Navoiy viloyati Nurota tumanida asr bilan yuzlaşgan tabarruk onaxon yaşaydilar. Adiz momo Rahimova 1924 yilning 15 oktyabrida Navoiy viloyatining Nurota tumanida tuğilganlar. Adiz momo tumandagi 4-sonli maktabda boşlanğiç taʼlim olganlar.
Ikkinçi jahon uruşi boşlanganida endigina 17 yoşga kirgan qiz edilar. Front ortidagi barça oğir işlar, uruşga ketgan erkaklar bajaradigan yumuşlarning hammasi qariyalar, ayollar va yoş bolalar zimmasiga tuşgan edi öşanda. Yer haydaş, uruğ ekiş, dehqonçilik va çorvaçilik kabi yumuşlarning barini uddalaş qiyin keçardi, ammo uruş tezroq tugaşi uçun ğalabaga bölgan işonç ularni harakat qilişga undardi. Borgan sari oğirlaşib borayotgan hayot, uruşdan kelayotgan töxtovsiz qoraxatlar odamlarni ruhan tuşkunlikka tuşirar, ammo qalbdagi vatanparvarlik tufayli qaytadan oyoqqa qalqardilar. Nihoyat, uzoq kutilgan kunlar keldi, uruş tugadi. Buyuk Ğalaba qölga kiritildi. Omon qolgan jangçilar, yarador bölganlar, yo oyoq, yo qölidan ajrab, nogiron bölib qolganlar birin-ketin yurtga qayta boşladilar.
Hayot asta-sekin öz iziga tuşib, işlar yengillaşa boşladi. Odamlarda hayotni yangidan boşlaş, turmuş şaroitlarini yaxşilaş istagi paydo böldi. Uruşda qahramonlik körsatib, köksini ordenu medallar bezagan, qadamlari şaxdam, sözlari öktam yigit — Alidan kelgan sovçiga uydagilari rozilik bildirişdi. Nurota tumani daşt va qir-adirli bölganligi sababli, çorvaçilikka ixtisoslaştirilgan edi. Sobiq jangçiga jamoa xöjaligi çorvasining boş çöponligini topşirişadi. Işçi kuçi oz, qişloq xöjaligining boşqa sohalariga ham odam kerakligidan boş çöpon bölib tayinlangan Ali turmuş örtoği Adizbonuni öziga yordamçi qilib daştga olib ketdi. Şundan keyin onaxon butun umrini Nurota kengliklarida qöy-qözi boqiş bilan ötkazganlar. Farzandlari tuğilganda ham daladan beri kelmaganlar. Ötovda yaşab, bolalarini ham öşa yerda tarbiyalaganlar.
— Inson özi bajarayotgan yumuşini sevsa, çin dildan bajaradi, şu kasbidan baraka topadi. Bu kasbning maşaqqatini çöponlik qilganlar yaxşi biladi, — deydilar onaxon öz xotiralari bilan örtoqlaşarkanlar. — Qattiq sovuqlarda qözilagan qöyning bolasini sovuq urmasin, deb özimiz yaşaydigan ötovga olib kirib yotardik. Qahraton sovuqda hatto itlar ham özini panaga urardi. Şunday paytlarda qöy-qözilarni tösatdan otarga hujum qilib qoladigan börilardan himoya qiliş uçun miltiq kötarib, qörani aylanib yurardik. Lekin öziga yaraşa gaşti ham bor. Quyoş çiqişini tepalikdan turib kuzatiş, bahorda ilk oçilgan gullarni köriş, çeksiz kengliklar zavqini his qiliş…
Mendan doim uzoq umr köriş sirini söraşadi. Butun umrim davomida dalalarda, toza havoda yaşaganim, tinmay harakatda bölganim, şu bilan birga, tabiiy neʼmatlar — sut, qatiq, qaymoqni köp isteʼmol qilganim uçun, deb javob beraman. Balki vaqtimni, asosan, odamlardan uzoqda ötkazganim, bekorçi gaplarga, ğiybatu janjalga vaqtim bölmaganligi sababli, yaʼnikim bölar-bölmas narsalarni öylab, siqilmaganligim uçundir…
Onaxonning hayoti va faoliyati öz turmuş örtoği bilan birgalikda yetti nafar farzandga boş bölib, yigirma ikki nafar nabira, qirq uç nafar evara hamda töqqiz nafar çevaradan iborat sulolaga asos solgani bilan ham eʼtiborga loyiqdir. Farzandlari ham el-yurt xizmatida bölib, bugungi kunda barçalari nafaqaga çiqqanlar. Hozirda keksalik gaştini surmoqdalar. Farzandu nabira-evaralarning har kuni tongda birinçi qiladigan işlari — tabarruk onaxonni ziyorat qilib, duosini oliş böladi. Keyin esa köngil xotirjamligi bilan boşqa işga unnaydilar.
Ha, bunday baxtni, aslida, barçamiz orzu qilamiz. Unga erişiş uçun esa mana şunday tabarruk onaxonu otaxonlardan ibrat olişimiz, halol yaşab, vijdonan mehnat qiliş, el-yurt hamda Vatanga foyda keltirişimiz şart va zarurdir.
Asolat AHMADQULOVA,
“Nuroniy” muxbiri.