Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi tantanalariga tayyorgarlik şukuhi bugungi kunda mamlakatimizning barça hududlarini qamrab olgan. Har bir yurtdoşimiz qalbi şukronalikka töla. Davralarda yurtimizning bugungi obod va zamonaviy qiyofasi, xalqimiz hayotidagi yangilanişlar eʼtirofiga şohid bölyapmiz.
“Nuroniy” jamğarmasi Namangan viloyati bölimi taşabbusi bilan Kosonsoy tumanidagi “Istiqlol” tantanalar majmuasida taşkil etilgan “Otalar çoyxonasi” maʼrifiy tadbirida ham istiqlol yillarida yurtimizda erişilgan yutuqlar, ayniqsa sönggi ön yillikdagi yangilanişlar, obodlik va bunyodkorliklar alohida taʼkidlab ötildi.
Inson eʼzoz va eʼtiborni his etib tursa, yoşarib, ğayratli bölib boraveradi. Bugungi kunda nuroniylarni qöllab-quvvatlaş, ularning jamiyat hayotidagi örni va nufuzini yanada oşiriş, boy hayotiy tajribasidan yoşlar tarbiyasida samarali foydalanişga alohida eʼtibor qaratilayotgani yoşi uluğ, piru badavlat otaxon va onaxonlarimizni jamiyatning çin maʼnodagi faollariga aylantirdi.
Xalqimizda “Bir piyola çoy ustida” degan lutfning tagzaminida samimiy suhbat va bir umrlik hayot saboği deb atalgan haqiqat mujassam desak, aslo xato qilmagan bölamiz. “Otalar çoyxonasi” maʼnaviy-maʼrifiy tadbirida faol nuroniylar, oqsoqollar, mehnat faxriylari hamda yoşlar bir davrada jam bölib, inson qadrini uluğlaş, oilaviy munosabatlarni mustahkamlaş, yoş avlodni barkamol insonlar etib tarbiyalaş masalalari yuzasidan fikr almaşdilar.
Suhbat davomida nuroniylar özlarining boy hayotiy tajribalari, mehnat faoliyati va hayot saboqlari bilan örtoqlaşib, yoşlarga qimmatli tavsiya va maslahatlar berdilar.
Ayniqsa, yoşlarni halol mehnatga örgatiş, Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, vaqtni qadrlaş hamda ezgu maqsadlar sari intiliş kabi muhim hayotiy mezonlarga alohida urğu berildi.
Davrada jarang soçgan dilrabo kuy-qöşiqlar, dilbar raqslar tadbir iştirokçilariga özgaça zavqu şavq ulaşdi.
Abduraşid Boltaboyev,
Namangan viloyati.