Mamlakatimizda köp yillar davomida yurtimiz ravnaqi yölida fidokorona xizmat qilgan yurtdoşlarimizga yuksak ehtirom körsatiş anʼanaviy tus olgan. Bunday tadbirlar zamirida boy hayotiy tajriba va ilm-fan yutuqlarini avloddan-avlodga ötkaziş, yoş kadrlarning yetuk mutaxassislardan saboq olişini taʼminlaşdek ezgu maqsadlar mujassam. Şu maʼnoda, prokuratura organlari tizimida ham faxriylarni eʼzozlaş, ularning kasbiy tajribasini yoş avlodga singdiriş borasida tizimli işlar amalga oşirilmoqda.

Boş prokuratura huzuridagi Faxriylarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş jamoatçilik markazi taşabbusi bilan taşkil etilgan navbatdagi “Uç avlod uçraşuvi” tadbirlari Sirdaryo viloyatida yuqori saviyada ötkazildi. Unda sohada köp yillar masʼul lavozimlarda samarali faoliyat yuritgan, “Davlat adliya maslahatçisi” unvoniga sazovor bölgan faxriylar — A.Salixov, T.Mirzayev, U.Şamsiyev, F.Raximov, U.Xudaykulov, E.Abzalov, A.Xolmaxmatov, Q.Qirğizaliyev, Ş.Uzakov, şuningdek, Boş prokuratura huzuridagi Jamoatçilik kengaşi raisi A.Kaxxarov, Qoraqalpoğiston Respublikasi prokuraturasi faxriylari hududiy kengaşi raisi M.Nuratdinov hamda Boş prokuratura Kadrlar boşqarmasi boşliği örinbosari O.Sultonov iştirok etdilar.

Faxriylarning Sirdaryo viloyatiga taşrifi davomida Sirdaryo tumanidagi avtomobillar işlab çiqaruvçi “Asaka Motors” MÇJ hamda polipropilen mahsulotlar işlab çiqaruvçi “Sirdaryo Mega Lyuks” MÇJlarning faoliyati bilan yaqindan tanişdilar. Korxonalardagi işlab çiqariş jarayonlari, yaratilgan yangi iş örinlari va işçilar uçun qulay şaroitlar faxriylarda yuqori qiziqiş uyğotdi.

Birgina, “Sirdaryo Mega Lyuks” MÇJning 240 mln. AQŞ dollarlik loyihalari işga tuşirilişi natijasida 10 mingga yaqin iş örinlari yaratiladi. Korxona yiliga 230 ming tonna qop va plyonka mahsulotlari işlab çiqariş quvvatiga ega.

Tadbir davomida faxriylar tomonidan korxonada mehnat faoliyatini olib borayotgan kam taʼminlangan oila aʼzolariga esdalik sovğalari topşirdilar.

Haftalikning “Yoşlar kuni” doirasida viloyat “Yoşlar markazi”da “Uç avlod uçraşuvi” taşkil etildi. Unda viloyat hokimi E.Turdimov, viloyat prokurori S.Imatov, huquqni muhofaza qiluvçi idoralarning yoş xodimlari, oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, davlat mukofoti sovrindorlari, xalqaro sport musobaqalari ğoliblari, iqtidorli talabalar hamda “Vatan tayançi” otryadi aʼzolari iştirok etdilar. Avlodlar örtasidagi vorislik tuyğusini mustahkamlaş, yoşlarni vatanparvarlik, fidoyilik va yuksak insoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalaşga qaratilgan tadbir davomida faxriylar öz xizmat faoliyatlari davomida orttirgan boy kasbiy tajribalari bilan örtoqlaşdilar. Şuningdek, yoşlarga halollik, burç va masʼuliyat kabi fazilatlarning mazmun-mohiyatini hayotiy misollar orqali sözlab berdilar. Savol-javoblarga boy ötgan oçiq muloqot söngida yoşlarga kitoblar jamlanmasi tuhfa qilindi.

Tantanali tadbirda Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining buyruğiga asosan, bir qator soha va jamoatçilik vakillari taqdirlandilar. Xususan, viloyat rahbariyati “Hamkorlik uçun” kökrak nişoni bilan taqdirlandi.  Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi direktori P.Axmedjanova, Kasaba uyuşmalari Federatsiyasi viloyat kengaşi raisi R.Tursunmuradov hamda “Nuroniy” jamğarmasi viloyat bölimi raisi Ö.Abdiyevga esdalik nişonlari topşirildi.

Jarayonning ikkinçi kuni Xovos tumanidagi “Eski Xovos tepaligi” arxeologik yodgorligi hamda “Saddu Said” ziyoratgohidan boşlandi. Faxriylar bu yerda amalga oşirilgan obodonlaştiriş işlari bilan tanişib, ötganlar ruhiga Qurʼon tilovat qildilar. Mirzaobod tumanida esa investitsiya loyihalari doirasida “AGRO EXPORT BARAKA” MÇJga qaraşli zamonaviy gidroponika issiqxonasi közdan keçirildi. Keltirilişiça, 19,2 gektar maydonda yiliga 1 ming 500 tonna eksportbop pomidor yetiştirayotgan uşbu korxonada 80 nafar işçi (şundan 60 nafari ayollar) mehnat qilmoqda. Mahsulotlar nafaqat mahalliy bozorga, balki Rossiya Federatsiyasiga ham eksport qilinmoqda.

Şuningdek, viloyat Futbol akademiyasida ham uç avlod vakillari örtasida samimiy uçraşuv taşkil etildi. Faxriylar “Akademiyalar çempionati” musobaqasida yuqori natijalarni qölga kiritgan yoş sportçilarga diplom, medal va esdalik sovğalarini tantanali ravişda topşirib, ularning kelgusi ğalabalariga zafarlar tilaşdi. Mutolaa va ijodga oşno bölgan soha faxriylari Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida ham böldilar. Tadbir avvalida Özbekiston xalq şoiri haykali poyiga gullar qöyilib, xotirasiga ehtirom körsatildi. Muzey eksponatlari, dutorçi qizlarning dilbar kuy-qöşiqlari va “Ijod boği”da yoş şoirlar bilan ötkazilgan muloqot mehmonlarda unutilmas taassurot qoldirdi.

Öquvçilar va faxriylar örtasida ötkazilgan kiçik şaxmat musobaqasi hamda “Navbahor” raqs tögaragi qizlarining dilbar ijrolari tadbirga özgaça körk bağişladi. Taşrif yakunida faxriylar viloyat prokuraturasining 2025 yil fevral oyida foydalanişga topşirilgan yangi, zamonaviy binosi bilan tanişişdi. Binoda xodimlar uçun yaratilgan şaroitlar, nazariy bilimlarni amaliyot bilan boğlovçi “Tergov poligoni” yuqori baholandi.

Ayniqsa, 300 ga yaqin noyob eksponat va körgazmali vositalarni öz içiga olgan “Sirdaryo viloyati prokuraturasi tarixi muzeyi” hamda 1000 dan ortiq badiiy va sohaviy adabiyotlarga ega kutubxona mehmonlarning alohida eʼtirofiga sazovor böldi. Muzeyda qatağon qurboni bölgan soha xodimlari xotirasi, tizimning şakllaniş tarixi haqidagi videoroliklar joylaştirilgani diqqatga sazovordir.

Sirdaryodagi boy tarixiy-madaniy meros, zamonaviy sanoat salohiyati hamda prokuratura tizimidagi islohotlar bilan tanişiş jarayoni faxriylar uçun ham, viloyatdagi yoş avlod uçun ham katta ahamiyat kasb etdi.

Botir KALONOV,

Özbekiston prokuratura organlari faxriylarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş jamoatçilik markazi raisi,

 III darajali Davlat adliya maslahatçisi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan