Bahor elimizga Zulfiyaning tuğilgan kuni
bilan kirib keladi…
Ustozimiz Mirtemir Zulfiyaxonimni “Tong kuyçisi” deb atagan edilar. darhaqiqat, Zulfiyaxonim nomi, şaxsiyati, şeʼriyati, şon-şuhrati tabiatning yaşariş fasli — bahorga va umrning munavvar tongiga bir hovuç nurday tutaşaveradi…
Zulfiya opa andak ğamgin, noxuş körinsalar, biz darrov Hamid Olimjondan söz oçardik. Uning şeʼrlarini yod ayta boşlasak, Zulfiya opa Hamid Olimjon şeʼrlaridan yod aytib, suhbatimizni qizitardilar. Kayfiyatlari kötarilib, Hamid Olimjon haqida yayrab-yaşnab söz oçardilar:
— Biz Oydin opa (Oydin Sobirova) va Hamid Olimjon bilan birga teatrga yoki uçraşuvlarga borsak, u kişiga eşittirib: “Hozir Hamid Olimjon eşikni oçib, bizni içkariga ötkazib yuboradilar… Hozir Hamid Olimjon paltolarimizni kiydirib qöyadilar…”, — der edik. Hamid Olimjon yoş boladay quvonib, oppoq tişlari çaraqlab kulardi-da, bizni oldinga ötkazib yuborar, paltolarimizni kiydirib qöyardi. Odamlar Hamid Olimjonday mağrur yigit şunçalar muloyim tortib, gapga kiradigan bölib qolganiga hayron bölişardi…
Qiş kunlari yaxmalak otişga çiqib turardik. Öşanda Hulkar tuğilişiga ozgina qolgan. Yaxmalak uçay desam, uçolmayman. Şunda Hamid Olimjon, qani, xonim, ötiring, mening paltomdan uşlang, men sizni çana tortganday yaxmalak uçiraman, der edi. Qiyqirib, şodon bölib yaxmalak uçar edik. Hamid Olimjon juda mehrli, sezgir va nihoyatda topqir inson edi. Bir kuni ziyofatga bordik. Baland poşnali tufli kiyib olganman. Yurişga qiynalaman. Qaytayotganimizda yuriş yana ham maşaqqat bölib ketdi. Şunda Hamid Olimjon, qani, xonim, tuflingizni yeçib menga bering, mana buni kiyib oling deb, tuflisini yeçib oyoğimga kiydirib qöydi. Men Hamid Olimjonning katta tuflisini kiyib, u esa yalangoyoq uyga qaytganmiz…
Hayotining bu quvonçli, zavqli lahzalarini opa közlari yonib, yuzlari yorişib, xuddi öşa holatni qayta boşidan keçirayotgandek huzurlanib sözlardilar. Balki, mana şu lahzalarning sönmas yodi Zulfiyaga to sönggi nafasigaça kuç-quvvat, mador, sabr-toqat bergandir…
Şamga parvona
…1943 yil. Hayot-mamot janglari dunyoni larzaga solib turgan suronli davr. Xalq qurol yasar, zavod-fabrikalarda uyqusiz dastgoh yurgizar, bir tişlam nonini ham, taşvişini ham front bilan baham körardi. Gospitallarda hamşiralar malhami bilan bir qatorda sanʼatkorlar qöşiq bilan yaradorlarni davolar edilar. Yurt yozuvçi va şoirlarning söziga ilhaq edi. Toşkentda adabiy hayot qaynar, bu yerda yaşayotgan taniqli rus, ukrain, belarus şoirlarining asarlari özbek tilida çop etilar, özbek jangçilarining kökrak çöntagida H.Olimjonning “Qölingga qurol ol”, Ğ.Ğulomning “Sen yetim emassan” şeʼrlari bilan birga K. Simonovning “Meni kutgil”i kabi noyob şeʼrlarning özbekça tarjimasi ham yurardi.
Belarus şoiri Yakub Kolasning yubileyi bölişi kerak. Adibning kitobini zudlik bilan özbek tilida çiqariş darkor edi. Xonadonning eng katta xonasi ikki şoirning ijodxonasiga aylandi. Örtada ikki yurakni birlaştirib şam yonadi. Bir şam yoruğida ikki dil, ikki safdoş şoir yarim tungaça Ya.Kolas bilan ğoyibona suhbatda. Kitobga sözboşini Hamid Olimjon yozar, şeʼrlarini Zulfiya özbek tiliga ögirardi. Uç kunda sözboşi ham, Zulfiyaga tegişli tarjima ham tayyor böldi. Şamning xira yoruğida bir xona keng jahonday bölib, bitta stolning ikki qanoti ilhom va mehnatda edi. Ular bitta nafasga aylanib baxtiyor yaşar, işlar edilar. Qiyin şaroitni payqamas edilar, hamma şunday yaşardi.
Öşa maşaqqatli kezlarda noziknihol Zulfiyaning qudratli tayançi — Hamid Olimjon yonida yoniq sözlarni izlaş va topiş osondek edi.
Tuş
— Hamid Olimjon halok bölganda (1944 yil) köru kar edim. Heç narsani bilmasdim. Öşanda uni kutib, teatrga boramiz deb çiroyli kiyinib olgandim. Xalq uni yelkasida olib borardi. Öşa mudhiş kun uning boşida turibmanu, xinoli barmoqlarimni qayoqqa qöyişni bilmayman. Kesib taşlanglar, deyman… Qaynonam Komila aya irodali edilar. Men va Sahobat yiğlab-yiğlab ikki yoqda çözilişib qolardik. Şakarli çoyga non ivitib, oğzimizga solardilar. Oradan köp ötmay, lağmon pişirib, ustiga köklar solib, dasturxonga tortdilar. “Oling, bolam, yeng. Abdulhamid yaxşi körardi buni. Avvallari ikkovingizga pişirib berardim”, — derdilar. — Motam aqlsizni — jinni, aqllini — dono qiladi.
Oh ona, ona! Sening borliğing sabr-toqat va madad edi!
Öşa kunlari tuşimga Hamid Olimjon kiribdi. Şunday zinadan tuşib ketayotsa, yiğlab orqasidan ergaşibman, yuguribman. “Qayoqqa borasiz, ana, onamdan örnak olsangiz-çi! Yiğlamang, bolalarga qarang, mening dunyoyim boşqa. Böldi, qoling, yiğlamang!” — Şunday deb çiqib ketib qoldilar, — deya sözlab berardilar ustoz…
Bu başorat — munis yöldoşini tirik hayot bağriga, katta şeʼriyat, elga xizmat yöliga undagan edi. Öşa bedod ayriliqning toğday yukiga qalamga tayanib, odamlarga suyanibgina, şoira tob berdi. Hijronning olovli çiğiriğidan porlab, jarohatli jayron dardiga em topib, yonib şeʼr yozdi…
Oltmiş yillik vulqon
Zulfiya 80 yoşida “Xotiram siniqlari” dostonini yozdi. Asar adabiy jamoatçilik orasida şov-şuv bölib ketdi. Bu dostonda şoiraning armonlari, akasining umriga zavol bölgan qatağon yillarining dahşati, muşfiq, munis onasi Xadiça ayaning dunyoni örtovçi iztiroblari alanga olib yotadi.
Bu doston Hurriyatning poyqadamiga bitilgan sevinç şukronasi, qirçinida qiyilgan akasi Normat Isroilovga 50 yil qaytib yozilgan marsiya qöşiği. Isroil ota nomidan qattol zamonga ayblovnomadir. 17 yoşida nobud bölgan öspirin öğlining dardi ona köksidagi doğ edi. Ismoil, Qodir degan öğillari er yetib, oyoqqa turdi, özidan köpaydi. Ularning farzand, nevara, evaralari ulkan çinor şajarasiga aylandi.
Zulfiya opa aytişlariça, yangalariga eş bölib, palak tikib ösganlar. Dono ona öz kelinlarini siylar, körkam, zebo bölib eşikdan kirgan barvasta öğillarini kutib olişni örgatarkan. Boğ hovli gulzor. Hovli etagida bir labi uçgan qozon tagida qişin-yozin ösma köm-kök gurkirab turarkan.
Şunday orasta, fayzli, xosiyatli xonadonda ösgan Zulfiyaning yana bir baxti — baxşifeʼl, muloyim, daryodil Komila ayaga kelin böldi, Hamid Olimjonning gavjum xonadoni mehrini qozondi…
Yozuvçi Sarvar Azimov, Hamid Olimjonning singillari Asolatxon, taniqli xirurg Rohatoy, muallima Sahobatoy, tarixçi olima Muhabbatoylar Zulfiyaxonimni bağoyat hurmat qilar, tuğişgan opalariday aziz bilişardi… Zulfiya opaning quvonçli kunlarida, hijron damlarida hamdam, hamdard, tayanç bölişgan ular…
Sönggi diydor
1996 yil. Bahorda Zulfiyaxonim betoblanib, statsionarga yotdilar. Özim bilan ovora bölib bora olmadim. Yoz oylari esa borişimga Hulkar opa ruxsat bermadilar. Tinimsiz tuş köraman: “Kompozitorlar” köçasining ikki tarafida oppoq stollar, stullar terilgan, oppoq dasturxonlar yozilgan… Yana qönğiroq qildim. Bu gal Omon aka (öğillari) ijozat bermadilar. Zulfiya opa bemor holatda şogirdlariga, muxlislariga körinişni istamasdilar.
Avgustning birinçi kuni. Özbekiston xotin-qizlar qömitasi vakillari, şoiralar “Temuriy malikalar” ilmiy anjumaniga yiğilişgan. Şu tadbirga boriş uçun şaylanib tursam, Bobojonov köçasidagi hovlimizga işxonadan qönğiroq böldi:
— Zulfiya opa ötibdilar…
…Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim yaşagan hovliga jönadim. “Kompozitorlar” köçasiga qayrilişimiz bilan, köçaning ikki çetida qator terilgan oppoq yelim kursilar közga taşlandi…
…Hovli, zinalar, köça odamlarga tölib ketdi, uzoq-yaqindan şoiraning döstlari, muxlislari, şogirdlari uni sönggi yölga kuzatiş uçun oqib kelardi. Gullar, gulçambarlar yeru kökka siğmas, bu köçaga bahor taşrif buyurganday közlar qamaşardi.
…Bahorning birinçi kuni dunyoga kelib, avgustning birinçi kunida ardoqli şoira Zulfiya Isroilova xalqi bilan xayr-xöşlaşib, bu foniy dunyodan ötdi…
Abadiyat lahzalari
2008 yil, 1 martda şoira Zulfiyaning haykali oçildi.
… Soat 11 da haykal yuzidan oq parda tuşirildi. Salobat tökib, ilhom oğuşida xayolga çömgan Zulfiyaxonimning siymosi oftobday çaraqlab ketdi…
…Öşandan beri Zulfiyaxonim haykali poyidan qadam uzilmaydi. Hamişa gullar yaşnab turadi. 1 mart — uning tuğilgan kuni şeʼriyat bayramiga aylanadi, şogirdlar, muxlislar, yoru birodarlar bu munavvar maskanga jamlanadilar, uni gullarga burkaydilar, şeʼrlar yangraydi, xotiralar qayta-qayta jonlanadi.
Özbekiston xalq şoiri
Oydin Hojiyevaning
“Tört tanho” kitobidan
qisqartirib olindi.