X asr oxiri XI asr boşlarida yaşagan Ğarbda Alhazen nomi bilan tanilgan Ibn Haysam (mil. 965-1040) nafaqat fizika, balki matematika, mexanika va astronomiya sohalarida ham çuqur ilm egasi edi. U “Optika xazinasi” (“Kitob al-Manozir”)ni yozib, dunyo oftalmologiyasiga muhim yangiliklarni kiritgan. Kitobda köz anatomiyasi haqida juda köp maʼlumotlar bilan bir qatorda, uning funksiyasi hamda yoruğlikning tabiati haqida ham batafsil yoritilgan.

U köriş jarayoni va yoruğlik sinişi qonuniyatlarini örganib, inson közining qanday işlaşini ilmiy asosda tuşuntira oldi. Aynan şu tadqiqotlar asosida u “qamara” deb atalgan qurilmani — ilk optik kamerani yaratdi. Arab tilida “qamara” sözi “quyoş nurini aks ettiruvçi oy” maʼnosini bildiradi. Bu atama keyinçalik lotinçalaşib, “camera”, yaʼni “kamera” söziga aylangan, degan taxminlar ham bor.

Kunlarning birida Ibn Haysam özining qoronği xonasida kiçik bir teşikdan ötayotgan nurni qarama-qarşi devorda taşqi dunyo tasvirini aks ettirganini payqadi. Tajribalar natijasida olim yoruğlik nurlari töğri çiziq böylab harakatlanişini va bu nurlar bizning közimizga tuşganda köriş paydo bölişini aniqladi. Keyinçalik, qoronği xonada yaʼni,  “camera obscura”da tajriba ötkazgan Ibn Haysam özining kaşfiyotini tasdiqladi.

Xuddi şu tarzda, u “camera obscura” (lot.  camera obscura — “qoronği xona”) hodisasini birinçi bölib örgangan. Teşikli kameraning konsepsiyasi oddiy — bu obʼyektlarning optik tasvirini oliş imkonini beruvçi eng oddiy turdagi qurilma. Bu devorlardan birida teşik va qarama-qarşi devorda ekran bölgan yoruğlik ötkazmaydigan quti. Kiçkina teşikdan ötadigan yoruğlik nurlari  ekranda teskari tasvirni hosil qiladi. “Samera obscura” yuqori tasvir aniqligini taʼminlay olmaydi. Teşik diametri kiçraytirilganda, aniqlik faqat maʼlum çegaragaça oşadi, teşik juda kamayganda, yoruğlik difraksiyasining teşikka taʼsiri taʼsir qila boşlaydi va tasvir kamroq aniq böladi. Zamonaviy kameralarning tuzilişi bilan taniş bölganlar aynan şu tarzda işlaşini aytişadi, zamonaviy kameralar ham obʼyektivdan foydalanadi. Ibn Haysam fotosurat paydo bölişidan va rivojlanişidan ming yillar oldin ham hozirgi foto kameralarning ixtiro qilinişiga zamin yaratgan.

Ibn al-Haysamning ilmiy merosi nafaqat Şarqda, balki Yevropada ham çuqur iz qoldirgan. Uning “Kitob al-Manozir” asari keyinçalik “Optika xazinasi” nomi bilan lotin tiliga tarjima qilinib, Yevropa ilm-fanining yuksalişiga katta hissa qöşdi. Hatto Yevropada maşhur bölgan “Viteloning nuqtai nazari” asari asosan, Ibn al-Haysamning risolasiga tayangan holda yaratilgan.

Fransuz matematigi Çarlz Oberling unga: “Ibn Haysam bahslari yoruğlik ilmidagi asl manbamizdir” deya taʼrif bergan. Jorj Sarton esa Haysamni “eng buyuk musulmon fizigi va barça zamonlarning eng yaxşi optik tadqiqotçilaridan biri” deb atagan.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan