Yurtimizda asr bilan yuzlaşgan nuroniylarimiz borki, ularning bosib ötgan hayot va faoliyat yöllari barçamiz uçun öziga xos hayot dorilfununi bölib xizmat qiladi. Negaki, ularning umr yöllarida boşdan keçirganlari, sinovlardagi toblanişlari, oila qurib, komil farzandlarni tarbiyalab, el-yurt xizmatiga safarbar etişdagi fidoyiliklari bugun har bir inson örganişi kerak bölgan fazilatlardan hisoblanadi. Ularning har qanday sinov, taqdir zarbalari qarşisida ham matonat bilan turib, inson degan nomga doğ tuşirmay, özliklarini saqlab qolganliklarining özi alohida hikoya, albatta.
Toşkent viloyatining Zangiota tumanidagi “Farobiy” mahallasida istiqomat qilib kelayotgan 103 yoşli tabarruk onaxon — Asiya Başirovani ana şunday yurtdoşlarimizdan biri desak, xato bölmaydi.
Ramazon oyi munosabati bilan ayaning xonadoniga taşrif buyurgan mahalla faollari va nuroniylarni onaxonning öğli Boris aka va rafiqasi oçiq çehra bilan kutib oldilar. Onaxon yaşaydigan xona şinamgina, ayaga qulay qilib jihozlangan. Divanda ötirgan, vaqtning ayovsiz çiğiriğidan omon ötib kelayotgan bu uşoqqina jussali onaxonni körib, könglingiz yorişib ketadi.
Asiya ona ham Ikkinçi jahon uruşi zahmatlarini çekkanlardan. Turmuş örtoği Maʼsud Başirov bilan birgalikda uruşdan keyingi yillarning maşaqqatlarini boşidan ötkazgan. Eri harbiy, özi esa tibbiyot sohasida mehnat qilgan. Uç nafar farzandlarini tarbiyali, öqimişli, el-yurt koriga yaraydigan qilib tarbiyalaganlar. Bugungi kunda yigirma nafar nabira, köplab evara, çevaralarning mehriboni bölib ötiribdi. Bir-biriga suyanib, dalda berib, birgalikda farzandlar, nabiralar kamolini köramiz, deb niyat qilgan edilar. Ammo turmuş örtoği 49 yoşida yurak xurujidan vafot etdi. Dastlab bu kutilmagan qayğudan qattiq tuşkunlikka tuşib, özini yöqotib qöydi, ammo uning köziga termulib turgan farzandlari uçun ham yaşaşi kerakligini his qildi. Farzandlariga bor mehrini berib, ham ota, ham ona bölib, orzulariga yetişişlariga kömaklaşdi. Öğillari otasining kasbiga bölgan qiziqişlari tufayli harbiy bölişni xohladilar. Onaxonning tinimsiz saʼy-harakatlari tufayli farzandlari öz sohasining yetuk kadrlari bölib yetişib, el-yurtga, Vataniga sidqidildan xizmat qildilar. Onaxon bilan birga yaşaydigan öğli Boris aka va kelini Raisa opa ham onaxonning duolari sabab, 5 nafar farzandni voyaga yetkazib, bir etak nevara-evaraga boş bölib, 56 yildan buyon birgalikda namunali hayot keçirib kelmoqdalar.
Darhaqiqat, bunday yoşi uluğ insonlar — oilalarimizning duogöy fariştalari, yurtimizda amalga oşirilayotgan ezgu işlarga ruhiy madad beruvçi, öz duolari bilan baraka ulaşguvçi murabbiylardir. Ularni eʼzozlaş esa bizning muqaddas burçimiz sanaladi.
Asolat AHMADQULOVA,
“Nuroniy” muxbiri.