Namanganda “Buvijonlar maktabi” faollarining seminari taşkil etildi
Yurtimizda keksa avlod vakillarini qöllab-quvvatlaş, ularning boy hayotiy tajribasidan yoşlar tarbiyasida samarali foydalaniş hamda hududlararo madaniy-ijtimoiy aloqalarni mustahkamlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Şu maqsadda, “Nuroniy” jamğarmasi Samarqand va Namangan viloyatlari bölimlari taşabbusi bilan Namangan şahrida “Gul bayrami, döstlik bayrami — hamkorlikning oltin köprigi” mavzusida amaliy seminar taşkil etildi.
Mazkur maʼrifiy tadbirda ikki viloyatning “Buvijonlar maktabi” tuzilmalari rahbarlari, faol onaxonlar, nuroniylar iştirok etdilar. “Nuroniy” jamğarmasi viloyat bölimlarida olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy işlar doirasida tajriba almaşiş, fidoyi buvijonlarning sayohat zavqidan bahramand bölişini taʼminlaş maqsadida taşkil etilgan mazkur seminar mehmonlarni tantanali kutib oliş marosimi bilan boşlandi.
“Nuroniy” jamğarmasi Namangan viloyati bölimi raisi, senator Ikromxon Najmiddinov rahbarligida jamğarmaning tuman va şahar bölimlari raislari, faollari, “Buvijonlar maktabi” guruhlari rahbarlari Namangan Temir yöl vokzalida samarqandlik faol va taşabbuskor buvijonlar katta hurmat-ehtirom bilan kutib olindi. Ikki viloyat buvijonlarining birgalikda ijro etgan laparlari va raqslari kutib oliş marosimiga özgaça fayz bağişladi.
Namangan şahridagi muhtaşam “Nuroniylar maskani”da seminarning rasmiy oçiliş marosimi ötkazildi. “Nuroniy” jamğarmasi Namangan viloyati bölimi boş mutaxassisi Abduraşid Boltaboyev sözga çiqib, tadbir iştirokçilarini Namangan viloyati nuroniylari va “Buvijonlar maktabi” guruhi faollari olib borayotgan işlar bilan taniştirdi.
Tadbirda mehmonlar Namangan şahrida bölib ötayotgan “Gullar festivali” tarixi bilan ham taniştirildi. Namangan viloyatidagi bunyodkorlik işlari alohida eʼtirof etildi. Har ikki viloyat buvijonlari tomonidan boğçalarda, maktablarda, ayniqsa, “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda olib borilayotgan işlar, oilalar mustahkamligini taʼminlaş, ajrimlarning oldini oliş borasida amalga oşirilayotgan maʼrifiy tadbirlar alohida taʼkidlandi. Kelgusida jamiyatning tinçligi, yurtimizning yanada gullab-yaşnaşi, yoşlar tarbiyasi, oilalar mustahkamligini taʼminlaş yönalişlarida özaro tajriba almaşildi.
Mahallalarda milliy qadriyatlarni tiklaş, oilalar mustahkamligini taʼminlaş, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlaşda piru badavlat onaxonlarning örni va majburiyatlarini muhokama qiliş hamda bu boradagi ilğor iş tajribalarini ommalaştirişni közlagan seminar Namangan şahrida joylaşgan Bobur nomidagi madaniyat va istirohat boği mezbonligidagi “Xalqaro Gullar festivali” taassurotlari bilan davom etdi.
Boğning betakror landşaft dizayni, milliy ramzlar aks etgan gul kompozitsiyalari va hunarmandçilik körgazmalari mehmonlar tomonidan yuqori baholandi. Markaziy maydonda taşkil etilgan samimiy muloqot davomida ikki viloyatning faol buvijonlari milliy liboslar, anʼanaviy kaştaçilik va oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylaş xususida fikr almaşdilar. Seminar dasturi doirasida maʼnaviy dunyoqaraşni boyitiş va tarixiy xotirani mustahkamlaşga xizmat qiluvçi muqaddas qadamjolarga mehmonlarning ziyorati taşkil etildi.
Iştirokçilar Kosonsoy tumanidagi uluğ alloma “Imom Aʼzam” hamda Çortoq tumanidagi tabarruk maskan — “Sulton Uvays Qaraniy” ziyoratgohlarida böldilar. Yurtimiz tinçligi, el-yurt osoyiştaligi va farzandlar kamolini sörab ezgu niyatlar qilindi. Şuningdek, Çortoqning xuşhavo bağrida joylaşgan sölim “Sutli buloq” ziyoratgohi ham mehmonlarda alohida qiziqiş uyğotdi.
Töraqörğon tumaniga uyuştirilgan safar seminarning maʼrifiy qismiga aylandi. Buvijonlar dastlab buyuk maʼrifatparvar Ishoqxon Ibrat muzeyida bölib, allomaning milliy matbuot, noşirlik va taʼlim tizimi rivojiga qöşgan ulkan hissasi bilan yaqindan tanişdilar. Söngra mehmonlar qadimiy “Axsikent” oçiq osmon ostidagi muzeyiga yöl oldilar. Farğona vodiysining qadimiy poytaxti bölmiş Axsikentning tarixi, arxeologik topilmalar va ajdodlarimizning yuksak madaniyatidan sözlovçi eksponatlar samarqandlik onaxonlarda faxr tuyğusini uyğotdi.
Muloqotlar davomida jamiyatda tinçlik-osoyiştalikni asraş, yoşlar tarbiyasi, oilalar mustahkamligi, tadbirkorlikni rivojlantiriş orqali kambağallikni qisqartiriş hamda jinoyatçilik va ajrimlarga qarşi kuraşişda buvijonlarning örnini yanada kuçaytiriş böyiça muhim taklif va tavsiyalar örtaga taşlandi.
Yakunda ikki qadimiy kent — Samarqand va Namangan viloyatlarining faol onaxonlari kelgusida hamkorlikni tizimli davom ettiriş, mahallalarda “Buvijonlar maktabi” faoliyatini yanada jonlantiriş böyiça özaro tajriba almaşinuvi rejalarini belgilab olişdi.
Bir söz bilan aytganda, namanganlik hamkasblarimiz bilan boğça va maktablar, ayniqsa, mahallalarda “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda oilalar mustahkamligini taʼminlaş hamda ajrimlarning oldini oliş borasida olib borilayotgan işlar yuzasidan tajriba almaşganimiz ayni muddao böldi.
Seminarda Samarqand viloyati Toyloq tumani “Buvijonlar maktabi” rahbari Öğiloy Yöldoşeva, Oqdaryo tumani boş buvijoni Ö.Şomurodova, Nurobod tumanidan Oygul ona hamda Namangan viloyatining Çust tumanidan Sahobat Ismoilova, Pop tumanidan Odila Bobova, Çortoq tumanidan Zulxumor Ergaşeva, Töraqörğon tumanidan Raʼno Norqöziyeva va boşqa faollar sözga çiqib, öz iş faoliyatlari xususida maʼlumot berdilar.
Samarqandlik buvijonlar Namanganda boşlangan bu fayzli hamkorlik uçraşuvi yaqin kunlarda gözal va navqiron Samarqand zaminida yanada yuqori kayfiyatda davom etadi, degan ezgu tilaklar bilan uşbu sermazmun sayohatni yakunladilar.
Gulbahor HUSAINOVA,
Samarqand viloyati
“Buvijonlar maktabi” guruhi rahbari.