— deydi taniqli ijodkor, Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Obloqul Usmonqulov

Samarqand jurnalistika maktabida öziga xos öringa ega bölgan, butun umrini ommaviy axborot vositalari rivojiga bağişlagan Obloqul Usmonqulov 90 yoşida ham   hanuz qölidan qalami tuşgani yöq, ustoz hamon ijod zavqi bilan band.

Obloqul Usmonqulov 1938 yil 20 may kuni Payariq tumanida tavallud topgan. Ustozning jurnalistik faoliyati ança erta, 1954 yilda hali qişloq maktabining 9-sinfida öqib yurgan kezlarida boşlangan. Tuman gazetasida texnik xodim sifatida iş boşlagan Obloqul Usmonqulov keyinçalik Örta Osiyo davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetida tahsil oladi.

Mehnat faoliyati davomida viloyatning hozirgi “Zarafşon” (“Lenin yöli”) gazetasida adabiy xodimlikdan masʼul kotib lavozimigaça bölgan yölni bosib ötdi. 1967 yildan boşlab radio va televideniye tizimida faoliyat yuritib, qariyb öttiz yil davomida Özbekiston radiosining Samarqand viloyati böyiça muxbiri, muxbirlar punkti rahbari sifatida xalq orasida katta obrö-eʼtibor qozondi.

Nafaqaga çiqqanidan keyin ham ijoddan uzoqlaşmadi. “Nuroniy” jamğarmasi Samarqand viloyati bölimi huzurida taşkil etilgan “Nuroniy” studiyasida muallif va boşlovçi sifatida faoliyat olib borib, keksa avlod hayotiga bağişlangan 150 ga yaqin körsatuv tayyorladi. Bu körsatuvlar hujjatli filmlar kabi xalq maʼnaviy merosining bir qismiga aylandi.

2013 yilda “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan ustoz ijodkor keyingi yillarda ham jamoatçilik işlarida faol iştirok etdi. Uning taşabbusi bilan Kibriyo Qahhorova nomi bilan “Kitobsevarlar” köngilli jamiyati taşkil etildi. Nuroniy ijodkorlar iştirokida “Imom Buxoriy çiroqlari”, “Samarqand qasidasi” va “Boqiy Samarqand” kitoblari naşrga tayyorlandi. Ayni paytda çop etilişi rejalaştirilgan Özbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bağişlangan “Boqiy Samarqand” kitobi azim Samarqand va uning fidoyi insonlari haqida hikoya qilişi bilan alohida ahamiyatga ega.

— Bolaligim hayot sinovlari bilan ötganligi bois, uning zavqini mexnatda, harakatda ekanligini ança erta anglab yetdim, — deydi ustoz. – Şu bois, keksalikda ham ijoddan töxtaganim yöq. Bu hayotimning mazmuniga aylangan. Ijoddan zavq olaman. Xohlaysizmi, yöqmi, keça va bugun har doim taqqoslanadi. Nimaga erişdik, qayerda xato qildik. Eng qiyini ham şunda. Keksalik, bu — hayoting xulosasi. Uning har bir daqiqasi birma-bir köz oldingdan ötadi. Hayotiy xulosalarni qoğozga tuşirib, şogirdlarga töğri yöl körsatiş xato-kamçiliklarning örnini töldirişga yordam beradi. Ijod — köngilga taskin.

Obloqul Usmonqulov nafaqat mohir jurnalist, balki köplab şogirdlar tarbiyalagan ustoz sifatida ham eʼzozlanadi. Bugun respublika ommaviy axborot vositalari tizimlarida ustozning köplab şogirdlari mehnat qilmoqda.

Muborak 90 yoş qarşisida turgan Obloqul Usmonqulovning hayot yöli fidoyilik, sadoqat va ijodga muhabbat namunasidir.

Alişer ISROILOV.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan