Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi “Yangi hayot” MFYda bundan 60 yil avval Rossiyaning Ufa şahridan kelib, ayoli vafot etgan Mardiqul Qodirovga rafiqa, uning beş nafar öğliga onalik mehrini bergan, bugun 102 yoşga yetgan Aptriyeva Şumotbika ism-şarifli onaxon istiqomat qiladi.

— Onamiz vafot etganda men uç yoşda ekanman. Onamni eslay olmayman, — deydi yuragi tölib Bekmurod  Qodirov. — Ammo Şumotbika onamning mehri bilan ulğayganim, tört akamdan, hatto öz öğli Viktor akamdan ham meni köproq yaxşi körganini har doim sezaman, yodda tutaman.  Dunyoda ögay degan ibora borligi yolğon deb öylayman. Çunki ufalik onamiz bu iborani yöqqa çiqargani ayni haqiqat.

Darhaqiqat, Şumotbika ona haqida barça farzandlari oğzidan bol tomib gapiradi. 1983 yilda turmuş örtoği Mardiqul aka  vafot etadi. Ammo  Şumotbika ona özining öğli  Viktor va Oqdaryoda tuğilgan qizi Gulsora bilan jami yetti nafar bolani voyaga yetgazgunça ham ota, ham ona böldi. Kolxozda  yer çopdi, ğöza çilpidi, yagana qildi, paxta terdi,  pillakor bölib  yuqori hosil yetiştirdi. Kolxozning zör pillakori deya “Moskviç”  avtomobili bilan mukofotlandi ham. Böş qoldi degunça çevar bölib kiyimlar tikdi, ip yigirib, junpaypoq töqib, töquvçilik ham  qildi.

Uyda sigir soğdi, kir yuvdi, ovqat pişirdi. Tandir tölatib non yopib, yetti farzandining oğziga tutdi. Tomorqasiga ekin ekib, parvariş qildi. Tunlari alla aytib, beşik tebratdi. Xullas, asl özbek ayoli böldi. Kiyinişi, özbekça odatlarni jon dili bilan bajarişini körgan el uning boşqa millat ayoli ekanini butunlay unutdi. Axir, mahalla-köyning töy-törkinida,  musibatli aza kunlarida kökrak burma köylak, özbekça kamzul kiyib, Samarqandça römol yopinib, iştirok etdi. Köpga ibrat böldi.

Mardiqul Qodirovni Oqdaryoda  duradgor usta deyişardi. Qişloqdagi uylarning sakson foizini şu usta qurgan. Şumotbika ona bundan faxrlanar, öğli Viktorga doim “Dadangning kasbi zör. Duradgor  usta deb  hamma hurmat qiladi. Sen ham örgan, bolam”, — deya yuragiga havas solib, duo qilardi. Onaning farzandga duosi  ijobat deganlari rost.  Şumotbikaning Ufada tuğilgan öğli Viktorjon aynan ustaçilikka mehr qöydi. Dadasining yonida  yurib, uning hunarini puxta egalladi.

— Norbonu yangam Viktor akamning ayoli, — deydi Bekmurod aka. — Viktor akam ota kasbini eʼzozlab obrö topdi. Qöli gul usta bölib yetişdi. Qişloqda Viktor akamni yaxşi körgan qizlar köp edi. Norbonu yangam bilan sinfdoş bölişgan. Juda baxtli yaşaşdi.  Afsus,  Viktor akam vafot etib qoldi.

Şumotbika ona  olti nafar öğilni  özi sovçilikka borib uylantirdi. Olti keliniga  beozor va mehribon qaynona böldi. Oltov kelin ham uning izmida rözğor tutib, bilmaganini örgandi.

Onaxon 102 yoşga yetib, ança-munça narsani esdan çiqarişi mumkin,  ammo 1983 yilda eri Mardiqul otaning, 2018 yili öğli Viktorjonning, 2021 yilda esa tönğiç öğli Şodiqulning vafot etganini  sira esdan çiqarmaydi. Esladi degunça mehribonliklari, işçanliklarini gapirib, köziga yoş oladi.

Norbonu kelin ham uni  juda yaxşi köradi. Öğli Elyorbek, kelini Feruzaxon bilan birga bu jannatiy buvini parvariş qilişadi.

— 102 yoş deymiz, ammo qaynonam  hamon jonsarak, bir joyda ötirib qolgani yöq, — deydi Norbonu kelin. — Ona-bola sigiru buzoğimizdan har kuni bir marta  özi xabar oladi, nabiram bilan borib  suv tutadi. Öti, yemini beradi. Keyin  hovlimizdagi dov-daraxt, gullarni uzoq tomoşa qiladi. Onajonimizning aytişiça, u Özbekistonni mana şu yaşil gözalligi uçun, saxiy tuproği, qöli gul odamlari uçun ham juda yaxşi köradi. Oqdaryoni Vatan deb biladi. Taqdiridan rozi yaşaydi. Rahmatli turmuş örtoğim  Viktor akaning qalbiga ham şu mehr, şu muhabbatni singdirolgan. Aslida men ham unga yurtimizga bölgan mehr-muhabbati, oqdaryoliklarni qattiq hurmat qilganligi uçun  turmuşga  çiqqanman.

102 yoşli Şumotbika ona va uning öğli Viktor  haqidagi bu gaplarni eşitib, şoir Muhammad Yusufning  “Momolar har qayda bor, Bizda bori qayda bor, Özbekiston qayda bor?!” degan  otaşin satrlarini esladim. Samarqandning Oqdaryo tumanidagi  benazir, muhabbati ulkan bu onaxonning  kenja qizi Gulsoraxon ham allaqaçon 54 yoşga yetib, nafaqaga çiqdi. Öğil-qizli, uç nafar nabirali böldi. Özbekistonga kelganlarida, yetimlikdan közlari yoşlangan beş nafar  öğilçaning  bari bugun nuroniyga aylangan. Şumotbika onaning esa qaridim degisi kelmaydi. Quloği biroz oğirlaşganini aytmasa,  gap-sözi butun, ğayrati-yu jonsarakligi ketmagan.

Öşa — uç yoşida onasidan ajrab,  Şumotbika onaning qöynida  katta bölgan Bekmurod Qodirov bugun  “Yangi hayot” MFY “yettiligi”da “Keksalar maslahati” guruhi rahbari  bölib  faoliyat yurityapti.

Şumotbika onaning 27 nafar nevara,  50 nafardan köproq evara, 30 ga yaqin çevarasi bor. Ular  gapu gaştak yoki bayramlarda jam bölişsa bormi,  yuz nafardan oşib ketişadi. Xalqning: “Tup yozib, palak otdi” degan naqli Şumotbika ona Aptriyeva kabi piru badavlatlar uçun aytilgani aniq.

Zamira RÖZIYEVA,

“Nuroniy”  muxbiri.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan