Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi
Azizullah ARAL,
Yunus Rajabiy nomidagi Özbek milliy musiqa sanʼati instituti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi.
Zahiriddin Muhammad Bobur jahon tarixida, avvalo, Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solgan buyuk davlat arbobi sifatida eʼtirof etiladi. Biroq uning siyosiy va madaniy faoliyatini faqat Hindiston bilan çeklaş tarixiy haqiqatni töliq ifodalamaydi. Boisi, uluğ sarkarda merosining muhim va uzviy qismi Afğoniston, xususan, Kobul bilan boğliq. Şu maʼnoda, Bobur merosidan afğon xalqi ham bahramand ekani tarixiy dalillar bilan tasdiqlanadi. Aytiş kerakki, 1504-1526 yillar oraliğidagi Kobul davri Bobur hayotida hal qiluvçi bosqiç böldi.
Movarounnahrdagi siyosiy muvaffaqiyatsizliklardan keyin Kobul uning yangi tayanç nuqtasiga aylandi. Aynan şu yerda u mustahkam siyosiy asos yaratdi, özini “Kobul podşohi” deb eʼlon qildi, davlat boşqaruvini yölga qöydi va Hindiston sari yurişlari uçun harbiy-iqtisodiy baza şakllantirdi. Şu yerda uning tönğiç öğli Nosiriddin Muhammad Humoyun dunyoga keldi hamda u maşhur “Boburnoma” asarining asosiy qismlarini yozdi. Taʼkidlaş joiz, Bobur davrida “Afğoniston” atamasi hozirgi maʼnodagi yagona siyosiy davlat nomi sifatida qöllanilmagan.
Bu hudud turli tarixiy-geografik nomlar — Xuroson, Kobul, Balx, Ğazna kabi atamalar bilan atalgan. “Afğoniston” nomi mustaqil davlat sifatida 1747 yilda Ahmad Şoh Durroniy davlat barpo etgaç mustahkamlandi. Demak, Bobur faoliyat yuritgan hududlar bugungi Afğoniston tarixining muhim bosqiçlaridan biri hisoblanadi. Kobulning geosiyosiy ahamiyati alohida eʼtiborga molik. U Markaziy Osiyo bilan Hindiston örtasidagi savdo yöllari tutaşgan nuqtada joylaşgan; toğli hududlar bilan tabiiy muhofaza qilingan; köp millatli va köp madaniyatli ijtimoiy muhitga ega bölgan.
Amerikalik tarixçi Stiven Deyl taʼkidlaganidek, Kobul Bobur uçun strategik va psixologik tayanç hudud vazifasini ötagan. Bu yerda u nisbatan barqaror boşqaruv tizimini şakllantirdi va turli etnik guruhlar bilan muvozanatli siyosat yuritdi. Boburning Afğonistondagi eng yorqin meroslaridan biri — boğdorlik madaniyati. Temuriylar anʼanasidagi “çahor boğ” tamoyilini u Kobul tabiatiga moslaştirdi. Kobulda barpo etilgan “Boği Bobur” köp poğonali tuziliş, suv inşootlari, xiyobonlar va meʼmoriy uyğunlik bilan ajralib turadi. Bu makon nafaqat meʼmoriy obʼyekt, balki madaniy va ruhiy markazga aylangan. Bobur öz vasiyatiga köra, şu yerda dafn etildi.
Uşbu qaror uning Kobulga bölgan içki boğliqligini anglatadi: u imperiyani Hindistonda barpo etgan bölsa-da, qalban Kobulni tanlagan. Manbalarda Bobur tomonidan 30 dan ortiq turdagi lola ekib parvariş qilingani qayd etiladi. Uning ösimliklar, iqlim, tabiat manzaralari haqidagi yozuvlari aniq kuzatuv va tahlilga asoslangan. U turli hududlarning florasini taqqoslaydi, iqlim xususiyatlarini baholaydi, ayrim gullarning morfologik belgilarini tavsiflaydi. Şu jihatdan, Bobur faqat sarkarda emas, balki sezgir tabiatşunos va nozik didli adib sifatida ham namoyon böladi.
2014 yil bahorida Kobuldagi Osmoyi toğida Bobur ekkan 18 turdagi lolalar bilan yuzma-yuz keliş imkoni tuğildi. Bu gullarni nafaqat botanik hodisa, balki tarixiy uzluksizlik timsoli sifatida qabul qiliş örinli, albatta. Yaʼni ularni köriş beş asrlik tarix bilan muloqot qilişdek taassurot qoldiradi kişida. Bu holat “tirik meros” tuşunçasining amaliy ifodasidir. Men bu yerda lolalar bilan emas, balki tarix bilan bevosita yuzma-yuz keldim, suhbatlaşdim. Nafaqat gullarni kördim, hidladim, balki Boburning ruhiy dunyosiga yaqinlaşdim.
Atoqli davlat arbobining eng buyuk ilmiy-adabiy merosi — “Boburnoma”. Bu asar 1494-1529 yillar voqealarini qamrab olgan bölib, XV-XVI asrlar Markaziy va Janubiy Osiyo haqida qimmatli maʼlumotlar beradi. Asar tarixiy manba, geografik kuzatuvlar töplami, etnografik qaydlar va badiiy yodgorlik sifatida yuksak ahamiyatga ega. U 25 dan ortiq tilga tarjima qilingani uning jahon miqyosidagi nufuzini körsatadi. “Boburnoma” turkiy nasrning yetuk namunasi sifatida özbek, afğon va janubiy osiyo xalqlari örtasidagi tarixiy-madaniy boğliqlikni mustahkamlaydi.
Eʼtiborli jihati şundaki, Kobulda Bobur turli etnik guruhlar — özbeklar, tojiklar, puştunlar, hazoralar va boşqalar bilan muloqotda bölgan. U mahalliy aholining tili, urf-odatlari va ijtimoiy tartiblarini hisobga olgan holda boşqaruv olib borgan. Tadqiqotçilar Muzaffar Alam va Sanjay Subrahmanyam taʼkidlaganidek, uning siyosiy muvaffaqiyati köp millatli muhitda moslaşuvçan siyosat yurita olganida namoyon böladi. Keyinçalik bu tajriba Boburiylar davlatidagi köp madaniyatli boşqaruv modeliga asos vazifasini bajardi. Bugungi kunda Afğoniston va Markaziy Osiyo ekologik muammolar — suv tanqisligi, çöllaniş, iqlim özgarişi kabi jiddiy sinovlarga duç kelmoqda.
Bobur tajribasi esa davlatçilik va ekologik madaniyat uyğun bölişi mumkinligini körsatadi. U hukmdor böla turib daraxt ekiş, boğ barpo qiliş, suv inşootlari quriş orqali tabiat va jamiyat munosabatini mustahkamlaşga intiladi. Söngsöz örnida aytiş mumkinki, Osmoyi toğida gullayotgan lolalar — biologik davomiylikdan taşqari, tarixiy xotira ramzidir. Bu — tirik meros. Va bu faqat bir xalq yoki bir hududga tegişli emas, aksinça Markaziy va Janubiy Osiyo xalqlarini özaro çambarças boğlab turadi. Şu jihatdan qaraganda, undan barçamiz teng darajada bahramand ekanimiz, şubhasiz, şonli haqiqatdir.