Uruş… u öz nomi bilan insonlar qalbiga oğriq, iztirob va alam soladi. Ayniqsa, ikkinçi jahon uruşi janggohlarida mardlarça halok bölgan, bedarak ketgan qahramonlar, janglardan mayib-majruh bölib qaytgan bobolarimizni eslasak, bir dardimizga ön dard qöşiladi. Front qançalik oğir bölsa, uning ortidagi yana bir janggoh — mehnat fronti undan-da oğir bölgan.
Çunki öşa davrda hamma narsa ğalaba uçun, hamma narsa front uçun edi. Tunu kun mehnat qilayotgan xalq hatto oğzidagi eng sönggi tişlam noni-yu kiyimigaça frontga jönatgan. Özi esa oçlik, yupunlikka bardoş bergan. Buni, albatta, öşa davrlarni körgan, oçlik, yöqlik, oğir mehnat azoblarini boşdan keçirganlargina biladi.
Rahimnazar bobo Yaxşiqulov 1925 yil 10 may kuni Surxondaryo viloyati Şörçi tumanida tavallud topgan. Bu yil tabarruk 101 yoşini nişonlayotgan otaxonning ösmirlik yillari uruş davriga töğri keldi. Uruş boşlanganda 16 yoşda bölgan öspirin uning bor dahşati, azobini öz boşidan ötkazdi. Işga yaroqli kişilarning hammasi uruşga ketib, xöjalik yuritiş faqat keksalar, ayollar va bolalarga qolib ketgan. Ular yaşaydigan hududlar qurğoq yerlar bölganligi uçun, asosan, lalmi ekinlar ekilardi. Zarang yerlarni omoçda haydaş, ekin ekiş kabi işlarni, asosan, keksalar va bolalar bajarardi. Omoç tortadigan hökizlar nihoyatda çarçab qolar, baʼzida yotib qolgan hökizni örnidan turğaziş şunçalik maşaqqatga aylanardiki, bunday paytda vaqtni zoye ketkazmaslik uçun omoçni hökiz bilan barobar tortişga töğri kelardi.
Odamlar oçlik, oğir mehnat sababli holdan toygan bölsalar ham, köngillaridagi ğalabaga, ertangi yaxşi kunlarga bölgan işonç ularni oyoqqa turişga undardi. Oçarçilik, uzoq çözilgan uruş, kasalliklar odamlarning tinka-madorini quritgan kunlarning birida, nihoyat, ğalaba haqidagi xuşxabar tarqaldi. Hatto sevinib, bayram qilişga ham holi qolmagan odamlarning mehnatdan yağir bölib ketgan yelkasiga oftob tegadigan böldi.
Uruşga ketganlar birin-ketin qayta boşladi. Köpçiligi yarador, yo qöl, yo oyoği yöq. Baʼzilari qöltiqtayoqda. Jangga ketganlarning köpçiligi esa… qaytmadi. Kimdir yarimjon bölsa ham qaytganiga xursand, baʼzi xonadonlarda aza oçilgan, baʼzilari qoraxatga işonmay, umidini uzmagan kunlar boşlandi. Harqalay, nogiron bölsa ham yigitlarning kelgani işni ança yengillatdi. Bu vaqtga kelib, yoşi yigirmaga kirib qolgan Rahimnazarga jamoa xöjaligining çorvasi işonib topşirildi. Qöylarni haydab qir-adirlarga çiqib ketgan yigit yillar ötib, nafaqaga çiqqanida ham çöponlik tayoğini taşlamadi.
Rahimnazar Yaxşiqulov ayoli Tojigul ona bilan birgalikda uç öğil va beş qizni voyaga yetkazgan. Farzandlarining bari hayotda öz örnini topgan, piru badavlat bölib, bugungi kunda nafaqaga çiqqan. Onaxon köp yillar avval vafot etgan. Ikki öğli otasining qölidan çöponlik tayoğini olib, ota kasbini davom ettirayapti. Qizlari ham özidan tingan, 36 nafar nevara, 65 nafar çevaraning suyukli bobosi bölib bugungi kunda keksalik gaştini surmoqdalar.
— Biz uruş paytida mehnat frontida jang qildik. Ğalabaga baholi qudrat öz hissamizni qöşdik. Mana, dorilomon kunlarga ham yetib keldik, ming şukr. “Yuk kötargan yerda qolmaydi”, deganlaridek, bir paytlar qilgan mehnatimizning rohatini körib yuribmiz. Har doim farzandlarimga, nabiralarimga bugungi omon-omon kunlarning qadriga yetiş, Vatanimiz gullab-yaşnaşi uçun öz hissalarini qöşişlari lozimligini uqtirib kelaman. Mendek front ortida mehnat qilgan nuroniylarni har doim qadrlab, tez-tez yöqlab turadigan, hamma şaroitlarni yaratib berayotgan davlatimiz rahbariga öz minnatdorligimni bildirib qolaman. Ilohim, yurtimiz tinçligiga köz tegmasin, mustaqilligimiz abadiy bölsin! — deydi yuz yoşdan oşgan Rahimnazar bobo duoga qöl oçarkan.
Darhaqiqat, bugungi tinç va farovon hayotni barpo etiş öz-özidan bölgani yöq. Buning uçun ajdodlarimiz ne-ne jabru sitamlarni boşdan keçirdilar. Bizning vazifamiz — mana şu gullagan hayotni asraş, uni yanada yaşnatiş va avlodlarga gözal holatda qoldirmoqlikdan iboratdir.
Asolat AHMADQULOVA,
“Nuroniy” muxbiri.