Kim Un Yon — Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan dunyodagi eng aqlli, zakovatli inson (intellekt darajasi — 210, Albert Eynşteyn va Stiven Hokingda IQ körsatkiçi 160 bölgan).
Professorlar oilasida tuğilgan Kim Un Yon 6 oyligidan sözlay boşlagan, 3 yoşida esa yapon, ingliz va nemis tillarida öqigan va erkin muloqot qilgan. Har bir tilni örganiş uçun unga taxminan 30 kun kerak bölgan. 4 yoşida integral va differensial tenglamalarni yeçar, şeʼr yozar, rasm çizar edi.
4 yoşidan 7 yoşigaça Seuldagi Xanyang universitetida öqigan.
8 yoşida uni AQŞga taklif qilişgan, u yerda taʼlim olgan va NASA bilan hamkorlik qilgan.
1974 yildan (12 yoşidan) 1978 yilgaça ilmiy tadqiqot işlari bilan şuğullangan. Köpçilik uning ilm-fanda inqilob qilişini başorat qilgandi, biroq kutilmaganda, yigirma yoşlarida Janubiy Koreyaga qaytgan.
U çekka hududdagi bir universitetda iş boşlagan.
Jurnalistlar “Nega bunday qaror qabul qildingiz?” deb söraşganda, Kim Un Yon şunday javob bergan: “Siz juda yuqori intellektual qobiliyatga ega daho, matematika yoki tillar böyiça yetuk mutaxassis bölişingiz mumkin. Lekin öz hissiyotlaringizni anglaş va boşqariş qobiliyati rivojlanmagan bölsa, bu Sizning şaxsiy va emotsional taraqqiyotingizni jiddiy ravişda çeklaydi. Intellekt va hissiyot bir-biri bilan çambarças boğliq, şaxs rivojlanişi ularning uyğunligini talab qiladi. Boşqa narsaning men uçun ahamiyati yöq!
Men odamlar orzu qilgan köp narsalarga juda erta erişganman. Lekin bu men uçun ahamiyatsiz ekanini tuşunib yetdim. Men uçun oddiylik muhim”.
Keyinçalik Kim Un Yon Çxunbuk milliy universiteti professori böldi va Janubiy Koreya infratuzilmasini rivojlantirişda faol iştirok etdi.
U özining haqiqiy qiymatini rekordlar yoki körsatkiçlarda emas, balki jamiyatga, insonlarga keltirayotgan foydasida köradi.