deydi Boqimat ota

Farzand inson uçun şunday neʼmatki, u bilan hayot gözal, umr sermazmun, nimaiki bölsa, unga ilinadi, olisga borsa, soğinib talpinadi. “Bolalarimiz uçun yaşab yuribmiz-da” degan matalning tagzaminida ham farzand kelajagi yölidagi özbekona fidoyilik, matonat mujassam, albatta.

Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi “Buloqboşi” MFY Madaniyat köçasida istiqomat qiluvçi Boqimat ota Sattorov bu yil yuz yoş bilan yuzlaşdilar. Otaxon 1926 yilning ayni qahratonida tavallud topganlar.

Ikkinçi jahon uruşining sovuq nafasi yoş Boqimatni otadan ayiradi. Uning otasi Abdusattor ota kolxozda işçi bölgan edi.

Bolalik davrida maktabda boşlanğiç tahsilni tirişqoqlik bilan olgan Boqimat ota ön tört yoşida kolxozda tabelçi bölib iş boşlaydi. Undan keyingi yillarda qişloq sovetida kotib va rais örinbosari vazifalarida mehnat qiladi. Iş faoliyatidagi natijalari inobatga olinib, 1970 yilda Germaniyaga sayohatga yuboriladi. Ikkinçi jahon uruşining qaqşatqiç janglari keçgan yerlarni öz közi bilan körib, öşa tuproqlarda qolib ketgan vatandoşlari, jangda halok bölgan otasining ruhiga qurʼon tilovat qiladi. Şu bilan könglidagi armonlarining bir qadar yengillaganini his qiladi. Otaxon uzoq yillik mehnat faoliyatidan söng 1987 yilda nafaqaga çiqqan.

Boqimat ota farzandlarini oliy maʼlumotli, el koriga yaraydigan insonlar etib tarbiyalagan. Otaning özi ham halolligi, töğrisöz va talabçanligi tufayli xalq orasida obrö topgan. Otaxonning özi yaşab turgan qişloqni obodonlaştiriş, yoşlarga yöl-yöriq körsatiş, boğlar barpo etiş, yoş oilalar örtasida ajrimlarning oldini olişga qöşgan hissasini alohida eʼtirof etiş joiz.

Boqimat otaning xonadoni hamişa gavjum. Uning maslahat va duolarini olgani keluvçilar juda köp. Otaxon farzandu nabiralar, evara-çevaralar qurşovida, ardoğida keksalik gaştini surib, har bir kun, eʼtibor va eʼzoz uçun davlatimiz rahbariga çeksiz minnatdorlik bildiradilar. Nabiralariga faqat öqib, bilim oliş,  halol mehnat qiliş insonni uluğ martabaga, hurmatga eriştirişini qayta-qayta takrorlaydi.

Otaning töqqiz nafar farzandi, 33 nafar nabirasi bugun el-yurtga ibrat. Otaxonning katta qizi Habibaxon Sattorova  uzoq yillar tumandagi 27-sonli maktab direktori lavozimida işlagan. Hozirda “Boğ” mahallasida MFY faollari bilan birgalikda  yoşlarga hayot saboqlarini berib kelmoqda. Ikkinçi qizlari Munira Sattorova tumandagi Tergaçi tuğruqxonasida uzoq yillar hamşira bölib işlagan. Hozirda nafaqada. Uçinçi qizlari Rahima Sattorova Buloqboşi qişloğidagi “Pravda” kolxozi boğçasida tarbiyaçi bölgan. Öğli Mahmudjon Sattorov 36 yil davomida 24-sonli maktabda öqituvçilik qilib, öquvçilarga geografiya, biologiya fanlaridan saboq bergan. Yana bir farzandi Bahodir Sattorov tadbirkor sifatida  faoliyat olib borgan. Oltinçi farzandi Orifjon Sattorov gidrometeorologiya sohasi böyiça dissertatsiya yoqlab, olimlik darajasiga erişgan. Bugungi kunda nabiralari va evaralari ham kasb-hunar egallaş, el-yurt uçun munosib xizmat qiliş yölida harakat qilmoqdalar.

— Farzandu nabiralarim, evaralarim — hayotimning mazmuni, — deydi otaxon minnatdorlik bilan. — Ularga qaraganimda özimni, bolaligimni, kuç-quvvatga tölgan navqiron yoşligimni köraman. Şunday kunlarga yetkazgani uçun Yaratganga şukronalar aytaman…

Asolat AHMADQULOVA,

“Nuroniy” muxbiri.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan