Avval xabar berganimizdek, bir guruh sirdaryolik nuroniylar Qozoğistonning Turkiston şahri va viloyatidagi muqaddas qadamjolarga ziyorat uyuştirgandi. Uşbu xayrli taşabbusning mantiqiy davomi sifatida navbatdagi sayohat Samarqand şahridagi tarixiy ziyoratgohlar hamda Imom Buxoriy majmuasiga taşkil etildi. Iştirokçilar safida el tanigan ziyolilar va ijodkorlar — ustoz Akbarali Mirzaahmedov, professor Ravşanbek Mahmudov, faylasuf olim Sobirjon Ismoilov, jurnalist Kamolxon Ubaydullayev hamda yozuvçi va jurnalist Omongeldi Norbekovlarning borligi tadbir mazmunini yanada boyitdi.
Davradagi ilmiy va adabiy gurunglar safar fayzini oşirdi. Navbatdagi manzillarda hamrohlik qilgan “Samarqandturizm” vakili Amirbek özining çuqur tarixiy va diniy bilimlari, madaniyati hamda har bir obʼyekt böyiça batafsil tuşuntirişlari bilan eʼtirofga sazovor böldi. Sirdaryolik faxriylar ziyorat dasturini Payariq tumani Xartang qişloğida joylaşgan muhtaşam Imom Buxoriy majmuasidan boşlaşdi. Bugungi kunda majmua tubdan qayta qurilib, yangi qiyofa kasb etgan. Hududning umumiy maydoni 45 gektarni taşkil etib, unda 10 ming kişiga möljallangan ulkan masjid, maʼmuriyat binosi hamda milliy uslubdagi 154 ta ustundan iborat ayvon barpo etilgan.
Majmua tarkibidagi 14 ta moviy gumbaz va balandligi 75 metr bölgan 4 ta haybatli minora maskanga özgaça mahobat baxş etib turibdi. Şuningdek, majmua qoşida zamonaviy turizm markazi yaratilgan. Atrofdagi 15 gektar maydonda zarur infratuzilma şakllantirilib, bitta tört yulduzli, ikkita uç yulduzli mehmonxona, 176 öringa möljallangan 22 ta oilaviy mehmon uylari hamda avtoturargoh barpo etilgan. Mazkur obʼyektlar töliq kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlanib, hududda keng kölamli obodonlaştiriş işlari bajarilgan. Buning natijasida Imom Buxoriy majmuasining kunlik ziyoratçilarni qabul qiliş quvvati ilgarigi 12 ming nafardan 65 ming nafargaça yetkazilgan.
Majmua hududida ilğor axborot texnologiyalari asosida 9 ta pavilondan iborat innovatsion muzey taşkil etilgan. Uşbu muzey islom olamida “muhaddislar sultoni” deya eʼtirof etilgan Imom Buxoriyning hayoti, ilmiy merosi va islom maʼrifati rivojiga qöşgan hissasini tölaqonli yoritib beradi. Şu bilan birga, muzey ekspozitsiyasidan Qurʼoni karimda ismlari zikr qilingan 25 payğambar tarixi, Muhammad alayhissalomning şajarasi, Makka va Madina davridagi hayoti hamda hadislarning jamlanişi va yozilişi jarayonlariga oid noyob maʼlumotlar joy olgan.
Muborak Juma ayyomi kuni majmuada sirdaryolik nuroniylar bilan bir qatorda, Malayziya va dunyoning önlab boşqa davlatlaridan kelgan ziyoratçilarni körib, qalbimizda milliy qadriyatlarimiz va buyuk ajdodlarimiz merosiga nisbatan yuksak faxr tuyğusi şakllandi. Kunning ikkinçi yarmida ziyoratçilar Şohi Zinda majmuasiga taşrif buyurişdi. Muhammad Qusam ibn Abbos maqbarasi atrofida vujudga kelgan uşbu meʼmoriy yodgorlik 25 ta maqbaradan iborat yaxlit tizimni taşkil etadi. Yölboşlovçi Amirbek bu yerda ham Qusam ibn Abbos hayotiga oid tarixiy faktlar va xalq orasidagi rivoyatlarni maroqli tarzda sözlab berdi.
Maʼlumot örnida, bu uluğ zot payğambarimiz Muhammad (SAV) Tolib hukmronligi davrida (656-661 yillar) Makka şahrining hokimi vazifasini bajargan hamda keyinçalik uşbu hududlarda islom dinini tarğib etişda faol iştirok etgan. Ikki kunlik sayohat mobaynida nuroniylar Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni va undagi maşhur madrasalar, yangi qiyofa kasb etgan Bibixonim madrasasi, Birinçi Prezidentimiz Islom Karimov uy-muzeyi va qabrini hamda boşqa köplab qadamjolarni ziyorat qilişdi.
Tadbirni yuqori saviyada taşkil etişda viloyat hokimligi, Kasaba uyuşmalari federatsiyasi viloyat kengaşi, “Nuroniy” jamğarmasi viloyat bölimi masʼullarining hissasi katta böldi.
Munavvar PARDAYEV,
Sirdaryo viloyati.