Mamlakatimizda turizm salohiyatini oşiriş, sayyohlarga xizmat körsatiş sifatini yanada yaxşilaş maqsadida Xiva hamda Toşkent şahrini özaro boğlaydigan “Jaloliddin Manguberdi” nomli tezyurar poyezdi harakati yölga qöyilgan edi.

Darhaqiqat, “Xiva-Samarqand-Toşkent-Xiva” marşruti  bosib ötiladigan yöl masofasini qisqartiribgina qolmay, ortiqça ovoragarçiliklarga ham barham berdi. Bu, tabiiyki, yurtimizda turizm uçun öziga xos qulayliklar yaratdi.

Xorazm viloyati hokimligi taşabbusi bilan “Keksalar uçun turizm” loyihasi doirasida faol nuroniylar iştirokida sayohat taşkil etildi.

— Bu galgi sayohat barça nuroniylar könglini toğdek kötardi, — deydi sayohat iştirokçisi, “Nuroniy” jamğarmasi Xorazm viloyati bölimi jamoatçilik kengaşi aʼzosi Zaripboy Ibragimov. — Turli soha vakillaridan iborat 45 nafar xorazmliklarning Jamğarma viloyat bölimi raisi Rustam Sultonov boşçiligida “Jaloliddin Manguberdi” nomli tezyurar poyezdida Samarqand va Toşkent şaharlariga sayohatga çiqqani ayni muddao böldi. Men ham uşbu safardan olam-olam taassurotlar oldim. Ularni öz mahallamda aholi, ayniqsa, yoşlar örtasida keng tarğib qilaman. Maqsadim — Vatanimiz va xalqimiz farovonligi, yuksalişiga munosib hissa qöşiş.

Guruh aʼzolari şu kuni Samarqanddagi Imom al-Buxoriy majmuasi, Toşkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi bilan yaqindan tanişdilar. Sayohatçilar uşbu eʼtibor va imkoniyat uçun tadbir taşkilotçilariga taşakkur bildirib, duoga qöl oçdilar.

Şavkat SULTONOV,

“Nuroniy” muxbiri.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan