joy, soqçining örni hamda lavozim maʼnolarini olib qaytibdi.

Pos — özimizning söz, deb xato aytmadim. Asli forsça yoki arabça özakka ega bölgan, asrlar davomida tilimiz tarkibida yaşab bizga xizmat qilayotgan sözlar ham, albatta, öz sözlarimizdir.

Xuddi şunday, rus, mojar, arab, tojik va boşqa tillarda xizmat qilayotgan özbek sözlari ham hozirgi egalariga buyursin.

Biz bir pas deb işlatadigan pos — jaydari sözimizning jahon sahnida topgan yuksak martabasi keçagi çopqillab yurgan böz bolaning askar bölib, harbiy kiyimda viqor bilan qaytganini eslatadi.

Demak, özbekning bir pasi bir soat bölar ekan. Gapimni bir pasda tugataman, degan sözning maʼnosini özingiz tuşunavering.

Fuqarolar deyiş töğrimi?

Bamisoli ulamo, fuzalo olimu fozilning köplik şakli bölganidek, fuqaro ham faqirlar, yaʼni kambağallar, yöqsillar demakdir. Qoidaga köra, fuqaroga ham lar qöşiş xato böladi.

Ilmiy, mantiqiy nuqtai nazardan ham, şaklu mazmun jihatdan ham bu huquqiy atama ustida turli bahslar yuradi.

Lekin zamon közi bilan qarasak, fuqaro ham mehnatkaş atamasi bilan qismatdoş ekan. Har ikki söz majruhlik, tubanlik, baxtsizlik çohidan ozod bölib, qadr-qimmat minbariga yuksalibdilar.

Şunday kamol topgan sözlarga duç kelganimda, özbekning sözi — özbekning özi, degan fikr könglimdan ötadi.

Qadim zamonlarda Misr sultonlari asirlikka olib öz mulkiga aylantirgan, yaʼni mamluk qilgan askarlar vaqt kelib sultonlarni qulatgani, beş yuz yil Misrda hukm surgani tarixdan maʼlum. Aslida qul maʼnosini anglatuvçi mamluk Mamluklar saltanati bölib, sohiblik maqomini olgan edi.

Kelib çiqişi faqir bölgan fuqaroning bugungi sohiblik maqomi, yurt egasi darajasiga kötarilgani ana şu tarixni eslatadi. Farq şuki, fuqaro hozirgi maqomga qadamba-qadam kötarilgan. Faqirlik — tobelikka, tobelik darajama-daraja yuqorilab, avval xojaning fuqarosi, söng amiru sultonning, bora-bora mamlakatning fuqarosi qadar yetib kelgan.

XIX asr boşlarida Qöqonda yaşab ijod etgan öz zamonining malik uş-şuarosi bölgan Fazliyning: “Senga arz etar fuqarolaring”, — degan sözlari bor. Bu ğazalga şoir Vola boğlagan muxammas “Bozurgoniy” kuyiga solib hali-hamon aytiladi. Demak, bundan ikki asr avval fuqaro amirlikka tobe inson maʼnosida işlatilgan va fuqarolar şakli ham mavjud bölgan.

Bugun endi fuqaro sözi juldur tönini yeçib, zamonaviy libosda qad kötargan. Bir qöli bilan rusça grajdanin, ikkinçi qöl bilan inglizça sitizen sözlarini mahkam uşlab, dunyo sahnida mağrur turibdi.

Zotan, grajdanin ham, sitizen ham özlarining avvalgi şaharlik degan maʼnolarini allaqaçon tark etganlar.

“Ziyouz.uz”dan olindi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan