Bugungi kunda yurtimiz nuroniylari örtasida “Ğayratli keksalar” şiori ostida sportning qator turlari böyiça ötkazilayotgan musobaqalar keksa faxriylarimizning nafaqat salomatliklarini muhofaza qiliş, ularning umrlariga umr qöşiş, balki jismoniy faolliklarini oşiriş, faol nuroniylar örtasida jamoaviylik muhitini qaror toptiriş, özaro tajriba almaşişda ham muhim omillardan bölmoqda.
Umuman olganda, yoşidan qatʼi nazar, har bir inson uçun jismoniy tarbiya va sport bilan şuğullaniş soğlom turmuş tarzida yaşaş uçun qulay zamin hozirlaydi. Maşqlar, avvalo, organizmni jismoniy jihatdan çiniqtirsa, ikkinçidan, kişini maʼnaviy-ruhiy jihatdan ham xotirjamlik va sokinlikka olib keladi.
Bu borada gap ketganda, mamlakatimiz nuroniylari örtasida ötkazilayotgan sport musobaqlarini ham alohida eʼtirofga sazovor deyiş mumkin, albatta.
Farğona viloyati Söx tumanidagi “Mulgon” mahallasi hududida joylaşgan 1-sonli sport maktabida mazkur musobaqalarning tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi. Tadbirda “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi raisi v.b. Abduşukur Töraboyev iştirok etdi. U öz sözida bugungi kunda amalga oşirilayotgan sport-soğlomlaştiriş tadbirlariga alohida töxtalib, bu jarayonda nuroniylar örtasida olib borilayotgan taşabbuslar ham amalda öz samaralarini berayotganligini qayd etib ötdi. Şu tariqa musobaqalarga rasman start berildi. Nuroniylar örtasidagi bahslar mini-futbol, şaxmat-şaşka va milliy kuraş sport turlari böyiça 4 ta sektor kesimida taşkil etildi.
Bellaşuvlar yakunlariga köra, ğolib va sovrindorlar aniqlanib, ğoliblar viloyat bosqiçida iştirok etiş uçun yöllanmani qölga kiritdilar. Ğolib va sovrindorlar mutasaddilar tomonidan qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandilar.
Söx tumani hokimligi
Axborot xizmati.