Abdulla Oripov,
Özbekiston xalq şoiri,
Özbekiston Qahramoni
Eslayman, yoz payti köçib çiqardik,
Çayla-kapa tikib poliz boşiga.
Paykalni qörirdik bizlar – bolalar.
Tars-tars yorilardi tong çoği qovun,
Tulki-yu ignasi hurpayib ketgan
Jayraning “hay-hay”dan qoçişin köring.
Bir safar qirğovul tuxumin yiğib,
Kurk tovuq ostiga bostirib qöydik,
Lekin qoçib ketdi oçgan jöjalar.
Böri oraladi deyişdi bir kun,
Qişloq yigitlari otliq çiqişib,
Uni kaltak bilan urib olişgan.
Öşa yillar turar hamon yodimda,
Namxuş poxol hidi, yalpiz ifori
Hanuz ketmagandir dimoqlarimdan.
Dunyoda qasrlar bölgan, albatta,
Biroq öşa kapa, öşa çaylamiz
Bizga Vatan bölmay, xöş, nima edi ?!
Zilzila yuz berdi Toşkentda söngroq,
Nogahon titradi ulkan bir şahar.
Qaşqar mahallasi tamom tökildi.
Gurzi yegan kabi behuş odamlar,
Timirskilar edi vayronalarni.
Öşa xarobalar Vatan edi-ku!
Çegarada turgan öspirin soqçi
Tunlar el oromin qöriqlayman der.
Öşa Vatan bölmay, nimadir, ayting?
Qatağonda ketgan Alizodaning
Xokin Samarqandda dafn etdilar.
Axir, şu emasmi Vatan degani.
Vatan hissi tanho, muqaddas, abad,
Özbek ovoz berdi dunyoviy bahsda,
Vatanga mansubdir öşa ovoz ham.
Xudo körsatmasin özga holatni:
Buyuk bir koşona bunyod etsang-u,
Unda yaşaydigan odam bölmasa.
Vatanni sevmoqlik ne ekanligin
Meros qilib ketgan bizga ajdodlar,
Uluğ kahramonlar, Sohibqironlar.
Bizga nasib etdi tengsiz saodat,
Dorilomon davr, qasri oliylar
Munosib bölmoqni söraşar endi.
Vatan deb atalgan sirli muhabbat
Poliz çekkasida munğayib turgan
Öşa çaylalarda tuğilgan asli.
2.04.2012 yil.