Yoşlarda milliy qadriyatlarga hurmat va Vatanga sadoqat tuyğularini şakllantiriş bugungi taraqqiyotning muhim şartidir. Mamlakatimizning turli hududlarida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, uçraşuv va davra suhbatlari muntazam taşkil etib kelinayotgani bejiz emas. Termiz şahridagi Yoşlar madaniyat markazida ötkazilgan “Uç avlod uçraşuvi” tadbiri ham şu jihatdan samarali böldi.

Unda “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisi, Özbekiston Qahramoni, senator Sodiqjon Turdiyev, şuningdek, termizlik faol yoşlar, nuroniylar hamda jamoatçilik vakillari qatnaşib, avlodlar örtasidagi maʼnaviy vorislik, milliy qadriyatlar, vatanparvarlik tuyğularini mustahkamlaş bilan boğliq vazifalar yuzasidan fikr almaşdilar.

Maʼlumki, dunyo sahnasida vaziyat ançayin murakkab. Bu davrda mamlakatlar milliy ğoya, tarixiy qadriyatlar va anʼanalarga jiddiy eʼtibor qaratişi, milliy birlik, daxldorlik tuyğusi, faol fuqarolik jamiyatini şakllantirişi har qaçongidan ham muhimroq. Tadbirda şu kabi fikrlar ilgari surilib, kuçli jamiyatni bunyod etiş va davlat rivojini jadallaştiriş yölida keksaning ham, yoşning ham öz örni, vazifasi, masʼuliyati, javobgarligi borligi qöşimça qilindi.

Şuningdek, uçraşuv davomida hayotiy tajriba va bilimlarni yoş avlodga yetkaziş, ularni ezgu maqsadlar sari ruhlantiriş, jamiyatda keksa avlodning örni va nufuzini yanada oşirişga qaratilgan mulohazalar bildirildi.

Sir emaski, hozirgi raqamli texnologiyalar oilaviy qadriyatlar, avlodlararo munosabatlarni mutlaqo özgartirib yubordi. Bunda aksar yoşlar keksa donişmandlarning ögitlaridan bebahra ösmoqda. Ammo joylarda “Uç avlod uçraşuvi” kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning izçil ötkazilişi katta va yoş avlod örtasida munosib köprik bölmoqda. Zero, bunday uçraşuvlarning ahamiyati ham, mazmun-mohiyati ham aynan şunda.

Şahrizoda SAIDOVA.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan