IX asrda yashagan Muhammad, Ahmad va Hasan ibn Muso ismli aka-uka allomalar o'zlarining muhandislik, matematika va astronomiyadagi izlanishlari natijasida bugungi kundagi zamonaviy avtomatika va robototexnikaning ilk asoslarini yaratishgan deyish mumkin. Ilm-fan olamida  inqilobiy iz qoldirgan buyuk olimlarning  ixtirolari “Kitob al-Hiyal” (“Aqlli asboblar kitobi”) asarida o'z aksini topgan.

Ularning mashhur ixtirolari quyidagilar bo'lgan:

– O'z-o'zidan ochiluvchi eshiklar — havo bosimi va gidravlika asosida ishlaydigan mexanizm. Masjid eshiklari avtomatik tarzda ochilib-yopilardi.

– Suv bilan ishlaydigan avtomatik choynak — belgilangan vaqtda issiq suv quyib beradigan qurilma. Bu dasturlashtirilgan xizmat mexanizmining ilk ko'rinishi edi.

– Kodlangan xavfsizlik qulf tizimi — faqat maxsus kombinatsiya bilan ochiladigan qulflar, xavfsizlik mexanizmlarining boshlang'ich namunasi.

– O'lchovli suzuvchi shamlar — muayyan vaqtdan keyin signal beradigan shamlar. Bu qurilmalar vaqt o'lchashda innovatsion yondashuv edi.

– Mexanik musiqachilar va xizmatkorlar — suv bosimi bilan harakatga keluvchi, belgilanadigan harakatlarni bajara oladigan ilk “robot”lar.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan