Urgutlik nuroniylar qalbida unutilmas taassurotlar qoldirgan sayohat
Mamlakatimizda keksa avlod vakillarini eʼzozlaş, ularning mazmunli dam olişi, içki turizm imkoniyatlari asosida sayohat qilişlari uçun munosib şaroit yaratiş davlatimiz siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylandi.
Xususan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 15 maydagi “2025-2026 yillarda sayyohlar oqimini keskin köpaytiriş va turistik xizmatlar kölamini jadal kengaytiriş orqali turizmning iqtisodiyotdagi örni va ahamiyatini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni ijrosi doirasida Samarqand viloyatining Urgut tumanidan bir guruh faol nuroniylar iştirokida Toşkent şahriga ikki kunlik maʼrifiy sayohat taşkil etildi.
Sayohat muqaddas Zangiota ziyoratgohidan boşlandi. Aziz-avliyolar qadamjosida qilingan duolar, ado etilgan ibodatlar iştirokçilar qalbiga özgaça zavqu şavq bağişladi.
Şundan söng sayohatçilar poytaxtning diqqatga sazovor maskanlari — “Ğalaba boği” yodgorlik kompleksi hamda Oqsaroy majmuasi bilan tanişdilar. Mustaqillik yillarida Toşkentning mutlaqo yangiça qiyofa kasb etgani iştirokçilarni birdek hayratga soldi.
Hazrati Imom majmuasi hududida qad rostlagan Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati bilan tanişuv asrlarga tatigulik taassurotlar tuhfa etdi. Milliy meʼmorçilik anʼanalari va zamonaviy arxitektura uyğunligida bunyod etilgan muhtaşam inşoot nafaqat öz salobati, balki mazmun-mohiyati bilan ham barçani maftun etdi. Gidlar hamrohligida markaz ekspozitsiyalari bilan tanişgan nuroniylar noyob qölyozmalar, qadimiy osoriatiqalar, hujjatli filmlar va fotokörgazmalar orqali xalqimizning köp ming yillik maʼnaviy va madaniy taraqqiyoti haqida yanada boy tasavvurga ega böldilar.
Ekspozitsiyalarda Birinçi va Ikkinçi Renessans davrida yurtimizdan yetişib çiqqan buyuk allomalarning jahon ilm-fani va tamadduniga qöşgan ulkan hissasi yorqin aks ettirilgan. Bu manzaralar har bir iştirokçi qalbida çeksiz iftixor va ğurur tuyğularini uyğotişi tabiiy, albatta.
— Islom sivilizatsiyasi markazidan bir olam taassurotlar bilan qaytdim, — deydi nuroniy Xöjamqul hoji Zokirov. — Bu yerdagi har bir eksponat, har bir qölyozma, har bir tarixiy hujjat ajdodlarimizning naqadar yuksak ilm-maʼrifat sohiblari bölganini namoyon etadi. Bu boy merosni köriş insonning özligi va millat tarixi haqidagi tasavvurini yanada boyitadi.
Mehnat faxriysi, guruh rahbari Şuhrat Ahmedov ham sayohatdan olgan taassurotlari bilan örtoqlaşdilar:
— Men talabalik yillarimda Toşkentda öqiganman. Bugungi poytaxtimizni körib, tanib bölmaydi. Zamonaviy binolar, gözal xiyobonlar, obod maskanlar Yangi Özbekistonning ulkan bunyodkorlik salohiyatini namoyon etadi. Ayniqsa, Islom sivilizatsiyasi markazi yurtimizning maʼnaviy yuksaliş ramzi sifatida har bir vatandoşimiz faxrlanadigan maskanga aylangan.
Sovğon qişloğilik sobiq tarix fani öqituvçisi Melihurram bobo esa sayohatdan olgan ruhiy kuçini şunday ifoda etadi:
— Amir Temur, Abu Nasr Forobiy, Mirzo Uluğbek, Beruniy, Ibn Sino, Alişer Navoiy, Mirzo Bobur, Al-Xorazmiy va Al-Farğoniy kabi buyuk zotlarimiz merosi bilan yana bir bor yuzma-yuz keldik. Bugun mamlakatimizda Uçinçi Renessans poydevori barpo etilmoqda. Işonamizki, kelajakda yurtimizdan dunyo ilm-fani va taraqqiyotiga munosib hissa qöşadigan allomalar yetişib çiqadi.
Darhaqiqat, Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar inson qadrini uluğlaş, milliy özlikni anglaş, tarixiy xotirani tiklaş va maʼnaviyatni yuksaltirişga xizmat qilmoqda. Bu yölda nuroniylar hayotiy tajribasi va maʼnaviy merosi yoş avlod uçun ibrat maktabi bölib qolaveradi.
Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Urgut tumani hokimligi hamda “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi taşabbusi bilan taşkil etilgan uşbu sayohat iştirokçilar qalbida unutilmas xotiralarga aylandi. Ular nafaqat poytaxtimizning bugungi taraqqiyotini öz közlari bilan kördilar, balki xalqimizning buyuk tarixi, boy madaniyati va yuksak maʼnaviy merosi bilan yana bir bor tanişib, faxrlaniş baxtiga muyassar böldilar.
Quddus ASKAROV,
“Nuroniy” jamğarmasi
Urgut tumani bölimi raisi.
Matlab HASANOV,
faxriy jurnalist,
mehnat faxriysi.