Umr har kimga berilgan oliy va betakror neʼmat bölişi bilan bir qatorda, oltin imkon hamdir. Undan oqilona foydalaniş, ezgu işlarga sarflaş yoxud şamolga sovuriş, barça-barçasi insonning öziga boğliq, albatta. Amallar niyatlarga qarab bölganidek, kimki ezgu niyat qilsa, elu yurt va olamga birdek foyda keltirişni çin dildan istasa, şu yölida bardavom bölsa, saʼy-harakatdan töxtamasa, Yaratgan uni öz xohiş-istaklariga yetkazar ekan. Bunga nafaqat tariximiz, balki bugunimizning özidan ham yaqqol misollar juda köp.
Toşkent viloyatining Çinoz tumanida yaşovçi 106 yoşni qarşi olgan tabarruk onaxon, “Şuhrat” medali sohibi Mehri aya Usmonova ham ana şunday yurtdoşlarimizdan biridir.
Viloyatda 100 yoşdan oşgan nuroniylar soni 38 nafarni taşkil etadi. Ular orasida tumanning faxriga aylangan Mehri ayaning uzoq va ibratli umri, sabru toqati hamda mehnatsevarligi bugungi avlodlar uçun haqiqiy maʼnoda hayot darsxonasidir.
Onaxon 1920 yilda oddiy işçi oilasida dunyoga kelgan. Otasi Rahmonqul Mahamadusmonov öşa davrdagi kolxoz işlarida mehnat qilgan. Onasi Rixsi Mahamadusmonova esa farzand tarbiyasi bilan maşğul bölgan. Köp farzandli oilada ösgan Mehri aya bolaligidanoq hayot qiyinçiliklarini körib ulğaydi. Oiladagi turmuş şaroiti oğir bölganligi sababli yoşligidan mehnatga bel boğlab, halol rizq topiş va sabr bilan yaşaşni örgandi.
U öz mehnat faoliyatini 1940 yilda tumandagi “Kommuna” sovxozida oddiy işçi sifatida boşlagan. Oğir yillar, ayniqsa, Ikkinçi jahon uruşi davri sinovlari Mehri ayaning sabr-toqatini yanada çarxladi. Uruş yillari va undan keyingi oğir davrlarda ham Mehri aya qariyb 40 yil davomida tumandagi kolxozlarda fidokorona mehnat qildi. 1942 yildan boşlab, tumandagi jamoa xöjaligi işçi batalonida işladi. Front uçun uzum va don mahsulotlarini yetiştiriş, ularni yiğib-terib oliş, kanal qaziş işlarida minglab zahmatkaş ayollar qatori Mehri aya ham tinim bilmay mehnat qilgan.
Onaxon nafaqat mehnat maydonida zarbdorlardan biri, balki oilada ham ibratli ona sifatida 4 nafar farzandni tarbiyalab, voyaga yetkazgan. Bugun esa tabarruk onaxon 9 nafar nevara, 27 nafar evara va 10 nafar çevara ardoğida umrguzaronlik qilmoqda. Katta va ahil oila Mehri ayaning duosi hamda tarbiyasi bilan birlaşib, mahallada hurmat-eʼtibor qozonib kelmoqda.
Onaxon öz mahallasining işonçli maslahatgöyi. Qöni-qöşnilar ayaning holidan muntazam xabar olib turadilar. Mehri aya kelgan odamni şirin söz, oçiq yuz bilan kutib oladilar. Hayot saboqlarini beradilar. Turmuş tajribalari bilan bölişadilar.
Aya tabarruk yoşda bölişlariga qaramay juda faol. Mahallada ötadigan tadbirlarda yoşlarga milliy urf-odatlar hamda qadriyatlarimiz haqida sözlab beradilar. Töy va boşqa marosimlarda isrofgarçilikka yöl qöymaslik, tadbirlarni ixçam va barakali ötkaziş haqida qimmatli nasihatlarini berib ötadilar.
Hayotning oğir sinovlarini matonat bilan yengib ötgan, öz mehnati va sabri bilan hurmat qozongan, haqiqiy özbek ayolining asl timsoli bölgan Mehri aya kabi onaxonlarimiz bor ekan, yurtning barakasi ham, fayzi ham ortib boraveradi.
Nigora Örolova,
Toşkent viloyati.