Köhna va muqaddas Turkiston biz uçun naqadar aziz va tabarruk. Asrlar davomida bu zaminda kamol topgan olimu ulamolar, maʼrifat ahli özlarining bebaho ilmiy va maʼnaviy merosi bilan butun başariyatni hayratga solib kelgan. Keçagina yaxlit bir diyor bölgan Turkiston zamini bugun beş davlat bölib ajralgan esa-da, sof maqsadlar yölida, özaro ahillik va tinçlikda yaşayotgan qardoş xalqlar buyuk ajdodlarimizning barhayot ruhlarini şod etmoqda. Şu doirada sirdaryolik bir guruh mehnat faxriylari bilan Qozoğistonning tarixiy markazlari — Turkiston va Ötror şaharlariga ziyorat safarini uyuştirdik. Bizga viloyat nuroniylari sardori Ötbosar Abdiyev hamda Kasaba uyuşmalari federatsiyasi viloyat kengaşi raisi Rustam Tursunmuratov boşçilik qildi.
Manzil ulovi – zamonaviy va barça qulayliklarga ega avtobusning öz tarixi bor: ötgan yili viloyat hokimi Erkinjon Turdimov taşabbusi bilan “Nuroniy” jamğarmasi viloyat bölimiga sovğa qilingandi. Köpçiligimiz bu fayzli avtobusda ilk bor uzoq safarga çiqqanimiz bois, keksalar eʼzozini joyiga qöygan rahbarlarimizga çin dildan minnatdorlik bildirdik. “Yuz marta eşitgandan bir marta körgan afzal”, deydilar. Safar taassurotlari qalbimizda bir olam böldi. Ikki qardoş respublika Prezidentlari muhtaram Şavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Töqayevlarning oqilona, döstona va oçiq siyosati tufayli çegaralardan ötiş heç qanday qiyinçiliksiz keçdi.
“Qoplonbek” çegara postidan ötişimiz bilan qozoğistonlik döstlarimiz bizni iliq kutib olib, özlarining şinam avtobusiga taklif qilişdi. Yöl boşlovçimiz — turizm idorasi xodimi Sabrina qizimizning mikrofon orqali sof özbek tilida aytgan ilk sözlari yöl çarçoğini unuttirib yubordi: “Aziz mehmonlar, jon qarindoşlarimiz, xuş kelibsizlar! Qadamingiz qutluğ, ziyoratingiz qabul bölsin!” Bu samimiyatdan özimizni musofir yurtda emas, öz tuğişganlarimiz davrasida his etdik va gözal Çimkent şahri orqali tarixiy Ötror zaminiga yöl oldik. Avtobusimiz sokin bir xotira maydoni oldida töxtadi.
Bu maskan — Çin yurtiga mardonavor yuriş qilgan, buyuk Sohibqiron Amir Temur bobomiz hayotining sönggi manzili, yaʼni foniy dunyoni tark etgan tabarruk maskan ekan. Qardoş qozoq xalqi uşbu tarixiy joyda gözal xotira yodgorligini tiklab qöyişibdi. Nuroniylarimiz bilan uluğ ajdodimiz ruhiga duoi fotiha öqib, suratga tuşdik. Peşin mahal jazirama issiq öz taftini körsata boşladi. Bu keng daştlar, ötlab yurgan tuyalar bizga muborak Haj safari yoki Imom Buxoriy yurti bölmiş qadimiy Buxoro kengliklarini yodga soldi. Köp ötmay, Xöja Ahmad Yassaviyning maʼnaviy ustozi, maşhur sahoba Arslonbob hazratlarining maqbarasiga yetib keldik.
Ziyoratgoh hovlisidagi quduqdan suv çiqarib içdik. Suvi ança şör bölsa-da, ixlos bilan simirib, maqbara içiga kirdik. Xalq orasida ajoyib bir rivoyat bor: Hazrat Arslonbob yetti yoşli Ahmad Yassaviyni izlab topib, unga Payğambarimizdan omonat bölgan xurmo danagini topşiradi va: “Oting Ahmad ekan, boşing töla hikmat ekan. Menda tunab, sendan tilasin, iloho omin”, deya duo qiladilar. Şu bois, ziyoratçilar, avvalo, Arslonbob, söngra Ahmad Yassaviyni ziyorat qilişni anʼanaga aylantirişgan. Ruhan yengillaşib, Turkiston şahri tomon yana 70 kilometr yöl yurdik. Tarixda “Şavgar”, “Yassi” nomlari bilan atalgan uşbu köhna şahar XV asrdan buyon “Turkiston” (Turkiy el) deb yuritiladi.
Bugungi kunda 400 mingga yaqin aholi yaşaydigan, özbek va qozoq millatlari ahil istiqomat qilayotgan bu şahar 2018 yildan buyon viloyat markazi hisoblanadi. Agar siz Turkistonni oxirgi ön yilda körmagan bölsangiz, uning bugungi qiyofasini tasavvur qilolmaysiz! Şahar zamonaviy turizm markaziga aylangan. Ayniqsa, oçiq osmon ostidagi suv havzasida taşkil etilgan, kemalarda suzib namoyiş etiladigan teatr şousi, rangli favvoralar va musiqali çiqişlar dunyoning eng rivojlangan sayyohlik şaharlaridan qolişmaydi. Safarimizning ikkinçi kuni tongda Xöja Ahmad Yassaviy maqbarasiga yöl oldik. Bu mahobatli obida ham buyuk bobomiz Amir Temur tomonidan barpo etilgan. Maqbara içida yetti xil metalldan quyilgan, oğirligi ikki tonna bölgan noyob sanʼat asari — Doşqozonni kördik.
Uşbu qozon 1393-1399 yillarda mohir usta Abdulaziz Tabriziy tomonidan Turkiston yaqinidagi Qarnoq qişloğida quyilgan. Juma namozini ado etiş uçun Özbekiston hukumati tomonidan qozoq birodarlarimizga döstlik ramzi sifatida qurib berilgan muhtaşam “Miromon ota” jome masjidiga bordik. Şarqona uslubdagi bu muqaddas dargohda qozoq va özbek namozxonlari yelkama-yelka, bir safda turib, ikki xalqning tinçligi va farovonligini söradik. Qadimdan “Safar qilsang, yoningda yaxşi yöldoşing bölsin”, deydilar. Safarimiz davomida 50 nafar sirdaryolik nuroniylar bir oiladek bölib ketdik. Avtobus mikrofoni bir daqiqa ham tinmadi.
Sayxunobodlik 80 yoşli tabarruk ustoz Tursunmurot Azimov dil sözlarini bayon qilarkan: “Şu paytgaça tirikçilik, rözğor taşvişlari bilan bölib, bu muqaddas joylarni ziyorat qiliş nasib etmagan edi. Bugun “Nuroniy” jamğarmasi kömagida orzularim uşaldi, özimni baxtiyor his qilyapman”, deya köziga yoş oldi. Kasaba uyuşmalari federatsiyasi viloyat bölimi raisi Rustam Tursunmuratov öz ijodkorligi bilan davraga fayz kiritdi — jonli ijroda gözal qöşiqlar kuylab, milliy raqslarimiz bilan nuroniylar kayfiyatini kötardi. Köp yillar rahbarlik lavozimlarida işlagan ustoz Qöziboy Abdullayev maşhur hofiz Faxriddin Umarov repertuaridan qöşiqlarni mahorat bilan ijro etgan bölsa, Nuriddin hoji Latipov Alişer Navoiy ğazallarini yoddan aytib, davrani lol qoldirdi. El suygan inson Nurillo Begimqulov esa taşkilotçilik va quvnoq suhbatlari bilan barçaning dilini xuşnud etdi.
Jamğarma vakili Rustam Bektemirovning nuroniylarga körsatgan ğamxörligi va masʼuliyati barçamizga namuna maktabi böldi. Şuningdek, safar davomida Akbarali Mirzaahmedov, Aliboy Oltmişev, Ravşanbek Mahmudov, Jumaboy Otaxonov, Obidjon Abdullayev kabi mehnat faxriylari, Muhammadali Hasanov, Örazmat Xolmatov, Oliboy Ibodov, Jöraboy Zulxaydarov, Ibrohim Bekbolayev kabi oqköngil zamindoşlarimiz bilan diydorlaşib, yoşlik xotiralarini yodga oldik. Qaytiş yölida Çimkentdan ötayotganimizda yana bir xuşxabar eşitdik.
Guruh rahbarimiz Ötbosar Abdiyevga “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisi Sodiqjon Turdimov qönğiroq qilib, otaxonlarning soğliği, kayfiyati bilan qiziqdi va oq yöl tiladi. Bunday yuksak eʼtibordan qalblarimiz toğdek yuksaldi. Inson yoşi ulğaygani bilan uning qalbidagi gözallikka, hayotga bölgan muhabbati aslo sönmas ekan. Keksalik — uyda bekor ötiriş degani emas. Sirdaryo viloyati nuroniylar jamğarmasi tomonidan taşkil etilgan uşbu sayohat keksalarimizning jamiyatning ajralmas va ardoqli qismi ekanligini yana bir bor isbotladi.
Mirzaahmad ŞOYIMOV,
Özbekiston Qahramoni.
Kamolxon UBAYDULLAYEV,
Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi.