Eng uluğ, eng aziz bayram — Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi tantanalariga tobora yaqinlaşib bormoqdamiz. Uşbu qutluğ sana arafasida mamlakatimizda bir qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar taşkillaştirib kelinmoqda. Jumladan, Özbekiston faxriylarining ijtimoiy-faoliyatini qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasining Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahri va viloyatlardagi bölimlari, ularning hududiy bölinmalari tomonidan tuman va şaharlarda “Yagona Vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan boş ğoyani özida mujassam etgan uçraşuv, davra suhbatlari va tarğibot tadbirlari ötkazilmoqda.
Darhaqiqat, milliy suverenitet va davlat mustaqilligi har qaysi mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotining eng asosiy şarti va garovidir. Bu hal qiluvçi omillar davlatning xalqaro huquq subʼyekti sifatida dunyo hamjamiyatida munosib örin egallaşi, xalqning tinç va farovon hayotini taʼminlaş, uning barça manfaatlarini himoya qilişga xizmat qiladi, albatta.
Davlatimiz rahbarining “Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nişonlaşga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş töğrisida”gi qarorida istiqlolimizni uluğlaş, mustaqillik kuni bayramini munosib nişonlaş, uning tarixiy ahamiyatini keng tarğib etiş yuzasidan qator ustuvor yönalişlar belgilangan.
Şundan kelib çiqqan holda, Samarqand viloyatining Urgut, Oqdaryo, Navoiy viloyatining Karmana tumanlarida qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, davra suhbatlari va uçraşuvlar taşkil qilindi. Mazkur tadbirlarda “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisi, Özbekiston Qahramoni, senator Sodiqjon Turdiyev iştirok etdi.
Urgut tumanida ötkazilgan uçraşuvda “Nuroniylar maskani”da yaratilgan şart-şaroitlar, madaniy-maʼrifiy va soğlomlaştiriş yönalişida amalga oşirilayotgan işlar körib çiqildi. Şuningdek, nuroniylar iştirokida ötgan davra suhbatida Yangi Özbekiston taraqqiyoti yölida olib borilayotgan islohotlar, hududlardagi obodlik va bunyodkorlik işlari alohida eʼtirof etildi. Uçraşuvda keksa avlod vakillarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning hayotiy tajribasidan yoşlar tarbiyasida samarali foydalaniş hamda nuroniylarning jamiyat hayotidagi faolligini yanada oşiriş masalalari xususida söz yuritildi.
Tadbirlar davomida tumandagi “Navboğ” mahallasi faoliyati bilan ham tanişildi. Mahalla azaldan kaştaçilik anʼanalari bilan tanilgan bölib, bugungi kunda mazkur hunarmandçilik yönalişi aholi bandligini taʼminlaşda muhim örin tutmoqda. Mahalla guzarida işsiz fuqarolarni doimiy iş bilan taʼminlaş maqsadida taşkil etilgan tikuvçilik sexi, unda mahalliy aholi, ayniqsa, xotin-qizlar uçun yangi iş örinlari yaratilgani, mahalla hududidagi kutubxonada yoşlarning böş vaqti mazmunli taşkil etilib, ularning mutolaa maşğulotlariga faol qamrab olinganligi va yana qator taşabbuslar yuqori baholandi.
Maşhur “Çorçinor” ziyoratgohiga taşkil qilingan ziyorat vaqtida Qurʼoni karim tilovat qilinib, yurtimiz tinçligi, xalqimiz farovonligi va ezgu işlar bardavom bölişini tilab, duolar qilindi. Mazkur ziyoratgoh Samarqand viloyatining eng qadimiy va tabarruk maskanlaridan biri hisoblanadi. Bu yerda asrlar davomida yaşab kelayotgan ulkan çinor daraxtlari mavjud bölib, ularning tarixi bir neça yuz yillarga borib taqaladi. Ziyoratgoh nafaqat muqaddas qadamjo, balki tabiat va tarix uyğunlaşgan noyob maskan sifatida ham öziga xos ahamiyatga ega. Nuroniylar ayni maskanda ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylaş, ularni kelgusi avlodlarga yetkaziş xususida fikr almaşdilar.
Ayni amaliy saʼy-harakatlar doirasida Oqdaryo tumanida “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisi, Özbekiston Qahramoni, senator Sodiqjon Turdiyev iştirokida sayyor qabul ötkazildi. Qabulda tumanning faol nuroniylari, mahalla faxriylari va keksa avlod vakillari qator muammolar, taklif va taşabbuslar yuzasidan murojaat qildilar. Xususan, mahallalardagi ijtimoiy muammolar, nuroniylarni qöllab-quvvatlaş, yoşlar tarbiyasi va aholi farovonligini oşirişga doir masalalar muhokama qilindi. Murojaatlar atrofliça örganilib, ularni hal etiş böyiça masʼullarga tegişli vazifalar yuklatildi. Ayrim masalalar yuzasidan aholiga huquqiy va amaliy tuşuntirişlar berildi.
Tadbirlar Navoiy viloyatining Karmana tumanida faollik bilan davom ettirildi. “Beşkent” mahalla fuqarolar yiğinida nuroniylar “Keksalar maslahati” guruhi rahbari Salim Qurbonov faoliyati bilan yaqindan tanişib, mahallada keksa avlod vakillarining ijtimoiy hayotdagi faolligini oşiriş, yoşlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalaş, oilalarda soğlom maʼnaviy muhitni mustahkamlaş borasida amalga oşirilayotgan işlarni közdan keçirdilar. Suhbat çoğida Salim Qurbonovning mahalla hayotidagi faol iştiroki, nuroniylarni birlaştiriş, yoşlar bilan uçraşuvlar taşkil etiş hamda mahalladagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yaxşilaşga qaratilgan taşabbuslari alohida eʼtirof etildi. Uçraşuvda nuroniylarning hayotiy tajribasidan keng foydalaniş, ularning jamiyat taraqqiyotiga qöşayotgan hissasini munosib qadrlaş va bunday ibratli faoliyatni ommalaştiriş muhim ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi.
Karmanadagi “Nuroniylar maskani”da tumanning faol nuroniylari iştirokida keçgan samimiy oçiq muloqot ham taassurotlarga boy böldi. Muloqot doirasida faol nuroniylarning jamiyat hayotidagi örni, yoşlar tarbiyasidagi iştiroki, mahallalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi.
Tadbirlar yakunida jamoat işlarida faollik körsatib kelayotgan bir guruh faxriylarga “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvining taşakkurnomalari hamda esdalik sovğalari topşirildi.
Yuqoridagilardan kelib çiqib aytiş mumkinki, bugungi kundagi yutuqlarimizning öziga xos omillaridan biri — aholi bilan yuzma-yuz uçraşuvlar ötkazilib, ularning murojaatlariga quloq tutilayotganligi, odamlarning muammolarini öz vaqtida aniqlab, ularga oqilona yeçim topilayotganligidir.
Ha, ayni örganiş, tahlil va zarur amaliy yordam körsatiş tadbirlari kelgusida özining munosib samaralarini beradi. Zero, bu kabi amaliy saʼy-harakatlardan maqsad bitta, u ham bölsa, nuroniylarimiz faolligini oşiriş, yurtimizda keçayotgan olamşumul islohotlar va ularning öziga xos natijalarini keng aholi qatlamlariga tölaqonli yetkazişdir.
Bahodir Valiyev.