Davlatimiz rahbarining “O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining o'ttiz besh yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida”gi Farmoni e'lon qilindi.
Unga asosan bir guruh faol va fidoyi yurtdoshlarimiz yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandilar. Quvonarlisi, ular orasida el-yurt hurmatiga sazovor bo'lgan muhtaram ustozlarimiz va faollarimiz ham bor.
Xususan, “Nuroniy” jamg'armasi Samarqand viloyati bo'limi raisi Shuhrat Xudoyberdiyevich Negmatov hamda “Nuroniy” jamg'armasi Xorazm viloyati bo'limi raisi Rustam Sultanov “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlandilar.
“Nuroniy” gazetasi va “Keksalik gashti” jurnali ijodiy jamoasi muhtaram ustozlarimizni ushbu sharafli e'tirof bilan muborakbod etadi!