Gözal Farğonaning Vodilida 101 yoşli tabarruk onaxon Saodatxon aya Matkarimova yaşaydilar. Vodilliklar “bizning Saodatxon onamiz” deb hurmat qiladigan aya bilan suhbatlaşsangiz, inson sabr va şukr bilan yaşaşi qançalik muhim ekanligini anglab yetasiz.
Saodatxon ona yoşligini eslaganda, “Yetimning körgan kuni qursin” degan sözlarni köp takrorlaydi. Çunki uning bolaligi ham bir mehribonga zor bölib, yetimlikda ötgan edi. Onasi kasallikdan vafot etgan, özi, singlisi, ukasi çirqirab qolgan edi. Uç farzandini bağriga bosib, kulfatdan gangib qolgan otasining bir keçada soçi oqarib ketgandi. Taqdirning azobli ayriliğidan dastlab özini yöqotib qöygan otasi közlariga javdirab turgan uç polaponi uçun ham özini qölga olişi kerakligini tuşunib yetdi. Endi ham ota, ham ona bölib, bolalarini voyaga yetkaziş uçun harakatga tuşdi.
Yetimlik insonni erta ulğaytirib qöyişi rost ekan. Keçagina ota-onasining erkasi bölib yurgan qizaloq birdaniga ulğayib qolgandek sezdi özini. Otasi işga ketganda ukalariga qarar, kirlarini yuvar, qölidan kelgança ovqat tayyorlab berişga harakat qilardi. Işdan keç keladigan otasini kutib, onasini soğinib yiğlab-yiğlab, uxlab qolgan ukasi va singlisining tepasida ötirardi. To eşikdan otasi kirib kelmagunça uxlamas, xavotirdan mijja qoqmasdi. Afsuski, bu kunlari ham holva ekan. Ikkinçi jahon uruşi boşlandi-yu otasini Rossiyaga, mehnat frontiga, qurol-aslaha işlab çiqaradigan zavodga olib ketdilar. Noiloj yölga çiqqan ota yon qöşnisiga farzandlaridan xabar olib turişni tayinlar ekan, köz yoşini töxtata olmasdi.
Otasi ularni mahkam bağriga bosgani, katta farzandi Saodatxonga ukalarini işonib topşirib ketgani hali köz öngida turadi. Endi bu uç bola uçun haqiqiy yetimlik boşlangandi. Özi endigina ön beşdan ön oltiga ötgan qizça ikki ukasini boqişi, qornini töydirişi, mehribonlik qilişi kerak edi. Tabiatan tirişqoq va kuyunçak bölgan Saodatxon bularni epladi. Kiyimi yirtilib, titilib ketgan singlisiga onasi rahmatlining köylagini kiçraytirib tikib berdi, ukasiga otasining kiyimlarini mosladi, qisqasi, ularni asrab-avayladi. Kartoçka bilan beriladigan qora nonni uçga taqsimlar, ammo oçlikdan sillasi qurigan ukalari uning közini şamğalat qilib, nonni topib yeb qöyar, ikki-uç kungaça tuz totmay yurişga majbur bölib qolar, lekin şunda ham ukalarini urişmasdi. Nihoyat, uruş tugadi, bu kunlarga qanday yetdi, nimalarni boşidan ötkazdi yolğiz öziga va Yaratganga ayon. Yurtda sekin-asta tinç kunlar boşlandi.
Bir kuni uning quvonçni unutib qöygan könglini şodlikka töldirib, otasi eşikdan kirib keldi. Rangpar, holsiz, ammo böylari çözilib qolgan farzandlarini soğ-salomat körib, otasi yiğidan özini töxtata olmasdi. Hayotlari asta-sekinlik bilan izga tuşa boşladi. Dalalarda mehnat qizib, hayot farovonlaşa bordi. Saodatxon ham dalada işlab kelar, keçqurunlari esa oy yoruğida mahalla ayollariga köylaklar tikar, şu yöl bilan rözğorni butlaşga hissa qöşardi.
Uruşdan keyin uddaburon, mehnatkaş Saodatxonning qölini söraganlar köp böldi. Otasi va ukalarini öylab, Saodatxon turmuş qurişni istamasdi. Uruşdan keyingi tinçlik kunlarida katta bölib qolgan, hayot qiyinçiligi erta ulğaytirgan qiz otasidan qayta turmuş qurişini sörardi. Ammo otasi boşqa uylanişni xohlamas, “Özim ögay onaning zulmini köp kördim, farzandlarimga u kunlarni ravo körmayman”, deb boşqa uylanmadi.
Otasi va ukalaridan köngil uzolmagan qiz turmuş qurişni ortga surardi. Ammo peşonaga yozgani bölar ekan. Saodatxon ham uruşdan qaytgan yigit — Mamasiddiq Matkarimov bilan taqdirini boğladi. Beş nafar farzand kördilar. Taqdir unga yetim boqişni nasib qilgan ekan. Uruş davrida ukalarini boqqan Saodatxon endi erining jiyanlariga ham onalik qildi. Vafot etib ketgan qaynsinglisining ikki farzandi, öz singlisining qizi, ukasining farzandlari, hammasini özi boqib, turmuşga berdi.
Bugungi kunda onaxon 17 nabira, 51 çevara, 17 evaraning sevimli buvisi bölib, eʼzoz va hurmat oğuşida yaşamoqda. Bor kuçi va imkonini işga solib, halol peşona teri bilan birovdan kam qilmay östirgani, farzandlari qatori farzand bölib qolgan yetimlarning farzandlarini ham qöşib hisoblasa, eh-he, butun bir mahalla bölib ketadi.
— Taqdirimdan roziman, — deydi onaxon, — Yaratganga bir amalim yoqqandirki, şunça uzun umr berdi. Bugungi dorilomon kunlarni körib, ötmişdagi qiyinçiliklarimizni aytib bersam, bolalar ertak deb öylaydi. Farzandlarimga, nabiralarimga bugungi kunlarning qadriga yetişlari uçun ötmiş xotiralarini qayta-qayta aytib beraman. Biz, keksalarni eʼzozlab, qadrlayotgan davlatimiz rahbariga öz minnatdorligimni bildiraman. Zamonamiz tinç bölsin, uruş davri qiyinçiliklarini biz kördik, avlodlarimiz körmasin, tinçlik-omonlik bölsin! Zamonamizga köz tegmasin!
Tabarruk onaxonning duolariga şerik bölarkanmiz, beixtiyor köz öngimizga uruş dahşatlari keladi. Ha, bunday ofatlardan yurtimizni Özi asrasin. Tinçligimiz abadiy bölsin. Zero, tinçlik neʼmatlar içida eng ardoqli va keraklisidir.
Asolat AHMADQULOVA,
“Nuroniy” muxbiri.