Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy salohiyatni yuksaltiriş, aholini har tomonlama qöllab-quvvatlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ijtimoiy himoyani kuçaytiriş, aholi murojaatlarini tinglaş, tizim samaradorligini oşiriş va ijtimoiy kömakni adolat tamoyiliga asosan taşkil etiş davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biriga aylangan.
Buni hududlarda olib borilayotgan işlar misolida köriş mumkin. Xususan, Xorazm viloyati Xiva tumanida faoliyat boşlagan “Ilk rivojlaniş markazi”ni şunday saʼy-harakatlar qatoriga kiritiş mumkin. Mazkur ijtimoiy obʼyekt ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan va ehtiyojmand oilalar farzandlari hamda alohida taʼlim ehtiyojlari bölgan bolalarni qöllab-quvvatlaşga xizmat qiladi.
Markazda bolalar uçun taʼlimiy maşğulotlar, ijodiy darslar, öyinlar va tarbiyaviy tadbirlar taşkil etilib, har bir bolaga individual yondaşuv asosida rivojlaniş imkoniyati yaratilişi közda tutilgan.
Xalqimizda şunday ezgu amal odatga aylangan: bir işni boşlaşdan avval, albatta, keksa nuroniylarning duosi olinadi. “Ilk rivojlaniş markazi”ning ham oçiliş marosimida nuroniylar iştirok etib, duo-yu fotiha qilişdi.
Ijtimoiy xizmatlar kölami va sifatini oşiriş masalasida “Kambağallikdan — farovonlik sari” dasturi tizim natijadorligiga xizmat qilmoqda. Mazkur dastur doirasida har bir fuqaroni özi va farzandlari kelajagi uçun masʼuliyat bilan yondaşişga undaydigan va salohiyatini röyobga çiqariş uçun imkoniyat yaratiş hamda ijtimoiy xizmat va yordam körsatiş kölamini kengaytiriş orqali oilalarning mehnat qiliş imkoniyatini çeklovçi sabablarni bartaraf etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Uşbu harakatlar doirasida mahallalar böylab işlarni munosib taşkil etişda faol nuroniylarning mehnatlarini alohida taʼkidlaş kerak. Ular oila vakillari bilan ötkaziladigan dastlabki suhbat va örganişlardan söng bolalari va turmuş tarzi bilan boğliq muammoli vaziyatlarni tegişliça baholab, davlat kömagi va “mahalla yettiligi” eʼtiborini jalb etişda hukumat va fuqarolar örtasida munosib vositaçi bölişmoqda.
Jamiyatda ijtimoiy himoyani kuçaytiriş, aholining moddiy imkoniyatlarini kengaytiriş masalasi har doim muhim bölib kelgan. Mazkur jarayonda davlat va hukumat rahbarlari, jamoatçilik faollari, ziyolilar va nuroniylar iştiroki katta ahamiyatga ega. Umumiy harakatlar tizimli va manzilli taşkil etilganda mamlakatimizning tez surʼatda ösişiga erişiladi. Zero, yurtimiz şaharu qişloqlarida yaşayotgan fuqarolarning, ayniqsa, qöllab-quvvatlaşga, himoyaga muhtoj aholining dunyoqaraşi va hayotini özgartirişga yaqindan kömaklaşiş va bu jarayonda ijobiy natijaga erişiş taraqqiyotning yarmi demakdir.
Suğdiyona SOBIROVA.