Bugungi kunda Toşkent viloyati Böstonliq tumanida ham yoşi uluğ nuroniylarni qadrlaş, ularning ijtimoiy faolligini oşiriş borasida amalga oşirilayotgan tadbirlar doirasida “Keksalar uçun turizm” loyihasi ham qizğin davom ettirilmoqda. Mazkur loyiha doirasida keksa faxriylar yurtimizning turli göşalarida bölib, ham sayohat, ham ziyorat zavqidan bahramand bölmoqdalar.
Tumanning bir guruh faxriylari, muhtaram otaxon va onaxonlarning bu galgi sayohati Samarqand viloyatining tabarruk qadamjolari va tarixiy ziyorat maskanlariga böldi.
Mazkur sayohat davomida ular Samarqandning muqaddas ziyoratgohlari hamda boy tarixiy-madaniy meros obʼyektlarida bölib, xalqimizning bebaho maʼnaviy qadriyatlari bilan yaqindan tanişiş imkoniga ega böldilar. Ular azizlar qadamjolarida ziyorat amallarini bajarar ekanlar, bugungi kunda faxriylarga nisbatan ulkan eʼtibordan mamnun bölib, davlatimiz rahbariyatiga minnatdorlik bildirdilar. Xalqimizga tinçlik, yurtimizga farovonlik tilab, duolarga qöl oçdilar.
M.Nazarova.