Töraqörğon tumanidagi Şahand qişloğining öz tarixi, fayzi, barakasi bor. Bu betakror göşa odamlarining mehmondöstligi, piru badavlat nuroniylarining xokisorligi, bebaho tabiati, bobodehqonlarining mehnati, toza havosi bilan tillarda doston.
Şahand qişloğining “Bozorboşi” mahallasi ahli azaldan kulolçilik bilan şuğullanib kelsalar, “Majnuntol” mahallasidagilar qandolatçilik bilan dong taratişgan. Yöldoşali kulol, Şarifxon otalar qölida sayqal topgan kulolçilik mahsulotlari xaridorgirligi bilan maşhur bölgan.
“Manjuntol”dagi piru badavlat nuroniylarning duolari elni asramoqda. Ana şunday nuroniylardan biri Qumriniso aya Temirova bölib, momo tabarruk 101 yoşni qarşi oldilar.
— Qumriniso ona bilan ellik yildan buyon qöşni bölib yaşab qelamiz, — deydi Abdimutal ota Akromov. — Şahand azaldan buyuklar yurti bölib, Mirzo Bobur ham şu yurtning farzandi ekanligidan faxrlanamiz. Olloh momoning umrlarini ziyoda qilsin. Momo mahallamizning yoşu qarisiga birdek mehribon. Şirin sözlari bilan barçaga ibrat bölib kelyaptilar. “Yomğir bilan yer kökarar, duo bilan el” degan naql bejiz aytilmagan. Qumriniso momo qöllarini doimo duoga oçib, yurtimizga tinçlik, xalqimizga omonlik tilaydilar.
Qumriniso momo yoşlik yillarini şunday xotirlaydilar:
— Yoşligimizda kolxozning pillasini yetiştirib, farzandlarimizni oğir mehnat bilan ulğaytirdik. Bir parça non topiş maşaqqat edi. Buning uçun keça-kunduz yelib-yugurardik. Hozirgi zamondan aylanay. Davlatimiz rahbari biz, keksa avlod vakillarining hurmatini joyiga qöyganliklari uçun rahmatlar aytamiz. Iloho, umrlari uzoq bölsin. Barça şaroitlarni yaratib beryaptilar. Qişloğimiz odamlari azaldan qandolatçilik bilan şuğullanib, rözğor tebratişgan.
Darhaqiqat, hozirda ham Şahand holvapazlarining tayyorlaydigan parvarda-yu novvotlari, peçak, dondon qandlari, savanak, paşmak, kunjutli holvalari elga maşhur.
Momo yostiqdoşi Ikromxon ota bilan 6 nafar fazandni tarbiyalab, voyaga yetkazdi. Turmuş örtoği Ikromxon otaning vafotidan söng farzandlar tarbiyasi bilan Qumrixon ayaning özi astoydil şuğullanib, ularni elga qöşdi. Turmuş qiyinçiliklarini ortda qoldirib, bolalarini oq yuvib-oq taradi. Ularni soğ-omon ulğaytirganiga şukronalar aytdi. Onaxon hozirda ham özlari mustaqil ravişda harakat qilib, birovga oğirlarini tuşirmaydilar. Köriş va eşitiş qobiliyati yaxşi.
Insonning boşi toşdan ham qattiq deyişadi. Momoning Tursunmuhammad hamda Nurmuhammad ismli farzandlarining bevaqt vafoti onaxonni ançayib ğamga botirib qöydi. Şunda yaqinlari, qişloq ahlining şirin sözlari momoga ançagina dalda böldi. Momoning 27 nafar nabira, 74 nafar çevara va 17 nafar evarasi bor. Kenja farzandi Şermuhammad Temirov bilan birga yaşayotgan onaxonga kelini Şahribonu qaraşib turadi. Bundan momo xursand.
Namangan viloyati hokimligi mutasaddilari, Töraqörğon tuman hokimi Şerali Qosimov, “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi raisi Odilxon Xöjayevlar imzosi bilan frontorti mehnat faxriysi bölgan Qumriniso momo Temirovaga “Tabriknoma”lar hamda esdalik sovğalari, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 25 fevraldagi Farmoniga muvofiq, “Ikkinçi jahon uruşidagi Ğalabaning 80 yilligi” esdalik medali va sovğalari topşirildi.
Odilxon Xöjayevning taʼkidlaşiça, tumanda 27 ming nafardan ortiq nuroniy bölib, Qumriniso aya Temirova tumanda ikki asrga guvohlik beruvçi yagona nuroniy hisoblanadi. Köpçilikning yöli Şahandga tuşib qolgudek bölsa, albatta, momodan duo olib qaytişadi.
Agar yölingiz tuşib, Töraqörğonga borib qolgudek bölsangiz, töraqörğonlik 101 yoşni qarşilagan Qumriniso momoning duolarini oling. Şunda qadimiy Axsikent arxeologiya parki yodgorliklari hamda “Ishoqxon Ibrat — qatağon qurbonlari xotirasi” muzeyini ham ziyorat qilib qaytasiz.
Şavkat SULTONOV,
“Nuroniy” muxbiri.