Oliy majlis qonunçilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida “Faxriylar töğrisida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinçi öqişda moddama-modda muhokama qilindi. Bu haqda parlament quyi palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur qonun loyihasining asosiy maqsadi faxriylar maqomi va toifalarini aniqlaş, uşbu sohadagi masʼul vazirlik hamda idoralarning vakolatlarini belgilaşdan iborat.                   Şuningdek, hujjat bilan faxriylarning huquqiy va ijtimoiy himoyasi, imtiyozlari hamda davlat tomonidan taqdim etiladigan kafolatlari huquqiy jihatdan mustahkamlanmoqda.

Xususan, faxriy maqomi qonun loyihasida belgilangan tartibga muvofiq, muayyan bir soha, tarmoq yoki kasbiy faoliyatda uzoq yillar davomida vijdonan va namunali mehnat qilganlik, davlat va jamiyat oldidagi alohida xizmatlari uçun tegişli eʼtirofga sazovor bölganlik mezonlari asosida beriladi.

Mazkur maqomga ega bölgan fuqarolarni tizimli ravişda qöllab-quvvatlaş maqsadida ijtimoiy muhofaza, soliq va pensiya taʼminoti böyiça qator imtiyozlar joriy etilmoqda.

Jumladan, qonun loyihasida sanatoriy-kurort va soğlomlaştiriş muassasalarida bepul davolaniş hamda dori vositalari bilan imtiyozli şartlarda taʼminlaniş, uy-joy kommunal xizmatlari tölovlarini qoplaş uçun majburiy kompensatsiya mablağlarini oliş, şahar yölovçi transportidan bepul foydalaniş hamda havo va temir yöl çiptalarini imtiyozli (çegirmali) narxlarda xarid qiliş, davlat xizmatlari körsatiş markazlari va boşqa idoralarda navbatsiz xizmat körsatiliş huquqi közda tutilmoqda.

Şuningdek, madaniyat, sport va köngiloçar muassasalar, teatrlar, muzeylar hamda moddiy-madaniy meros obʼyektlarining pullik xizmatlaridan imtiyozli tartibda foydalaniş ham şular jumlasidandir.

I.Abdusalomov.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan